Briz shamollari
- kunduzi suvdan
quruqlikka va kechasi quruqlikdan suv
havzasi tomonga esadigan shamollar.
Buloqlar
— Yer osti suvlarining yer
yuzasiga tabiiy holda chiqishi. Buloqlar
suvli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolgan
joylarda hosil bo‘ladi. Vodiylar, jarlar, tog‘
yonbag‘irlari va etaklarida uchraydi.
Bulut
— havodagi juda mayda suv
zarrachalari, tomchilari, muz zarrachalari
to‘plami. Ular yiriklashib yog‘in bo‘lib
tushadi.
Daryo havzasi —
daryoga suv kela-
digan, suv yig‘iladigan maydon.
Dengiz iqlimi
— dengiz bo‘yidagi qishi
iliq, yozi salqin va yog‘in-sochin ko‘p
bo‘ladigan iqlim.
Dunyo okeani
— Yer yuzidagi barcha
okeanlar birgalikda dunyo okeani deyi
ladi.
Ekvatorial mintaqa
— Yer ekvatori va
uning ikki yonida joylashgan geografik
mintaqa. Yil bo‘yi bir xil issiq va yog‘in
ko‘p bo‘ladi. Tabiiy holda doimiy yashil
o ‘rmonlar bilan qoplangan.
Epitsentr
— yer qimirlash, zilzila
markazi.
Exolot
— dengiz va okeanlarda chu-
qurlikni o ‘lchaydigan asbob. Exolot den
giz ostiga tovush to‘lqinini yuboradi va
u yerdan qaytgan tovush to‘lqinini qa
bul qiladi. Dengizda tovush bir sekundda
1500 m etr tezlikda tarqaladi. Tovush
yuborilgan vaqt bilan qaytgan vaqt orasi
4 sekund, demak, dengiz chuqurligi 3000
m etr ekan.
Fluger
— shamolning y o ‘nalishi va
kuchini aniqlaydigan asbob.
Geografik koordinata
— biror nuqta
ning Yer yuzidagi o‘rnini aniqlaydigan
miqdorlar. Geografik kenglik va uzunlik-
dan tarkib topadi.
d&L Oedurtm-uz
Ta'lim Markazi
G eografik m in taq a — Yer yuzasi zonal
bo‘linishining eng katta bosqichi. Har bir
mintaqa hududida quyosh nuri miqdori
har holda teng bo‘ladi. Lekin yog‘in
miqdori har xil bo‘lganligidan m intaqada
zonalar vujudga keladi.
Geoid —
Yerning haqiqiy shakli. U
shar shaklidan farq qiladi.
G eyzer — yer osti bo‘shliq va yoriq-
laridan vaqti-vaqti bilan issiq suv hamda
bug‘ otilib turadigan buloqlar.
G idrosfera — Yerning suv qobig‘i.
Unga okean va dengizlar, daryo va ko‘llar,
qor va muzliklar, havodagi suvlar, yer osti
suvlari kiradi.
G ipo tsen tr — yer qimirlash o‘chog‘i.
Odatda Yer po‘stidagi yoriqlarda, burma-
lanish, uzilish, siljish bo‘layotgan yerlarda
joylashadi.
Globus — Yerning juda kichraytirib
ishlangan sharsimon modeli, masshtabi
turli xil bo‘lishi mumkin.
G orizon tal, gorizontal chiziq — Yer
yuzasida bir xil balandlikdagi nuqtalarni
xaritada tutashtirib turuvchi chiziq.
G ra n it — Yer po‘stida eng ko‘p
tarqalgan otqindi tog‘ jinsi.
G ru n t suvlari — yer yuzasida tarqalgan
g‘ovak tog‘ jinslari orasida joylashgan
suvlar. Bunday suvlar mavjud yerlar
ko‘pincha zax, sernam bo‘ladi.
G um us — tuproq tarkibida tarqalgan
chirindi organik moddalar.
Tuproqni
unumdor qiladi.
H a ra k a t
b elgilari
—
xaritalarda
shamollar, okean, dengizlarda oqimlar,
yo‘llarda yuk tashish kabi hodisalar
yo‘nalishlarini bildiradigan belgilar.
H a ro ra t am plitudasi — havo, suv va
boshqalarning yuqori harorati bilan past
harorati orasidagi farq.
Havo bosim i — atmosfera havosining
Yer yuziga beradigan bosimi. Barometr
yordamida o‘lchanadi.
Havo m assasi — katta hudud ustida
tarkib topgan va o‘zining xususiyatlari -
harorati, namligi, shamollari, tiniqligiga
ko‘ra boshqa joydagi havodan farq qiluvchi
havo.
H avoning nam ligi — havoda mavjud
bo‘lgan suv bug‘lari miqdori. Havoning
qancha miqdorda suv bug‘larini tutib
turishi uning haroratiga bog‘liq. Issiq
havo ko‘proq, sovuq havo kamroq suv
bug‘larini o‘zida tutib turadi.
Iqlim — biror joydagi ob-havoning ko‘p
yillik holati. Iqlim Quyosh radiatsiyasi
(issiqligi,
yorug‘lik),
yer
yuzasining
holati, atmosferadagi havo harakatlariga
bog‘liq.
Issiqlik m in taq a la ri — Yer sharsimon
shaklda bo‘lgani uchun Quyoshdan kela-
digan nur turli geografik kengliklarni
turlicha isitadi. Natijada Yer yuzida
issiqlik m intaqalari hosil bo‘ladi. 2 ta
sovuq, 2 ta o‘rtacha (mo‘tadil), 1 ta issiq
(tropik) m intaqa hosil bo‘ladi.
ich k i dengiz — quruqlik ichkarisida
joylashgan va okean hamda boshqa den
gizlar bilan bir yoki bir necha bo‘g‘izlar
orqali
qo‘shilib
turgan
dengizlar.
Masalan, Qora dengiz, Qizil dengiz.
ich k i k u c h la r (endogen kuchlar) —
Yer po‘stida tog‘lar hosil bo‘lishi, vulqon
otilishi, yer qimirlashiga, cho‘kish va
ko‘tarilishlarga sabab bo‘luvchi kuchlar.
Joy
plani
—
yer
yuzasi
kichik
qismining yirik masshtabda chizilgan
chizmasi. Joydagi obyektlar - daryo, ko‘l,
uylar va boshqalar shartli belgilar bilan
ko‘rsatiladi.
К abisa yili — 366 kunlik yillar kabisa
yili deyiladi. Har 4 yilda 1 yil kabisa yili
bo‘ladi. 2012, 2016, 2020, 2024, 2028 va
h.k. yillar kabisa yili.
К om pas
—
dunyo
tomonlari
aniqlanadigan asbob. Unda nina uchiga
strelka (ko‘rsatkich) o‘rnatilgan bo‘lib, u
shimol bilan janubni ko‘rsatadi.
K ontinental havo — quruqlik ustida
tarkib
topgan,
namligi
kam,
fasliy
haroratlar farqi katta bo‘lgan havo.
K ontinental iqlim — quruqlik iqlimi,
105
T
E
R
M
IN
VA
T
U
S
H
U
N
C
H
A
L
A
R
N
IN
G
IZ
O
H
L
I
L
U
G
‘A
T
I
T
E
R
M
IN
VA
T
U
S
H
U
N
C
H
A
L
A
R
N
IN
G
IZ
O
H
L
I
L
U
G
‘A
T
I
106
d&L Oedurtm-uz
Ta'lim Markazi
qishi sovuq, yozi issiq, yog‘in kam
yog‘adigan iqlim.
Dostları ilə paylaş: |