Orollar — hamma tomondan okean,
dengiz, ko‘l, daryo suvlari bilan o‘ralgan
kichik quruqliklar.
Parallel — xaritalar va globusda Yer
ekvator chizig‘iga parallel qilib o‘tka-
zilgan aylana chiziqlar.
Passat shamollari — subtropik va
tropik mintaqalardan ekvatorial mintaqa-
ga tomon esadigan doimiy shamollar.
Pasttekislik — quruqliklarda balandligi
dengiz sathidan 200 metrgacha bo‘lgan
tekisliklar. Masalan, Turon, G‘arbiy Sibir
pasttekisliklari.
Qatlamlar orasidagi suv — ikkita
suv
o‘tkazmaydigan
qatlam
orasida
joylashgan g‘ovak tog‘ jinslari qatla-
midagi suv. Bunday suv bosimli bo‘ladi.
Qirlar — usti yassi yoki salgina gum-
bazsimon balandliklar, tepaliklar. Baland
ligi dengiz sathidan 200 m dan 500 m
gacha bo‘ladi.
Qirov — erta bahor, kech kuzda va
qishda havo harorati 0°C dan pasayib
ketishi natijasida tuproq, o‘simlik va
boshqa predmetlar ustini qoplaydigan
juda mayda muz zarrachalari.
Qit’a — yirik quruqlik va uning atro-
fidagi orollar. 6 ta qit’a bor: Osiyo, Yev-
ropa,
Amerika,
Afrika,
Avstraliya,
Antarktida.
Qor chizig‘i — tog‘larda yozda erimay
qolgan qorlarning pastki chegarasi. Issiq
o‘lkalardan sovuq o‘lkalarga tomon pasa-
yib boradi.
Qutbiy doiralar — Shimoliy va Janubiy
yarim sharlarda 66,5° kengliklardan o‘tka-
zilgan parallellar. Bu parallellarda yozda
1 sutka Quyosh botmaydi, qishda esa
1 sutka Quyosh chiqmaydi.
Qutb kuni — Yer qutblarida yoz faslida
6 oy Quyosh botmaydi. Shunday Quyosh
botmaydigan davr qutb kuni deyiladi.
Qutb tuni — Yer qutblarida qish faslida
6 oy davomida Quyosh ko‘rinmaydi.
Quyosh chiqmaydigan shunday davr qutb
tuni deyiladi.
Qutb yulduzi — osmon gumbazining
shimoliy nuqtasi yaqinida joylashgan
yulduz. Shu yulduzga qarab ufq tomonlari
aniqlanadi.