Geo graf iya


Orollar  — hamma tomondan okean,  dengiz, ko‘l, daryo suvlari bilan o‘ralgan  kichik quruqliklar. Parallel



Yüklə 3,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/72
tarix08.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#153090
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
5-geografiya

Orollar 
hamma tomondan okean
dengiz, ko‘l, daryo suvlari bilan o‘ralgan 
kichik quruqliklar.
Parallel 
— xaritalar va globusda Yer 
ekvator chizig‘iga parallel qilib o‘tka- 
zilgan aylana chiziqlar.
Passat shamollari 
— subtropik va 
tropik mintaqalardan ekvatorial mintaqa- 
ga tomon esadigan doimiy shamollar.
Pasttekislik 
— quruqliklarda balandligi 
dengiz sathidan 200 metrgacha bo‘lgan 
tekisliklar. Masalan, Turon, G‘arbiy Sibir 
pasttekisliklari.
Qatlamlar orasidagi suv 
ikkita 
suv 
o‘tkazmaydigan 
qatlam 
orasida 
joylashgan g‘ovak tog‘ jinslari qatla- 
midagi suv. Bunday suv bosimli bo‘ladi.
Qirlar 
— usti yassi yoki salgina gum- 
bazsimon balandliklar, tepaliklar. Baland­
ligi dengiz sathidan 200 m dan 500 m 
gacha bo‘ladi.
Qirov 
— erta bahor, kech kuzda va 
qishda havo harorati 0°C dan pasayib 
ketishi natijasida tuproq, o‘simlik va 
boshqa predmetlar ustini qoplaydigan 
juda mayda muz zarrachalari.
Qit’a 
— yirik quruqlik va uning atro- 
fidagi orollar. 6 ta qit’a bor: Osiyo, Yev- 
ropa, 
Amerika, 
Afrika, 
Avstraliya, 
Antarktida.
Qor chizig‘i 
— tog‘larda yozda erimay 
qolgan qorlarning pastki chegarasi. Issiq 
o‘lkalardan sovuq o‘lkalarga tomon pasa- 
yib boradi.
Qutbiy doiralar 
— Shimoliy va Janubiy 
yarim sharlarda 66,5° kengliklardan o‘tka- 
zilgan parallellar. Bu parallellarda yozda 
1 sutka Quyosh botmaydi, qishda esa 
1 sutka Quyosh chiqmaydi.
Qutb kuni 
— Yer qutblarida yoz faslida 
6 oy Quyosh botmaydi. Shunday Quyosh 
botmaydigan davr qutb kuni deyiladi.
Qutb tuni 
— Yer qutblarida qish faslida 
6 oy davomida Quyosh ko‘rinmaydi.
Quyosh chiqmaydigan shunday davr qutb 
tuni deyiladi.
Qutb yulduzi 
— osmon gumbazining 
shimoliy nuqtasi yaqinida joylashgan 
yulduz. Shu yulduzga qarab ufq tomonlari 
aniqlanadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin