Geografik joylashuvi



Yüklə 192,5 Kb.
səhifə6/11
tarix13.05.2022
ölçüsü192,5 Kb.
#57881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'z-ton Geografyasii

Iqtisodiy ko‘rsatgichlar
  

2009 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 8,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,0 foizga ko’paidi, qishloq ho’jaligidagi o’sish 5,7 foizni tashkil etdi, chakana savdo ailanmasi 16,6 foiz, aholiga pullik xizmat ko’rsatish 12,9 foizga oshdi. 

2009 yili 7,3 million tonnadan ortiq don, shu jumladan, 6 million 600 ming tonna bugdoy etishtirildi, 3,4 million tonna paxta xom-ashyosi tayyorlandi. 

Iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to’gridan-to’gri kiritilgan investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi. 

O’zbekistonning jahon moliyaviy inqiroziga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasida erishgan yutuqlari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari va iqtisodiy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va dunyoning boshqa bir qator etakchi moliyaviy institutlari tomonidan e'tirof etildi. 
Aholisi

O’zbekiston Respublikasining aholisi 27 mln. kishidan ziyoddir. O’zbekistonda O’rta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismdan ko’progi yashaydi. Respublikada 130 dan ziyod millat bor. Davlat tili - o’zbek tili. Rasmiy til –rus tili.






Dini

O’zbekistonda 16 dan ziyod konfessiya bor. Islom dini etakchi din hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’grisda»gi  Qonun va boshqa  hujjatlarni fuqarolarga berilgan kafolatlarni ta'minlash, Davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, ularning horijiy mamlakatlar bilan aloqalarini muvofiqlashtirish vazifalarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’iycha qo’mita bajaradi. 


2007 yil holatiga ko’ra, Respublikada 2200ga yaqin diniy tashkilot, jumladan, 1987 ta masjid ro’ihatdan o’tgan. Respublikada Toshkent Islom Universiteti, o’rta mahsus bilim yurtlari hamda pravoslav va protestant seminariyalari mavjud. 

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. 

Mamlakatda har bir inson hohlagan dinga e'tiqod qilish eki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi. Barcha dindorlar O’zbekistonda va horijda nashr qilinadigan diniy adabiyotlardan erkin foydalanmoqdalar. Qur'onning o’zbek tilidagi dastlabki tarjimasi O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi «Cho’lpon» nashriyotida kitob holida nashr etilgan. Imom Buhoriyning «Al-Jomiy as-Sahih»ning  o’zbek tilidagi to’rt  jildli asarlar to’plami ilk bor «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotida chop etildi.



Yüklə 192,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin