Geografik qobiqning uzulganlik va uzulmaganlik xususiyati.
Uzilganlik va uzilmaganlik quyidagi qarama-qarshi tomonlar bilan ko`zga tashlanadi (Preobrajenskiy, 1972).
Uzilmaganlik Uzilganlik
o`zaro aloqadorlik yakkalik
sidrg`alik ayrim-ayrimlik
asta-sekinlik sakrashlik
mahalliy emas mahalliylik
cheksiz bo`linuvchanlik bo`linishning cheklanganligi.
Uzilganlik va uzilmaganlik geografik qobiqning ayrim umumiy xususiyatlarini aks etiradi. Ayrim geograflar geografik qobiqning uzilmaganlik, boshqalari esa uzilganlik xususiyatini tajriba natijalari oladilar. Masalan, Armand tabiiy geografik rayonlashtirishda uzilmaganlik tamoyiliga, Solncev esa uzilganlik tamoyiliga asoslanadi.
Munozaralarning asosiy sababi tadqiqotchilar tomonidan geografik qobiq uchun xos bo`lgan uzilmaganlik va uzilganlik xususiyatlarini e’tiborga olmaslikdir. Uzilmaganlik geografik qobiqning makon bo`yicha sidirg`a tarqalishida, uzilganlik esa uning ichki tuzilmasida mavjud yuo`lgan nisbatan yaxlitlikka ega bo`lgan regional va mahalliy darajadagi geosistemalarning mavjud bo`lishida ko`rinadi.
Geografik qobiqdagi qutbiy assimmetriya.
Geografik qobiqning qutbiy asimmetriyasi, ya’ni shimoliy va janubiy yarimsharlarning bir-biriga o`xshamasligi quyidagilarda ko`rinadi.
- er shakli asimmetriya tuzilgan. Shimoliy qutb o`qi janubiy o`qdan qisqaroq bo`lib uning shakli yuraksimon tuzilishda. Bu shaklda er shimioliy qutbda bir muncha siqilgan, janubiy qutbda esa kengayadi. Yuraksimon shaklning asosiy sababi er po`stida moddalarning notekis tarqalishidir.
- er yuzasida materik va okeanlarni taqsimlanishidagi asimmetriya. Quruq maydoni shimoliy yarim sharda ko`proq (39 %), janubiy sharda esa 19 % ni tashkil etadi. Shimoliy qutb atrofida shimoliy muz okeani o`rab turadi, janubiy qutb atrofida Antarktida materigi joylashgan. Shimoliy yarimsharning 50-70 S kengliklarida Boltiq, Aldan, Anabar, kanada qalqonlari joylashgan bo`lsa, shu kengliklarda janubiy yarimsharda esa Afrika-Antarktida, Avstraliya-Antarktida, Bellinsgauzen okean cho`kmalari joylashgan. Og`irlik kuchi geometrik markazga mos tushmasdan, u shimoliy yarim sharda siljigan.
geografik qobiq tuzilmasidagi asimmetriya. Janubiy yarim shar iqlimi shimoliy yarim shar iqlimiga nisbatan bir muncha mo`tadildir. Bunga okean taosir ko`rstadi. Iliq oqimlar shimoliy yarim sharda Shimoliy muz okeanigacha, janubiy yarim sharda esa subtropiklargacha etib boradi. Shimoliy qutbiy mintaqalarda dengiz muzlari, ko`p yillik muzloqlar keng tarqalgan bo`lsa, janubiy qutbiy mintaqalarda asosan materik qoplama muzligi keng rivojlangan.
Shunday qilib, geografik qobiq murakkab tuzilishga va xususiyatlarga egs bo`lgan o`ziga xos geografik sistema ekan.
Asosiy adabiyotlar
1. Kalesnik S.V. Obshie geograficheskie zakonomernosti Zemli. M., 1970.
2. Gerenchuk K.I. i drug. Obshee zemlevedenie. M., 1984.
3. Milpkov F.N. Obshe zemlevedenie. M., 1990.
4. Kalesnik S.V. Umumiy er bilimi qisqacha kursi. T., 1966.
5. Shubaev L.P. Umumiy er bilimi. T., 1975.
6. Ermolaev M.M,vvedenie v fizicheskuyu geografiyu. L., 1975.
7. Maqsudov X., Abdug`aniev I., Xisomov A. Umumiy er bilimidan laboratoriya mashg`ulotlari. T., 1986.
8. www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |