Geografik qobiq va uning xususiyatlari


Geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi



Yüklə 240 Kb.
səhifə4/6
tarix11.05.2023
ölçüsü240 Kb.
#110967
1   2   3   4   5   6
geografik qobiq va uning o\'ziga xos xususiyatlari

Geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi.
Geografiya adabiyotlarda geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi turli olimlar tomonidan har xil talqin qilinadi. Birinchi jadval maolumotlardan bu masalalar bo`yicha turli fikrlar bildirilganligini ko`rish mumkin.
V.I.Vernadskiy, A.grigorev, S.Kolesnik, A.Reakchikov, K.Markov kabi geograflar geografik qobiqning yuqori chegarasini stratopauzadan (ozon qatlami) ya’ni 30-35 km yuqoridan o`tkazadilar. Ozon qatlami erning yuzasiga ultra binafsha nurlarni o`tkazmasdan unda hayotning rivojlanishiga qulaylik tug`diradi. Bu qatlamdan yuqorida atmosferani quruqlik va okeanlar bilan o`zaro aloqasi natijasida vujudga keladigan havo harakati kuzatilmaydi.
Yu.Efremov, I.M.Zabeli, A.Isachenko, D.L.Armand, F.N.Milkov, A.Krivoluckiylar esa geografik qobiqni yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan, ya’ni 9-17 km yuqoridan o`tkazadilar. Bu chegaragacha havoning vertika harakati yuz beradi. Ob-havo va iqlim shaakllanadi. Yuqriga ko`tarlgan sari havo harorati pasayadi.
V.I.Vernadskiy, yu.Efremov, I.M.Zabelin, A.Isachenko, K.Markov, Perelmanlar geografik qobiqning quyi chegarasini anaerob bakteriyalarni tarqalish chuqurligidan o`tkazishadi. Bu chuqurlikda harorat +100 S ga boradiyu chuqurlik 4-6 km okean tagidan bu chegara 1,5 -2 km dan o`tadi.
S.V.Kolesnik, M.Ermolyarev, A.Krevoluckiylar geografik qobiq quyi chegarasini 500-800 m chuqurlikdan, ya’ni nurash po`stidan o`tkazadilar. Bu chuqurliklarda er po`stinin mineral moddalari turli ekzogen jarayonlar taosirida qayta o`zgarishga uchraydi. A.Grigorev, S.Kolesnik, D.Armand, A.Reabcinkov, V.ermolaev geografik qobiqningquyi chegarasini er po`stining quyi chegarasidan maxo qatlami ya’ni 60 km chuqurlikdan o`tkazishadi. Bu chegara er yuzasning makroshakli relefini hosil qiluvchi tektonik harakatlarning quyi chegarasi hisoblanadi. D.Armand bu chegarani 100 km chuqurlikkacha, ya’ni litosferaning quyi chegarasigacha davom ettiradi.
Geografik qobiqni turlicha nomlashadilar. Masalan, biosfera landshaft qobig`i geografik muhit, geosistema bu nomlar ichida ko`pchilik geograflar tomonidan geografik qobiq va geosistemani qabul qilishdi.
Geografik qobiqni chegaralari va nomlanishidagi turli fikrlar bu tabiiy sistemani hali ko`p qirralarini to`liq o`rganilmaganligini bildiradi. Olib borilayotgan geografik tadqiqotlar natijasida shunday vaqt keladiki, geografik qobiq to`g`risidagi olimarning fikrlari bir-biriga yaqinlashadi.
Geograflardan A.Grigorev, K.markov, N.Gvozdeckiy va boshqalar geografik qobiqni birinchi navbatda tabiiy aspektda (holatda) unda yuz berayotgan insonning xo`jalik holatini xisobga olmagan holda o`rganilishi lozim deb hisoblaydilar.
Geografik qobiqning moddiy tarkibi.
Geografik qobiq o`zaro aloqada bo`lgan turli komponentlardan va har xil darajadagi tabiiy komplekslardan tashkil topgan murakkab sistemadir. Erning geografik qobig`ini hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar,, ya’ni tog` jinslari, relef havo massalari er usti va er osti suvlari tuproq, o`simlik va hayvonot dunyosi tabiat komponentlar deb ataladi.
Yuvoridagi komponentlarning o`zaro aloqasi, bog`liqligi va taosiridan tabiiy birikmalar - tabiiy komplekslar hosil bo`ladi. Geosistemalarni kattalik darajalari bo`yicha V.Sochava ularni uch darajaga bo`ldi: sayyoraviy geosistema - geografik qobiq; regional geositemalar - geografik o`lka, geografik olblast, geografik provinciya, geografik okrug, geografik rayo, geografik landshaft, mahalliy geosistemalar - mestnostp, urochishe, faciya.



Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin