Geografik joylashuvi
O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan, maidoni 447,4 ming kv. km. Respublika chegarasi g‘arbdan sharqqa - 1425 km, shimoldan janubga qadar - 930 km. Respublika Qozogiston, Qirgiziston va Tojikiston, Turkmaniston, Afgoniston bilan chegaradoshdir.
Rel'efi
O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi o’ziga hos past - tekislik va tog‘ rel’efini o’z ichiga oladi.
O’zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) past tekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog‘ tizmalari joylashgan. O’zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho’llaridan biri - Qizilqum yastanib etadi.
Iqlimi
O’zbekiston iqlimi keskin o’zgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, ezgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Pasttekislik hududlarida yillik yog‘ingarchilik miqdori -120-200 mm., cho’l hududlarida -1000 mm. gacha etadi. Yog‘ingarchilik miqdori kam bo’lgani sababli, qishloq xo’jaligi sun'iy sug‘orish tizimiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |