Geoaxborot tizimi


Zamonaviy sharoitda geoaxborot tizimini qo‘llash



Yüklə 175 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2022
ölçüsü175 Kb.
#71231
1   2   3   4   5
Zamonaviy sharoitda geoaxborot tizimini qo‘llash
Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari
GIS asosiy ilm va texnologiyalarga tayanadi va bunday soha fanlari bilan yaqin aloqada bo‘ladi, jumladan: geografiya, kartografiya, aerokosmik metodlar, geodeziya, fotogrammetriya, informatika, matematika, statistika va boshqalar (1-rasm).
Geografiya:
– GIS asosida geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, ularning kelib chiqishi, o‘zaro bog‘liqligi va er yuzida tarqalishi mohiyatini tushuntiradi; uzoq muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq qilish metodlarini amalga oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga GIS fazoviy yondashish kerakligini ta’kidlaydi;

  • geografiya fani o‘z oldida turgan vazifalarini echishda GISdan foydalanib, juda zarur bo‘lgan kuchli metodik qurolga ega bo‘ladi.

Kartografiya:

  • hozirgi vaqtda GISga kiritilayotgan asosiy manbalar - kartalar va tasvirlanadigan asosiy ma’lumotlar ham kartalarda bo‘lib hisoblanadi;

  • kompyuter grafikasi esa kartografik manbalarni raqamli bayon etishga o‘z usullarini taqdim etadi;

  • kartografiya GISdan foydalanish mobaynida ixtiyoriy kartografik mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta hajmdagi qurilmalarga ega bo‘ladi.


1-rasm. GISning tadqiqot uslublari Masofadan turib zondlash:
– samolyot yoki boshqa vositalardan olingan suratlar GIS uchun asosiy geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi;

  • masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GISning boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi;

  • rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari yordamida bajariladi.

Geodeziya:

  • Erda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta, u asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;

  • Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli ma’lumotlar olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini ishlab chiqishni, erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni ta’minlaydi;

  • qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni GPS va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari o‘rganiladi.


Yüklə 175 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin