Transkripsiya jarayonida DNKning gen hosil qiluvchi zanjiri kodlamaydigan zanjir deb nomlanadi va undan andoza sifatida foydalangan holatda RNK polimeraza fermenti ishtirokida (komplementar) RNK zanjiri sintezlanadi. Bu hosil boʻlgan RNK zanjiri birlamchi transkript (iRNK) deb nomlanadi.
Shu sababli oqsil kodlovchi gen ekspressiyasida maʼlumot quyidagi tartibda koʻchiriladi: DNK → RNK → oqsil. Maʼlumotning bu yoʻnalishda harakatlanishi molekulyar biologiyaning markaziy dogmasi sifatida maʼlum. Oqsil boʻlmagan kodlovchi genlar (funksional RNKni belgilovchi genlar) ham RNK hosil qilish uchun transkripsiya qilinadi, lekin bu RNK molekulasi polipeptidga translyatsiya qilinmaydi. Har ikkala gen turi uchun DNKdan boshlab funksional mahsulot hosil boʻlishigacha boʻlgan jarayon gen ekspressiyasi deb nomlanadi.

Transkripsiya
Transkripsiya
Transkripsiya jarayonida DNKning gen hosil qiluvchi zanjiri kodlamaydigan zanjir deb nomlanadi va undan andoza sifatida foydalangan holatda RNK polimeraza fermenti ishtirokida (komplementar) RNK zanjiri sintezlanadi. Bu hosil boʻlgan RNK zanjiri birlamchi transkript (iRNK) deb nomlanadi.
Birlamchi RNK transkripsiyasidagi nukleotidlar ketma-ketligi baʼzan kodlovchi zanjir deb yuritiluvchi DNKning transkripsiyada qatnashmagan zanjir ketma-ketligi bilan mos keladi. Lekin DNK va RNK oʻrtasida maʼlum turdagi biokimyoviy farqlar mavjudligi sababli birlamchi RNK transkripsiyasi va DNKning kodlovchi zanjiri toʻlaligicha bir xil boʻlmaydi. Asosiy farqi shuki, RNK molekulalarida timin (T) asoslari boʻlmaydi. Uning oʻrniga shunga oʻxshab ketuvchi uratsil (U) asoslari oʻrin olgan boʻladi. Timin kabi uratsil ham adenin bilan juftlashadi.