Quyi Zarafshon okrugi tektonik botiqda joylashib, negizi paleozoy erasi ohaktosh slaneslaridan iborat bo‘lib, uning ustini mezozoy va kaynazoy eralarining cho‘kindi jins hamda mergellari, gillari va qumtoshlari qoplab olgan. Mezozoy erasining yura va bo‘r davr jinslari (ohaktosh, dolomit va boshqa) ko‘proq okrugning sharqida joylashgan balandliklarda uchraydi. Quyi Zarafshon okrugida nisbatan ko‘p tarqalgan jinslar — bu kaynozoy erasining neogen va paleogen yotqiziqlari hisoblanib, ular asosan, Gazli atrofida, Jarqoq, Saritosh, Qiziltepa balandliklarida, Buxoro vohasining janubida, Qorako‘l vohasida, Dengizko‘l atrofida joylashib, sarg‘ish, sur, jigarrang qum va qumtoshlardan iborat. Quyi Zarafshonda eng ko‘p tarqalgan jinslar to‘rtlamchi davrga xos bo‘lib, ular genetik jihatdan Zarafshon daryosi, vaqtincha oqar suvlar, ko‘l va shamol natijasida vujudga kelgan shag‘al, qum, qumoq, lyoss gillaridan iborat.
Quyi Zarafshon okrugidagi Dengizko‘l va boshqa ko‘llar atrofida ko‘l yotqiziqlari — to‘q surrangli gil, qumoq, Buxoro va Qorako‘l vohalari atrofida esa eol yo‘l bilan vujudga kelgan qumliklar joylashgan. To‘rtlamchi davr boshlarida Qashqadaryo va Sangzor daryolari Zarafshonga quyilgach, sersuv bo‘lib, Qoraqum tomon oqqan. To‘rtlamchi davr o‘rtalarida Amudaryo shimoli g‘arb (Orol tomon)ga oqishi tufayli Zarafshon daryosi Amudaryoga quyila boshlagan. To‘rtlamchi davr oxirida ham Zarafshon vaqt-vaqti bilan Amudaryoga quyilib turgan. Lekin, so‘ngra Qashqadaryo va Sangzor daryolarining Zarafshonga quyilmay qo‘yishi natijasida Zarafshon tarmoqlanib oqib, Qorako‘l deltasini hosil qilgan. Qashqadaryo esa janubga burilib, tarmoqlanib, katta delta hosil qilgan bo‘lsa, Sangzor daryosi shimol tomon burilib, Mirzacho‘l tomonga oqa boshlagan, natijada Zarafshon suvi kamayib, Amudaryoga yetib bormagan. Quyi Zarafshon okrugida daryolarning tarmoqlanib oqishi va zilzilalar sodir bo‘lib turishi neotektonik jarayonlar bilan bog‘liq.
Yaqin davrgacha O‘rta Osiyoning tekislik qismi, shu jumladan, Quyi Zarafshon okrugi ham seysmik jihatidan birmuncha tinch deb hisoblanar edi. Lekin Zarafshon okrugi hududida so‘nggi yillarda zilzilalar (Buxoroda 1821—1822- yillarda 8 balli, Gazlida 1976- va 1987- yillari 9—10 balli) bo‘lib turishi bu hududni ham seysmik rayonga kiritilishiga asos bo‘ldi. Quyi Zarafshon okrugi va uning atrofi neft-gaz zaxirasiga boy hudud hisoblanib, eng muhim konlari Gazli, Jarqoq, Qorovulbozor, Shodi, Dengizko‘l va boshqalar hisoblanadi. Shuningdek, okrug hududida bir nechta tuz hamda har xil qurilish xomashyo konlari mavjud. Quyi Zarafshon okrugi yerusti tuzilishi jihatidan O‘rta Zarafshondan farqlanadi.
Chunki O‘rta Zarafshon okrugini ikki tomondan tog‘lar o‘rab olgan bo‘lsa, aksincha, Quyi Zarafshon Xazar yo‘lagidan o‘tgach, janubi g‘arbga qarab kengayib, pasayib, Buxoro va Qorako‘l vohasini hosil qiladi. Buxoro vohasini shimoli g‘arbdan Qizilqum o‘rab olsa, sharqda Qiziltepa (362 m), Quyimozor (216 m), Qumsulton kabi balandliklar, janubi g‘arbdan Qorako‘l balandligi o‘rab olgan. Buxoro vohasining uzunligi 102 km atrofida, kengligi 50— 70 km, mutlaq balandligi 200—250 m bo‘lib, janubi g‘arbga biroz nishab tekislik hisoblanadi. Buxoro vohasida Zarafshon daryosining to‘rtta qayiri (terrasasi) joylashgan. Birinchi qayir daryoning har ikki qismida joylashib, nisbiy balandligi 1—1,5 m, kengligi 1,5—2,0 km. Ikkinchi qayirining nisbiy balandligi (daryo o‘zanidan) 2—5 m. Uchinchi qayiri uncha keng bo‘lmay, bilinar-bilinmas holda ikkinchi qayirdan ko‘tarilib turadi. To‘rtinchi — eng qadimiy qayiri vohani o‘rab olgan platolarining quyi qismida joylashgan. Buxoro vohasidagi qayirlarning ko‘p qismi yerlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish natijasida tekislab yuborilgan. Buxoro vohasi janubi g‘arbga qarab pasayib, torayib, Qorako‘l platosiga tutashib ketadi. Qorako‘l platosidan o‘tgach, okrug hududi yana kengayib, Qorako‘l vohasini hosil qiladi. Qorako‘l vohasi janubi sharqda Sandiqli qumligi, janubda Eshakchi qumligi bilan o‘ralgan. Qorako‘l vohasining uzunligi 100 km atrofida, kengligi 50 km. Yer yuzasi tekis bo‘lib, janubi g‘arbga — Amudaryo vodiysi tomon nishablikda joylashgan. Mutlaq balandligi shimoli sharqida 200 m, janubi g‘arbida 180 m, Amudaryo vodiysiga tutashgan qismida 178 m ga teng. Qorako‘l vohasi Buxoro vohasidan sho‘rxoklar, sho‘rxokli botiqlar, sho‘r ko‘llarning ko‘pligi va qumliklar o‘rab olganligi bilan farqlanadi.5 Quyi Zarafshon okrugi qisqa va beqaror qish bilan, quruq, seroftob, jazirama yoz bilan tavsiflanadi. Qishda okrug hududiga shimoldan sovuq, quruq shamollarning esishi tufayli hamma qismida yanvarning o‘rtacha harorati 0°C dan past bo‘ladi. Quyi Zarafshon okrugiga yozda shimoli g‘arbdan nam havo massalari esib tursa-da, lekin haroratning yuqoriligi tufayli yog‘in yog‘maydi. Quyi Zarafshon okrugi O‘zbekistonning eng issiq hududlaridan hisoblanib, yillik o‘rtacha harorati +14,2 +15°C, iyulning o‘rtacha harorati +28 +29,6°C, yanvarning o‘rtacha harorati Qorako‘lda +0,4°C, Shofirkonda +1,5°C hisoblanadi. Okrugda ba’zan qishda Sibir antisiklonining kirib qolishi va Arktika havo massasining u bilan bir davrga to‘g‘ri kelishi tufayli harorat –20 –25°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda havo qizib, eng yuqori harorat +44 +45°C ga ko‘tariladi. Quyi Zarafshon okrugida sovuq bo‘lmaydigan davr 204-214 kun davom etib, vegetatsiya davridagi haroratlar yig‘indisi 5000°C ga yetadi. Bunday iqlimiy sharoitda ingichka tolali paxta, shirin-shakar mevalar, poliz ekinlarini yetishtirish mumkin. Quyi Zarafshon okrugida yog‘inlar hudud va fasllar bo‘yicha notekis taqsimlangan. Buxoro va Qorako‘l vohalariga bir yilda 100-200 mm yog‘in tushadi. Yillik yog‘inni 100 foiz desak, 44-48 foizi bahorga, 36-44 foizi qishga, 2-3 foizi yozga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p yog‘in mart — aprel oylariga, eng kam yog‘in iyul — avgust oylariga to‘g‘ri keladi.
Quyi Zarafshon okrugida qor har yili yog‘adi, lekin uzoq turmay (5-10 kungacha) erib ketadi. Qorning qalinligi 5 sm atrofida bo‘ladi. Quyi Zarafshon okrugining suv manbayi Amudaryo va Zarafshon hisoblanadi. Okrug hududida Zarafshon daryosining suvlari Shofirkon, Vobkent, Romitan, Shohrud va boshqa magistral kanallar orqali sug‘orishga sarflanib, tabiiy o‘zandan faqat sizot suvlari oqadi, xolos. Ilgari Zarafshon suvi Quyi Zarafshon okrugidan oqib o‘tib, Amudaryoga 20 km yetmasdan qumlarga shimilib ketar edi. Quyi Zarafshon okrugi hududiga kelguncha Zarafshon daryosining suvi O‘rta Zarafshon okrugida ishlatilishi tufayli Buxoro va Qorako‘l vohasiga suvi to‘la yetib kelmaydi. Shu sababli yerlarni sug‘orishni yaxshilash, aholini suv bilan ta’minlash maqsadida uzunligi 268 km bo‘lgan Amu-Buxoro magistral kanali qurildi. Amu-Buxoro kanalidan keladigan suvdan sug‘orishda foydalanishdan tashqari To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari ham to‘ldirilib turibdi. 6 Buxoro va Qorako‘l vohasida vujudga kelgan zovur suvlarini sug‘oriladigan hududdan chetga chiqarib tashlash oqibatida Sho‘rko‘l, Qorako‘l, Parsanko‘l, Moxonko‘l, Qoraqir kabi ko‘llar vujudga keldi. Quyi Zarafshon okrugida yerosti suvlari relyefga bog‘liq holda hudud bo‘yicha bir xil joylashgan emas. Okrug sharqidagi balandroq bo‘lgan yerlarning grunt suvlari nis- batan chuchuk va yaxshi siljiydi. Okrugning janubi g‘arbida, Buxoro va Qorako‘l vohalarida grunt suvi yuza (2-3 m) bo‘lib, sho‘r, ichishga yaroqsiz. Bo‘r davri yotqiziqlari orasida bosimli yerosti suvlari mavjud bo‘lib, sho‘r emas, binobarin, ulardan ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkin. Quyi Zarafshon okrugining 1000-1500 m chuqurliklarida issiq mineral suvlar mavjud bo‘lib, ulardan davolanishda foydalanilmoqda. Quyi Zarafshon okrugida yerusti tuzilishi, yotqiziqlar tarkibi va yerosti suvlarining xususiyatlariga bog‘liq holda turli xil tuproqlar tarqalgan. Okrugda sur-qo‘ng‘ir, qumoq, taqir, sho‘rxok, o‘tloq kabi tuproqlar eng ko‘p tarqalgan.
O‘rta Zarafshon okrugi iqlimi O‘zbekiston tekislik qismidagiga o‘xshash bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq va quruq, yog‘in kam. Okrug janubda joylashganligidan hamda shimol, shimoli sharqdan tog‘lar bilan o‘ralganligidan qishda havo haddan tashqari sovib ketmaydi. Yanvarning o‘rtacha harorati –0,9 –1,9°C. Ba’zan Arktika havosi kirib kelganda eng past harorat –24 –35°C gacha pasayadi. Yozda esa havo ochiq bo‘lib, +26 +28°C atrofida bo‘lib, eng yuqori harorat +40 +44°C ga yetadi. O‘rta Zarafshon okrugida sovuq bo‘lmaydigan kunlar bir yilda 213—215 kunni tashkil etadi. Vegetatsiya davridagi ijobiy haroratning yig‘indisi 4300 — 5000°C ga yetadi. O‘rta Zarafshon okrugida yog‘in miqdori g‘arbdan sharq tomon ortib boradi: Navoiyda (mutlaq balandligi 347 m) o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 177 mm, Kattaqo‘rg‘onda (465 m) 282 mm, Samarqandda (695 m) 328 mm. Vodiyni o‘rab olgan tog‘larda yillik yog‘in miqdori ortib, Omonqo‘tonda 881 mm ni tashkil etadi. Yillik yog‘inning ko‘p qismi bahorda (49 foiz) va qishda (33 foiz) yog‘adi, yozda bor-yo‘g‘i 4 foizni tashkil etadi. Okrugda yog‘inning bir qismi qor tarzida yog‘adi. Lekin haroratning iliq bo‘lishi tufayli uzoq turmay erib ketadi. Tog‘- larda esa haroratning pastligi tufayli nisbatan uzoq vaqt erimay turadi.
Zarafshon okrugi Turon plitasining cho‘kkan qismida joylashib, neogen davrida dengiz suvining cho‘kindisi tufayli quruqlikka aylangan, so‘ngra daryo o‘zanini yuvib, chuqurlashtirib, qator qayirlar hosil qilgan. Bu qayirlar gil, qumoq va lyossimon jinslardan tashkil topgan. O‘rta Zarafshon okrugini har ikki tomonidan o‘rab turgan tog‘lar esa paleozoy erasining ohaktosh, kristall va slanes kabi tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslar gersin tog‘ hosil bo‘lish jarayonida burmalangan. Natijada okrug shimolida Nurota, Oqtov va Qoratov, janubida esa Qoratepa, Ziyovuddin hamda Zirabuloq tog‘lari ko‘tarilib qolgan. Bu tog‘lar so‘nggi nurash oqibatida pasayib, Zarafshon daryosining irmoqlari va soylar hamda fizik nurash ta’sirida yassilanib, qiymalanib, hozirgi qiyofasi shakllangan. Zarafshon vodiysining janubida Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashib, ular orasida Qarnob va Jom botiqlari o‘rnashgan.
O'zbekistonda sanoat tarmoqlari va transportdan yiliga 1957,4 ming tonna atrofida iflos chiqindilar (birikmalar) chiqarilib, uning 1310,1 ming tonnasi transport zimmasiga to'g'ri keladi. Binobarin, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 %i avtotransport hissasiga to'g'ri keladi. Yirik sanoat obyekti joylashgan shaharlarda havoning ifloslanishida sanoatning hissasi katta. Natijada Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona , Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot, fenol, ammiak, vodorod ftori va boshqa gazlar bilan ortiqcha ifloslangan.
3-RASM ZARAFSHON OKRUGI Okrug O‘zbekistonning markaziy qismini, yer po‘stining tektonik jarayonlar ta’sirida cho‘kkan Zarafshon vodiysining respublikamizga qaraydigan o‘rta qismini o‘z ichiga oladi. Respublikamiz havosini toza saqlash uchun korxonalarda zamonaviy tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda havoni ifloslovchi moddalarni ushlab qolib, ulardan qayta foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiy xizmat ko'rsatish, sog'lom lashtirish tashkilotlari, parrandachilik m ajmuyi va chorvachilik fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda. Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa o'sha korxonalardan chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so'ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan iborat. O'zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug'orish qoidasiga rioya qilish, sug'orishning ilg'or usullaridan foydalanishga o'tish zarur. Ekinlarning hosildorligini oshirish uchun ko'proq organik o'g'itlar (go'ng) dan foydalanib, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan kurashishga erishish zarur.