Geografiya ta’limida o’yinlardan foydalanish reja: kirish


Tabiiy geografik o‘yinlar



Yüklə 142 Kb.
səhifə9/10
tarix05.06.2023
ölçüsü142 Kb.
#125131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O’YINLARDAN FOYDALANISH

Tabiiy geografik o‘yinlar
Tabiiy geografiya kurslarida didaktik o‘yinlar ikkita yo‘nalishda ishlab chiqildi. Umumiy tabiiy geografiya va regional tabiiy geografiya.
Umumiy tabiiy geografiya kursi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda didaktik o‘yinlarni ishlab chiqish va o‘yinli darslarni o‘tkazish mumkin: geografiya fani va uning tarmoqlari; geografik bilimlarning rivojlanishi; zamonaviy geografiyaning asosiy vazifalari. Plan va karta; Yer qobiqlari; Geografik qobiq.
Regional tabiiy geografiya kurslarida bir materik, okean bo‘yicha didaktik o‘yinlar quyidagi mavzular bo‘yicha tuzilishi mumkin: geografik o‘yin; tekshirilish tarixi: relyefi va foydali qazilmalari; iqlimi; ichki suvlari; tuprog‘i; o‘simligi; hayvonot dunyosi; tabiat zonalari; atrof muhitni muhofaza qilish.
Misollar:
1.Nima uchun Kolumb Amerikani Hindiston va mahalliy aholini hindular deb atagan.
2.Tez ayting: quyidagi olimlardan antik davrda yashab ijod etganlarini aniqlang: Gomer, Beruniy, Eratosfen, Al-Farg‘oniy, Aristotel, Al-Xorazmiy, Forobiy, Ma’sudiy, Xofizi Abru.
3.Maktabga shimoli-sharq yo‘nalishida borsangiz, uyga qaysi yo‘nalishda qaytib kelasiz.
4.Daryoga 90 daraja azimutda borsangiz, qaysi azimut va yo‘nalishda qaytib kelasiz.
5.Hindistonga dengiz yo‘li kim tomonidan va qachon ochilgan?
6.Yerning markaziga quyidagi geografik obyektlarning qaysi biri yaqin: Mariana cho‘kmasi; Shimoliy va janubiy qutblar; Jomolungma cho‘qqisi; O‘lik dengiz.
7.Quyoshning chiqishi va botishi quyidagi ufq tomonlarini qaysi biriga mos keladi: Shimol, sharq, janub, g‘arb; shimoli-sharq; janubi-sharq; shimoli-g‘arb, janubi- g‘arb.
8.Ma’lumki, Yer markaziga tomon har 33 m tushganda harorat 10 ga ko‘tariladi. Vulqon og‘zida lavaning harorati 13000 bo‘lsa, uning chiqiyotgan chuqurligini aniqlang.
9.Qaysi materikni barcha okeanlar o‘rab turadi?
10. Ikkita qit’a, ikkita materik, ikkita yarim orol, ikkita okean, ikkita dengiz, ikkita burunni ajratib turuvchi bo‘g‘ozni aniqlang.
11. Eng katta orol, ko‘l, materik, cho‘l eng uzun daryo, tog‘ tizimi nomlarini aniqlang.
12. Janubiy tropik chizig‘i qaysi materikni o‘rtasidan kesib o‘tadi.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin