Geografik qobiq va uning xususiyatlari



Yüklə 240 Kb.
səhifə1/6
tarix11.05.2023
ölçüsü240 Kb.
#110967
  1   2   3   4   5   6
geografik qobiq va uning o\'ziga xos xususiyatlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM VA INOVATSIALAR TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI



Geografiya yo‘nalishi
Umumiy va tabiiy geografiya fanidan
22.03-guruh talabasi Abduqodirova Gulsanam
geografik qobiq va uning xususiyatlari mavzusida


MUSTAQIL ISHI
Farg‘ona 2023
geografik qobiq va uning xususiyatlari

Reja:
1. Geografik qobiq to`g`risida tushuncha


2. Geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi
3. Geografik qobiqning moddiy tarkibi
4. Geografik qobiqning muhim xususiyatlari

Yer sayyorasini tabiatshunoslikning ko`p fanlari: astronomiya, geologiya, geografiya, geofizika, geokimyo va boshqalar o`rganadi. Tabiiy geografiya er sayyorasini emas, balki uning maolum qismini, o`ziga xos bo`lgan qobig`ini, ya’ni geografik qobiqni tabiatini o`rganadi.


Er sayyorasining litosfera (tosh qobiq), gidrosfera )suv qobig`i), atmosfera (havo qobig`i), biosfera (hayot qobig`i)larining o`zaro bir biriga kirishuvi, o`zaro taosiri o`zaro aloqasi natijasida geografik qobiq hoil bo`lgan.
Geografik qobiq - ernig eng yirik yagona geosistemasi, bu turli xil moddiy tarkibdan tuzilgan. Faqat shu qobiqda quyosh energiyasi to`planadi va qayta o`zgartiriladi, shu fqobiqda hayot paydo bo`ldi. Inson jamiyati shakllandi va rivojlanmoqda.
Geografik qobiq tushunchasini 1930 yillarda akademik A.A,Grigorev birinchi bo`lib fanga kiritdi. Bu tushunchaning shakllanishi va rivojlantirishda A.Gumboldt, V.V.Dokuchaev, P.I.Brounov va boshqa olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

A.Gumboldt o`zining “Kosmos” asarida tabiat bir butun harakatdagi va o`zgarishdagi oboekt larning o`zari aloqasidan hosil bo`lgan hosiladir deb yozadi. 19-Asrda (1892) V.V.Dokuchaev tabiatshunoslik ilgari qarab katta qadam tashlaganligini taokidlab, “Asosan ayrim jismlar, minerallar, tog` jinslari, o`simlik va hayvonlar hamda hodisa va narsalar, olov, suv, havo o`rganilib, ular o`rtasidagi nisbat, ya’ni kuchlar, jismlar, hodisalar o`rtasida jonsiz va jonli tabiat o`rtasida mavjud bo`lgan genetik doimiy va hamma vaqt ham qonuniy aloqalar o`rnatilmas edi. Vaholangki huddi shu nisbatlar ana shu qonuniy o`zaro aloqalar tabg`iatni blishning mohiyatini, tabiatni bilishning mag`zini tashkil qioladi deb yozgan edi. V.V.Dokuchaev tabiatda turli komponentlar o`rtasida aloqalar mavjudligini isg`botlab bergan.


Universitetlar uchun birinchi bo`lib umumiy er bilimi bo`yicha darslik yaratgan A.N.Krasnov (1895) “geografiya ayrim hodisa va jarayonlarni emas, balki ularning birikmasini geografik kompleksolarni o`rganadi” deb taoriflagan edi.
Peterburg universitetining professori Brounov tabiiy geografiya litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera kabi qobiqlarning o`zaro aloqasidan hosil bo`lgan erning tashqi qobig`ini o`rganadi deb uqtirgan.
1932 yilda A.A.Grigorev o`zining “tabiiy geografiyaning predmeti va vazifalari” nomli maqolasida tabiiy geografiya fanining o`rganish predmeti, tabiiy geografik qobiq ekanligi to`g`risida so`z yuritadi. 1937 yilda esa geografik qobiq tabiiy geografiyaning o`rganish oboekti ekanligini asoslovchi maxsus monografiya yozadi. U bu asarida geografik qobiqni o`rganishda balansli usullarni muhimligini ko`rsatib bergan.
1940 yillarda L.S.Berg tomonildan rivojlantirilgan landshaft va geografik zonalar to`g`risidagi taolimotini A.A.Grigorevning geografik qobiq va tabiiy geografik jarayonlar to`g`risidagi talimotiga qarshi qo`yildi. Ko`p yillik ilmiy baxsda S.V.Kolesnik bu ikki taolimot bir-biriga qarama-qarshi emasligini, balki ular geografik qobiqning turli tomonlarini aks ettirishini isbotlab berdi. 1947 yildan boshlab, tabiiy geografiyaning o`rganish oboekti geografik qobiq deb ko`pchilik olimlar tomonidan tajriba natijalari olindi.
S.V..Kolesnik Grigorevning tabiiy geografik qobig`ini geografik qobiq deb nomlashni taklif qildi. Bu nom geografiya fanida asosiy tushuncha bo`lib qoldi.

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin