Geo graf iya



Yüklə 3,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/72
tarix08.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#153090
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
5-geografiya

Yadro (Yer yadrosi) 
Yerning mar- 
kaziy qismi. Radiusi 3470 km ga yaqin. 
Asosan tem irdan iborat deb taxm in 
qilinadi.
Yarimorol 
— uch tomondan suv bilan 
o‘ralib, faqat bir tomonda katta quruqlik 
bilan tutashgan yer. Masalan, Hindiston
Qrim, Bolqon, Kamchatka yarimorollari.
Yassitog‘lar 
— dengiz sathidan 500 m 
dan baland bo‘lgan, yer yuzasi tekis yoki 
biroz to‘lqinsimon bo‘lgan tog‘lar.
Yerning qutblari 
— Yer aylanash 
o‘qining yer yuzasi bilan kesishgan nuq- 
talari. Ikkita geografik qutb — Shimoliy 
va Janubiy qutblar mavjud.
Yer osti suvlari 
— Yer po‘stining yuza 
(12-16 km chuqurlikkacha) qismidagi 
suvlar.
Yer usti suvlari 
— quruqlikdagi daryo, 
ko‘l, botqoqlik, muzlik suvlari.
Yoqilg‘i mineral boyliklar 
- ko‘mir, 
neft, gaz, torf, slanets foydali qazilmalari.
Yulduz 
— o‘ta qizigan gazlardan (plaz- 
madan) tarkib topgan, o‘zidan koinotga 
yorug‘lik va issiqlik tarqatib turuvchi
bizning 
Quyoshga 
o‘xshagan 
osmon 
jismlari.
0 ‘zan 

daryo 
vodiysining 
eng 
past, suv oqadigan chuqur qismi. Katta 
daryolarda o‘zanning kengligi bir necha
metrdan yuzlab, minglab metrga boradi.
0 ‘zan 
ko‘l 

daryolarning 
eski 
o‘zanida hosil bo‘lgan ko‘l. Ko‘rinishi 
ko‘pincha yangi oy shaklida bo‘ladi.
G‘arbiy shamollar 
Yerning shimoliy 
va janubiy yarim sharlarining o‘rta keng- 
liklarida troposferaning yuqori qismi va 
stratosferada g‘arbdan sharqqa esadigan 
doimiy shamollar.
Shartli belgilar 
— joy planlari va 
xaritalarda tabiiy obyektlar, shaharlar, 
binolar, ekinzorlar va boshqalarni aks 
ettiruvchi belgilar.
Sharshara 
— daryo suvining o‘zandagi 
jarliklarda otilib tushishi. Sharsharalar 
qattiq tog‘ jinslari yer yuzasiga chiqib 
qolgan joylarda bo‘ladi.
Shelf 
— okean va dengizlarning chekka 
qismlarida joylashgan, chuqurligi 200 m 
gacha bo‘lgan qismlari - m ateriklarning 
dengizdagi davomi.
Shudring 
— namga to‘yingan havo 
tunda sovib, o‘tlarga va yerdagi boshqa 
predmetlarga 
tushib 
qoladigan 
suv 
tomchilari.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin