Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə3/7
tarix19.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#132351
1   2   3   4   5   6   7
Abdalimov O‘roqboy

Kurs ishining vazifalari:

  • Ushbu kurs ishining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat.

  • Quyi Zarafshon okrugi ichki suvlari va asosiy suv manbalari haqida ma’lumot berish

  • Quyi Zarafshon okrugi tabiiy geologik tuzilishi haqida yortib berish

  • Quyi Zarafshon okrugi o’simliklar va hayvonot dunyosi haqida asoslantirilga ma’lumotlar

  • Quyi Zarafshon okrugining suv zahiralarining ahamiyatini tushuntirish

Kurs ishining obyekti: Ushbu kurs ishining ob’ekti Quyi Zarafshon okrugi, uning tabiati haqida yozilgan barcha asarlar va qo’llanmalar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Quyi Zarafshon okrugi ichki suvlari va suv resurslari ushbu kurs ishining predmeti sifatida olingan.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati, xulosadan iborat.
I BOB QUYI ZARAFSHON OKRUGINING O’ZIGA XOSLIKLARI

    1. Ichki suvlari va suv resurslari

Quyi Zarafshon okrugida bahorgi oxirgi sovuq tushishining o`rtacha muddati 24-30 martlarga, kuzgi birinchi sovuq tushishining o`rtacha muddati esa 22-25 oktyabr kunlariga to`g`ri keladi. Sovuq bo`lmaydigan davr 204-214 kun davom etadi. Kuzda birinchi sovuq tushishidan oldingi effektiv haroratning yig`indisi 2640-2668° ga, vegetatsiya davridagi haroratning yig`indisi esa 5000° ga etadi. Quyi Zarafshon okrugida yog`inlar hudud va faellar bo`yicha -bir xil taqsimlangan emas. Buxoro va Qorako`l del`tasiga bir yilda 114-125 mm yog`in tushsa, atrofini o`rab olgan qumli cho`llarda 90-100 mm ni tashkil qiladi. Eng ko`p yog`in (yillik yog`inning 90%) dekabr-may oylariga, eng kam yog`in (deyarli yog`maydi) iyul-sentyabr oylariga to`g`ri keladi. Eng ko`p yog`in mart-aprel oylarida sodir bo`ladi. Yog`inning ko`p qismi yomg`ir tariqasida tushadi. Bir yilda 30 kun yomg`ir yogsa, qor ba`zi yillari deyarli yog`maydi, ba`zi yillari 10 kun yog`adi.
Ba`zan bahorda yomg`ir jala tariqasida tushib, kishloq xo`jalik ekinlariga zarar keltiradi, yo`l, ko`prik sug`orish shoxobchalarini buzib yuboradi. Okrug hududida qor xar yili yopsada, uzoq turmay erib ketadi. Qor dekabr-fevral oylarida yog`ib, o`rtacha 3-5 kun, ba`zan esa 10-13 kun erimay turadi. Qor krplami yupka bo`lib eng sovuq yanvar oyidagina qalinligi 5 sm ga etadi. Quyi Zarafshon okrugi hududiga yozda shimoli-g`arbdan Qizilqum tomondan quruq qizigan shamollar esib, qumlarni uchirib ekinlarga katta zarar keltiradi. Bu shamol ayniqsa, Vobkent, G`ijduvon, Buxoro kabi tumanlarga katta ta`sir etadi. Shu sababli bu hududlardagi vohani qum bosishidan saqlash va o`sha issiq va quruq shamollarning yo`lini to`sish uchun o`rmon-ixota mintaqasi barpo etilgan. Quyi Zarafshon okrugining asosiy suv manbai Zarafshon va Amudaryo hisoblanadi. Okrug hududiga Zarafshon daryosining o`rta va quyi oqimi qaraydi. Bu qismda Zarafshon daryosining suvi 54 ga yaqin magistral ariqlar (eng muhimlari Konimex Shofirkon, Vobkentdaryo, Romitan, Shaxud) orqali sug`orishga sarflanib, tabiiy o`zanidan faqat sizot suvlari oqadi, xolos.
Qadim Zarafshon daryosi Amudaryoga 20 km etmasdan Eshakchi va Sanduqli qumliklarida shimilib ketar edi. Zarafshon daryosi Buxoro del`tasida Vobkentdaryo va Qorako`ldaryo deb nomlanib ikki tarmoqqa bo`linadi. Vobkentdaryo g`arbga qarab davom etib, suvi butunlay sug`orishga sarflanadi. Qorako`ldaryo Qorako`l shahari yaqinida yana ikki tarmoqqa ajralib, chapdagisi Toyqir, o`ngdagisi esa Saribozor deb ataladi. Toyqir o`zani Dengizko`lgacha, Saribozor o`zani esa Chigarko`lgacha davom etadi. Lekin hozir Zarafshon suvi ko`plab sug`orishga sarflanishi tufayli Toyqir va Saribozor quruq o`zanlarga aylanib qolgan.1
Faqat ba`zan Zarafshon daryosi sersuv bo`lgan yillardagina ulardan suv oqishi mumkin. Zarafshon daryosi muz-qorlarning erishidan to`yinadi. Xazar yo`lagidagi suv o`lchagich bekati ma`lumotiga ko`ra Zarafshon daryosining o`rtacha yillik suv sarfi sekundiga 116,1 m 3 ni, Qorako`lda 14,3 m3 ni, tog`li qismida (Dupuli ko`prigida) 155 m3 ni tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, Quyi Zarafshon okrugi hududiga kelguncha Zarafshon daryosining suvini bir qismi Eski Tuyatortar arig`i orqali Sanzar xavzasigacha, Eskianxor arig`i orqali Qashqadaryo xavzasiga oqizilsa, bir qismi Samarqand botig`ida joylashgan ekin dalalarini sug`orishga sarflanadi. Xazar suv o`lchagich bekati ma`lumotlariga ko`ra Zarafshon eng ko`p suvini (yillik oqimning 60% atrofidagisini) may-sentyabr oylarida, eng kamini (15,4%) qishda oqizadi. Quyi Zarafshon okrugidagi erlarni sug`orish ishlarini yaxshilash maqsadida Amu-Buxoro arig`i (uzunligi 268 km, yillik suv sarfi sekundiga 235 m3 ) orqali Amudaryo suvi keltirilgan. Ariq Amudaryo suvini Olat, Qorako`l va Xamza nasos stantsiyalari yordamida 66 m. ga ko`tarib beradi. Amu-Buxoro arig`idan yana (uzunligi 40 km, suv sarfi sekundiga 42 m3 ) Amu Qorako`l arig`i ajralib, so`ngra Qorako`ldaryoga borib tutashadi. Amu-Buxoro arig`i esa Shohrud arig`iga va Quyimozor suv omboriga tutashib ketadi. Amu-Buxoro arig`i orqali Amudaryo suvi To`dako`lga xam etib, uni suv bilan ta`minlab turadi.
Quyi Zarafshon okrugidagi sug`oriladigan erlar meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 60 dan ortiq (eng muhimlari Dengizko`l, Sho`rariq, Yomonjar, Shimoliy Buxoro, Maxan kabi zovurlar) zovurlar qazilgan. Quyi Zarafshon okrugidagi erlarni sug`orish uchun yiliga Zarafshon va Amudaryodan 4,3-4,5 km3 atrofida suv olinadi. Usha olingan 4,3-4,5 km3 suvning 0,86 km3 yoki 20-21% yuqorida qayd qilingan zovurlar orqali sug`oriladigan mintaqadan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga chiqarib tashlanishi tufayli bir necha ko`llar vujudga kelgan. Quyi Zarafshon okrugida eski o`zanlarda vujudga kelgan Dengizko`l, Xojiakob, Chuqurko`l, Somonko`ldan tashqari zovur, suvlarini tashlash tufayli To`dako`l, Sho`rko`l, Kattako`l, Maxanko`l, Qoraqirko`ul, Parsanko`l, Zamonbobo kabi ko`llar xam vujudga kelgan. Bu ko`llarda yiliga 0,8-1,0 km3 zovurdrenaj sho`r suvlari to`planadi. Bu zovur suvlarining bir qismi xozir Maxanko`l zovuri orqali Amudaryoga borib quyilmoqda. Yuqorida qayd kilingan ko`llarning eng kattasi To`dakul hisoblanib, u xozir suv ombori sifatida foydalanilmoqda.
Chunki unga Amu-Buxoro arig`i orqali Amudaryo suvi kelib to`planmoqda. To`dako`l suv bilan to`lsa 1,0 km3 ni tashkil qiladi. Quyi Zarafshon okrugidagi ko`llardan yiliga 510 mln. m3 zovur suvlari bug`lanib ketib, ko`llarda har xil tuzlar miqdori, yil sayin ortib bormoqda. Quyi Zarafshon okrugida Quyimozor suv ombori joylashgan. Bu suv ombor Quyimozor botig`ida bunyod etilib, asosan Zarafshondan hamda Amu-Buxoro arig`i orqali Amudaryodan suv oladi. Suv omborining maydoni 6 km2 , eng chuqur eri 22,8 m, o`rtacha chuqurligi 16,8 m, suv sig`imi 350 mln. m3
Quyi Zarafshon okrugida er osti suvlari, xususan grunt suvlari 1-60 m chuqurliklarda joylashgan. Bu eng avvalo okrug rel`efiga, neogen va to`rtlamchi davr yotqiziqlarining qalinligiga borliq. Okrugning sharqiy qismida grunt suvlari 10 m chuqurlikda joylashib, siljishi yaxshi, binobarin, nisbatan chuchuk bo`lib, tuproq, ham sho`rlashgan emas. Lekin janubig`arbga qapab Buxoro va Qorako`l del`tasi tomon grunt suvlari er betiga yaqinlashib (2-3 m chuqurda), sho`rligi ortib, bir litr suvida 10 grammgacha har xil tuzlar uchraydi. Eng sho`r grunt suvlari Buxoro-Qorako`l del`tasining ichki qismidagi botiqlarda uchrab, minerallashish darajasi xar litr suvida 15 grammgacha etadi. Quyi Zarafshon okrugining atrofini o`rab olgan Saritosh, Toshquduq, Dengizko`l, Qorako`l va Gazli platolarida grunt suvi eng sho`r bo`lib, 60 m chuqurlikda joylashgan. Bu erlarda grunt suvining sho`r bo`lish sababi tarkibida tuz saqlovchi neogen yotqiziqlarining mavjudligidir. Quyi Zarafshon okrugida nisbatan chuchuk grunt suvlari Maxandaryo va Gurdush kabi quruq o`zanlarda joylashib, chuqurligi 3-10 m, sho`rligi esa xar litrida 1-4 grammni tashkil etadi. Okrugda joylashgan grunt (sizot) suvlari asosan sug`oriladi- gan mintaqadan, ariqlardan, Zarafshon daryosidan shimilish hisobiga hamda yog`inlardan to`yinib turadi. Ma`lumotlarga ko`ra Buxoro-Qorako`l del`tasida xar yili 1 km3 grunt suvi vujudga kelib, shuning 77 foizi bug`lanishga sarflanadi. 9% zovurlar or-qali sug`oriladigan mintaqadan chiqarib tashlanadi, 1% Zarafshon o`zaniga siljiydi, qolgan 13% esa del`ta va atrofidagi platolar tomon tarqalib ketadi. Ko`rinib turibdiki, grunt suvining asosiy qismi bug`lanishga sarflanib, undagi har xil tuzlar tuproq tarkibida to`planib, uning meliorativ holatini yomonlash-tirmoqda, binobarin Buxoro-Qorako`l del`tasida tuproq sho`rini qochirish uchun ko`shimcha zovur-drenajlar qurishni, tuproqni yuvib turishni taqozo etadi.
1-RASM
Okrugning janubi g‘arbida, Buxoro va Qorako‘l vohalarida grunt suvi yuza (2 —3 m) bo‘lib, sho‘r, ichishga yaroqsiz. Bo‘r davri yotqiziqlari orasida bosimli yerosti suvlari mavjud bo‘lib, sho‘r emas, binobarin, ulardan ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkin. Quyi Zarafshon okrugining 1000 — 1500 m chuqurliklarida issiq mineral suvlar mavjud bo‘lib, ulardan davolanishda foydalanilmoqda. Quyi Zarafshon okrugida yerusti tuzilishi, yotqiziqlar tarkibi va yerosti suvlarining xususiyatlariga bog‘liq holda turli xil tuproqlar tarqalgan. Okrugda sur-qo‘ng‘ir, qumoq, taqir, sho‘rxok, o‘tloq kabi tuproqlar eng ko‘p tarqalgan. Quyi Zarafshon okrugining chetlaridagi qumliklarga (Qizilqum, Sandiqli qumligi) tutashgan qismlarida qumoq va qumli tuproqlar tarqalgan. Buxoro va Qorako‘l vohasining chetlarida taqir tuproqlar joylashgan bo‘lsa, pastqam grunt suvi yuza bo‘lgan qismida sho‘rxok tuproqlar mavjud. Quyi Zarafshon okrugining ichki qismida sug‘oriladigan o‘tloq, o‘tloq-alluvial tuproqlari joylashib, ularga ishlov berish tufayli tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, o‘tloq-voha tuprog‘iga aylangan.2
Quyi Zarafshon okrugida yana yura, bo`r va paleogen davr yotqiziqlari orasida, bosimli, mineral er osti suvlari joylashib, Buxoro-Qarshi artezian xavzasiga kiradi. Okrugda qatlamlar orasida bosimli suvlar 1000-1500 m. chuqurliklarda, asosan yura davri oxaktosh va qumtoshlari orasida joylashgan bo`lib minerallashgan. Bunday er osti suvlari Gazli, Jarqoq, Toshquduq kabi joylarda burg`alaganda o`zi otilib chiqib, sarfi ba`zi joylarda (Jarkoq va Gazlida)sekundiga 20 litrgacha, minerallashish darajasi 1-10 grammgacha boradi. Bosimli minerallashgan er osti suvlari aksariyatining minerallashish darajasi 2 g/l. ga borib, undan shahar va kishloq aholisini ichimlik suv bilan ta`minlashda foydalanilsa bo`ladi. Quyi Zarafshon okrugida er usti tuzilishi, yotqiziqlari, er osti suvining xususiyatlari kabi tabiiy unsurlar ta`sirida turli xil tuproq turlari joylashgan. Okrugda eng ko`p tarkalgan tuproq turlari sur-qo`ng`ir, qumloq-taqir, sho`rxok o`tloq-taqir, sug`oriladigan o`tloq, sug`oriladigan o`tloq-allyuvial, o`tloq va botqoq tuproqlaridir.
Suv resurslari - foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Suv resurslari asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari — daryo, ko'l, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk.

