Geografik qobiq va uning xususiyatlari


Geografik qobiqning moddiy tarkibi



Yüklə 240 Kb.
səhifə3/6
tarix11.05.2023
ölçüsü240 Kb.
#110967
1   2   3   4   5   6
geografik qobiq va uning o\'ziga xos xususiyatlari

Geografik qobiqning moddiy tarkibi.
Geografik qobiq o`zaro aloqada bo`lgan turli komponentlardan va har xil darajadagi tabiiy komplekslardan tashkil topgan murakkab sistemadir. Erning geografik qobig`ini hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar,, ya’ni tog` jinslari, relef havo massalari er usti va er osti suvlari tuproq, o`simlik va hayvonot dunyosi tabiat komponentlar deb ataladi.
Yuvoridagi komponentlarning o`zaro aloqasi, bog`liqligi va taosiridan tabiiy birikmalar - tabiiy komplekslar hosil bo`ladi. Geosistemalarni kattalik darajalari bo`yicha V.Sochava ularni uch darajaga bo`ldi: sayyoraviy geosistema - geografik qobiq; regional geositemalar - geografik o`lka, geografik olblast, geografik provinciya, geografik okrug, geografik rayo, geografik landshaft, mahalliy geosistemalar - mestnostp, urochishe, faciya.


Geografik qobiqning muhim xususiyatlari


1. Geografik qobiqning bir butunligi. Geografik qobiqning har bir komponenti o`z qonulariga ko`ra yashaydi va rivojlanadi. Biroq bu komponentlarning hech biri yakka holda, ya’ni boshqa komponentlarning taosirisiz iz va o`z navbatida ularga ham taosir etmasdan yashay olmaydi va rivojlanmaydi. Ҳamma komponentlarning o`zaro taosir bu komponentlarni bir butun yagona moddiy sistemaga birlashtirib turadiki, bunda hamma tarkibiy qismlar bir-biriga bog`liq va bir-biriga taosir etadi. Bu sistemianing bir butunligi, ya’ni yaxlitligi shu qadar mustahkam va shu qadar umumiyki, sistemaning biror zvenosi o`zgarmas bo`lsa, shundan qolgan barcha zvenolar ham o`zgaradi.
Geografik qobiqning bu huhim xususiyati hozirgi kunda yildan yilga keskinlashib borayotgapn tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatni optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo`lmoqda. Jamiyat rivojlanishi tabiat bilan muvozanatlashgan holda bormoqda, tabiatdagi yuz beradigan barcha o`zgarishlar jamiyat taraqqiyoti uchun ko`p noqulayliklar tug`diradi. Ҳozirgi kunda va kelajakda jamiyatni tabiat bilan muvozanatlashgan rivojlanishini amalga oshiirsh muammosi vujudga keldi. Bu muammoni hal qilishda geografik qobiqni rivojlanish qonuniyatlarini chuqur sharoit ham muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
2. Geografik qobiqda modda va energiya aylanishi. Geografik qobiqning komponentlari bir-biri bilan modda va energiyaning aylanishi bilan bog`liqdir. Bir komponentdan ikkinchisiga to`xtovsiz modda va energiya o`tib turadi hamda ular bunda o`zgarishlarga uchraydi. Quyosh nurlari energiyasi geografik qobiq komponentlarida issiqlik, mexanik, biokimyoviy va boshqa energiya turlariga aylantiriladi.
Ҳar bir geosistemaga modda va energiya kelib, undan qaytib turadi. Masalan, geografik qobiqda organik moddalar boshqa birikmalar bilan bir qatorda karbonat angidrid gazi va suvni o`zida to`playdi. Organik moddalar parchalanganda bu birikmalar yana atrof-muhitga qaytadi. Agar jarayon bir tomonlama bo`lganda, ya’ni organik moddalar doimiy ravishda to`planib borganida edi, bu holat havoda karbonat angidrid gazini kamayib ketishiga, er iqlimining sovib ketishiga olib kelar edi. Chunki karbonat angidrid gazi er yuzasi tarqalgan uzun to`lqinli nurlarni bir qismini yutib, uni yana er yuzasiga qaytaradi. Geografik qobiqning komponentlarida modda va energiyaning aylanishi va o`zgartirilishi jarayonlarining yig`indisiga uning faolligi yoki ishlab turishi deyish mumkin. Quyosh energiyasining o`zgartirilishi, moddalarning og`irlik kuchi taosirida mexanik almashinishi, havo cirkulyaciyasi, namlikni aylanishi, moddalarning biogen aylanishi va boshqalar geografik qobiqning asosiy faoliyati, funkciyasidir.
Modda va energiyaning aylanma harakatining oxirgi bosqichi uning dastlabki bosqichiga aslo o`xshamaydi. Masalan, o`simlik tuproqdan olgan organik moddalarga nisbatan unga ko`proq moddani qaytaradi, chunki o`simliklarning organik massasi ildiz sisemasi orqali tuproqdan kelgan elementlarning o`zidangina emas, balki havodan olgan karbonat angidrid gazidan ham tarkib topgandir. Demak, moddalarning aylanib yurishi ham to`la ravishda takrorlanmaydi.
3. Geografik qobiqning tuzilmasi. Ҳar bir geosistema o`zining tuzilmasi bilan harakterlanadi. Tuzilmani geosistemalarning qismlarini o`zaro joylanishi va ularning birikish yo`llari yoki geosistemaning makon va zamonda shakllanishi deb tushunish mumkin. A.Gumboldt o`zining “Kosmos” asarida tabiat bir butun harakatdagi va o`zgarishdagi oboekt larning o`zari aloqasidan hosil bo`lgan hosiladir deb yozadi. 19-Asrda (1892) V.V.Dokuchaev tabiatshunoslik ilgari qarab katta qadam tashlaganligini taokidlab, “Asosan ayrim jismlar, minerallar, tog` jinslari, o`simlik va hayvonlar hamda hodisa va narsalar, olov, suv, havo o`rganilib, ular o`rtasidagi nisbat, ya’ni kuchlar, jismlar, hodisalar o`rtasida jonsiz va jonli tabiat o`rtasida mavjud bo`lgan genetik doimiy va hamma vaqt ham qonuniy aloqalar o`rnatilmas edi. Vaholangki huddi shu nisbatlar ana shu qonuniy o`zaro aloqalar tabg`iatni blishning mohiyatini, tabiatni bilishning mag`zini tashkil qioladi deb yozgan edi. V.V.Dokuchaev tabiatda turli komponentlar o`rtasida aloqalar mavjudligini isg`botlab bergan.
Universitetlar uchun birinchi bo`lib umumiy er bilimi bo`yicha darslik yaratgan A.N.Krasnov (1895) “geografiya ayrim hodisa va jarayonlarni emas, balki ularning birikmasini geografik kompleksolarni o`rganadi” deb taoriflagan edi.
Peterburg universitetining professori Brounov tabiiy geografiya litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera kabi qobiqlarning o`zaro aloqasidan hosil bo`lgan erning tashqi qobig`ini o`rganadi deb uqtirgan.
1932 yilda A.A.Grigorev o`zining “tabiiy geografiyaning predmeti va vazifalari” nomli maqolasida tabiiy geografiya fanining o`rganish predmeti, tabiiy geografik qobiq ekanligi to`g`risida so`z yuritadi. 1937 yilda esa geografik qobiq tabiiy geografiyaning o`rganish oboekti ekanligini asoslovchi maxsus monografiya yozadi. U bu asarida geografik qobiqni o`rganishda balansli usullarni muhimligini ko`rsatib bergan.
1940 yillarda L.S.Berg tomonildan rivojlantirilgan landshaft va geografik zonalar to`g`risidagi taolimotini A.A.Grigorevning geografik qobiq va tabiiy geografik jarayonlar to`g`risidagi talimotiga qarshi qo`yildi. Ko`p yillik ilmiy baxsda S.V.Kolesnik bu ikki taolimot bir-biriga qarama-qarshi emasligini, balki ular geografik qobiqning turli tomonlarini aks ettirishini isbotlab berdi. 1947 yildan boshlab, tabiiy geografiyaning o`rganish oboekti geografik qobiq deb ko`pchilik olimlar tomonidan tajriba natijalari olindi.
S.V..Kolesnik Grigorevning tabiiy geografik qobig`ini geografik qobiq deb nomlashni taklif qildi. Bu nom geografiya fanida asosiy tushuncha bo`lib qoldi.

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin