Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Декабрь
, 2022
1490
GEOGRAFIYA DARSLARIDA GEOGRAFIK HODISA, JARAYON VA QONUNIYATLARINI
KO’RGAZMALILIK ASOSIDA O’RGANISH
Murodullayeva Ma’mura
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
2- umumiy o’rta ta’lim maktabi
Geografiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablari
geografiya darslarida
geografik hodisa, jarayon va qonuniyatlarni ko’rgazmali vositalar orqali tashkil qilish
o’quvchilarning
dunyoqarashi, erkin fikrlashini shakllantirishi to’g’risida fikr bayon etilgan.
Kalit so’zlar: ko’rgazmalilik, geografiya fani, verbal ta’lim, pedagogik amaliyot
Geografiya darslarining jonli mazmunli va qiziqarli bo’lishida didaktik ko’rgazmali
qurollarning ahamiyati benihoyat kattadir. Ko’rgazmali qurollarning yana bir muhim jihati
shundaki ular o’quvchi va talabalarning eslab qolish qobiliyatini o’stirishda ham o’ziga xos
rol o’ynaydi. Chunki ko’z bilan ko’rish orqali tasavvur hosil qilish bilan eshitib tasavvur qilish
orasida katta farq bor.
Geografiya fani o’zining qiziqarli, o’zgaruvchanligi
xilma- xilligi, tabaiatni
o’rganuvchanligi bilan boshqa fanlar orasida ajralib turadi.
Shuning uchun geografiya
o’qitish metodikasi ham mazmunli va qiziqarlidir.
Ayniqsa, geografiya fani o’qitishda qo’shimcha ma’lumotlarning o’rni beqiyosdir.
Chunki geografiya tabiatga bog’liq fan bo’lganligi uchun uni tasvirlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Geografiya o’qituvchisi qanchalik tajribali, nutqi chiroyli, ravon va sodda bo’lmasin, u
darsni quruq so’zlar bilan o’tmasligi kerak.O’qituvchilarga o’zi tug’ilib o’sgan joylarning
tabaiatidan keskin farq qiluvchi landshaftlar haqida bilim
berilganda uning tasvirini
ko’rsatib berishi o’quvchilarni shu fanga bo’lgan qiziqishini orttirib boradi. Tasvirli o’quv
qurollaridan foydalanish geografik tasavvurni shakllanishiga tushunchalarning aniq
o’zlashtirilishiga yordam beradi. O’qituvchi tasvirli materiallardan foydalanayotganda
o’quvchilar diqqatini o’rganilayotgan obyekt tasavvurini kuzatishga uning o’ziga xos
belgilarini aniqlashga va umumiy xulosalar chiqarishga jalb etishi
va tasvirga izoh berib
borishi kerak.
“Biz ravshan ta’surotlarni ko’rish orqali hosil qilamiz, chunki biz ko’zimiz bilan ko’rgan
narsalarni osonroq tasavvur qilamiz. Ayni bir vaqtda ham ko’rish, ham eshitish ham musul
harakati yordami bilan hosil qilingan ta’surot esa ayniqsa ravshan tasavvur hosil qiladi va
xotirada uzoq saqlanadi.” – deb aytgan edi rus pedagogi K.D.Ushinskiy. Darhaqiqat didaktik
ko’rgazmali qurollar ayrim geografik hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni insonning tabiatiga
ta’sirini va uning turli sharoitdagi faoliyatini aks ettirib talaba va o’quvchilarning
dunyo
qarashini shakllantirishga va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam beradi.
O’quv kabinetlarning texnik asbob uskunalari va eng yangi uslubiy qo’llanmalar bilan