2-RASM
Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv resurslari bor. Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi. Lekin koʻpgina mamlakatlarda suv resurslaridan qishloq xoʻjaligi., sanoat, kommunal xo'jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay daryo va koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash muammolariga bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003-yil Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi.
Oʻrta Osiyoda Suv resuslari asosan, daryo oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, tog'lardagi muzliklar va koʻllarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Daryo oqimlari togʻlarda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi. Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km³, Sirdaryoda — 39 km³, Tajan va Murgʻobda — 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.3
Ichki suvlarga daryolar, ko‘llar, muzliklar, yerosti suvlari kiradi. O‘zbekiston ichki suvlari orasida inson hayoti va xo‘jalik faoliyati uchun eng muhimi daryolardir. Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo‘yicha notekis taqsimlangan. Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug‘orishga sarflanib, yerga shimilib, bug‘lanib, suvi kamayib qoladi, ayrimlari cho‘llarda tugaydi. O‘zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo‘yicha bir xil emas. Tekislik qismida daryolar juda siyrak bo‘lib, har kv km maydonga daryoning 20 m uzunlikdagi qismi to‘g‘ri keladi. Aksincha, tog‘ va adirlarda daryolar tarmog‘i zich. Bunga asosiy sabab, tog‘larda tekislikdagiga nisbatan yog‘inlar ko‘p tushadi, harorat pastligidan mumkin bo‘lgan bug‘lanish va shimilish kam bo‘ladi. Natijada, yog‘inning ko‘p qismi daryo oqimiga aylanadi.
O‘zbekistonning tog‘ daryolari tor o‘zanda tez, shiddat bilan oqadi. Ular, asosan, tagini yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi. Tekislikka chiqqach esa keng vodiyda tarmoqlanib, sekin oqadi. O‘zbekiston daryolari to‘yinish jihatidan ham bir xil emas. Respublikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Norin, So‘x, Isfara kabi daryolarning bosh qismi 4500 m dan baland tog‘lardagi muzliklar va doimiy qorlarning erishidan to‘yinadi. To‘linsuv davri iyul — avgustga to‘g‘ri keladi, chunki yoz oylarida havo haroratining ko‘tarilishi tufayli muz va qorlar tez eriydi. O‘zbekistonning 3400 m balandlikdan boshlanuvchi Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to‘yinadi. Bu daryolarda suv may —iyun oylarida ko‘payib ketadi. Suvining kamayishi dekabr — fevral oylariga to‘g‘ri keladi.4
Respublikamizda Qashqadaryo, G‘uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G‘ovasoy kabi daryolar balandligi 3400 m dan ortmaydigan tog‘lardan boshlanadi. Bu daryolarning suvi ertaroq, ya’ni aprel — may oylarida, qorlarning erishi natijasida ko‘payadi va yillik oqimning 60 foizi shu oylarga to‘g‘ri keladi. Yozda daryolar suvi kamaya boshlaydi. O‘zbekistonning 2000 m dan past tog‘laridan boshlanuvchi Zominsuv, Sheroboddaryo, To‘sunsoy kabi daryolari, ko‘plab soylar, qor-yomg‘ir va yerosti suvlaridan to‘yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi bahorda — aprel — may oylarida ko‘payadi va yillik oqimning 80 foizini tashkil etadi. Aksincha, yozda daryolar suvi juda kamayib, ba’zi soylarning suvi qurib qoladi. O‘zbekiston daryolari tog‘li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko‘p qismi muzlamaydi. Faqat nishab kam bo‘lgan keng vodiylardagina qisman yoppasiga muzlashi mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa bir-ikki oy muzlaydi, lekin respublikaning janubiy qismidagi daryolar muzlamaydi.
Bu daryo Turkiston va Zarafshon tog‘lari tutashgan Ko‘ksuv tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi. U Ayniy qishlog‘i yonida Fandaryo bilan qo‘shilgach, Zarafshon nomini oladi.
Zarafshon ilgari Amudaryoga 20 km yetmasdan Sandiqli cho‘li qumlariga shimilib ketar edi. Zarafshon daryosining uzunligi muzlikdan Sandiqli qumlarigacha 877 km edi. Hozirda uning suvi ko‘plab sug‘orishga sarflanishi sababli u yerlarga yetib bormayapti. Zarafshon daryosining tog‘li qismi Tojikistonga, quyi qismi O‘zbekistonga qaraydi.
Zarafshon muz-qorlarning erishidan to‘yinib, to‘linsuv davri iyun — avgustga, eng kam suv davri esa qishga to‘g‘ri keladi. Daryoning o‘rtacha suv sarfi Ravothoji to‘g‘onida sekundiga 165 m.kub, eng ko‘p suv sarfi sekundiga 930 m.kub, eng kam suv sarfi sekundiga 24 m.kub. Zarafshon daryosining bir yillik suv miqdori 5,4 km.kub bo‘lib, shundan 5,2 km.kub Tojikiston hududida vujudga kelgan oqimga, 254 mln m.kub esa O‘zbekiston hududidan boshlanuvchi (uzunligi 10 kmdan ortiq bo‘lgan 137 ta) irmoq soylariga to‘g‘ri keladi. Bu soylarning suvi bahorda ko‘payib, yozda juda kamayib ketadi. Zarafshon daryosi o‘rtacha yillik oqimining 55 foizi iyul — sentabr oylariga to‘g‘ri keladi va bu davrda u juda loyqa bo‘lib oqadi. Zarafshon daryosi tog‘li qismida tez oqqanligidan muzlamaydi. Tekislik qismida qish sovuq kelganda 76 kungacha, iliq kelganda esa 2-3 kun muzlashi mumkin.
O‘zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo‘yicha bir xil emas. Tekislik qismida daryolar juda siyrak bo‘lib, har kv km maydonga daryoning 20 m uzunlikdagi qismi to‘g‘ri keladi. Aksincha, tog‘ va adirlarda daryolar tarmog‘i zich. Bunga asosiy sabab, tog‘larda tekislikdagiga nisbatan yog‘inlar ko‘p tushadi, harorat pastligidan mumkin bo‘lgan bug‘lanish va shimilish kam bo‘ladi. Natijada, yog‘inning ko‘p qismi daryo oqimiga aylanadi.


    1. Yüklə 1,98 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin