23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi
Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri. Inson sanoat korxonalarida ishlash jarayonida shovqin ta'sirida bo'lib qolmasdan, mashina-mexanizmla ajratadigan infra va ultra tovushlarning ham ta'sirida bo'ladi.
Mashinasozlik sanoatida infratovushlarning asosiy manbayi ichki yonuv dvigatellar, ventilatorlar, porshenli kompressorlar hisoblanadi. Infratovushlar darajasi 100—120 dB dan oshib ketgan taqdirda ishchida bosh og'rishi, sezilarli darajada quloq pardasining harakati vujudga keladi. Infratovush darajasi orta borgan sari ichki organlarda titrash hissi vujudga keladi, ishlash qobiliyati keskin susayadi, qo'rquv paydo bo'ladi.
QMQ 2.01.08.-96 ga asosan 2, 4, 8 va 16 Gs o'rta geometrik oktava oraliqlarida infratovush darajasi 105 dB dan oshmasligi kerak.
Infratovush bilan kurashishning asosiy usullari quyidagilardir:
1) mashinalarning tezligini oshirish; bunda tovush to'lqinlari eshitiladigan polosalarga o'tadi;
2) konstruksiyalar ustuvorligini oshirish;
3) past chastotadagi titrashlarni yo'qotish;
4) reaktiv tovush so'ndirish vositalarini o'rnatish.
Shuni aytib o'tish kerakki, umuman shovqinni to'sish vositalari va yutish vositalari infratovush bilan kurashishda hech qanday natija bermaydi. Infratovush bilan kurashishda tovush ajralib chiqayotgan manbayida kurashish yaxshi natija beradi. Hozirgi vaqtda ultratovushdan mashinasozlik sanoatida keng foydalanilmoqda. Bunda foydalanadigan tovush chastotasi 20 kGs dan yuqori va quммati bir necha kW miqdorni tashkil qiladi. Ultratovush ham inson organizmiga katta zarar keltiradi. Bu asab sistemasi funksiyalarining buzilishi, bosim, qon tarkibi va xossasining o'zgarishi bilan ifodalanadi. Kasallarning boshi og'riydi, tez charchaydi, eshitish qobiliyati susayadi. Ultratovush odamga faqatgina havo muhiti orqaligina emas, balki suyuqliklar va qattiq jismlar orqali ham ta'sir ko'rsatishi mumkin.
GOST 12.1.001-83 ga asosan ultratovushlar uchun 20-100 kGs gacha oraliqda shovqin darajasi 110 dB dan oshmasligi kerak deb belgilangan.
Ultratovushning havo orqali ta'sir darajasini kamaytirish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
1) Ruxsat etiladigan shovqin darajasi yuqori bo'lgan jihozlardan foydalanish.
2) Ultratovush tarqatuvchi jihozlarni qopqoqlar bilan ta'minlash. Bunday qopqoqlar po'lat tunukadan tayyorlanib ichki tomoniga 1 mm qalinlikda rezina yoki ruberoid yopishtiriladi yoki 5 mm qalinlikda getinaks qoplanadi. Elastik qopqoqlar 3-5 mm umumiy qalinlikdagi 3 qavat rezina bilan qoplanadi. Qopqoqlardan foydalanish eshitiladigan shovqinlarni 20—30 dB ga kamaytirsa, ultratovushlarni 60-80 dB ga kamaytirishi mumkin.
3) Ishchi bilan stanok o'rtasiga ekranlar o'rnatish; bundan ekranlar ko'rinadigan bo'lishi ham mumkin (masalan, oyna, pleksiglaz va h.k.).
4) Agar yuqoridagi usullar bilan hech qanday natijaga erishilmasa, unda ultratovush manbalarini ayrim xonalarga, kabinalarga joylashtirish mumkin.
Suyuqliklardan va qattiq jismlardan ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ultratovush nihoyatda xavfli hisoblanadi. Shuning uchun bunday asboblar bilan ishlaganda unga tegmaslik choralari ko'rilishi kerak.
Ultratovush vannalariga detallarni joylashtirganda ultratovush to'xtatib qo'yilishi kerak. Shovqin darajasini aniqlash uchun shumometrlardan foydalaniladi. Shovqinni spektr chastotasi bo'yicha baholash uchun chastotali analizatorlar ishlatiladi. Ushbu analizatorlar o'tkazish kengligi bo'yicha oktavali, 0,5 oktavali, 1/3 oktavali va qisqa oktavali bo'ladi.
Tovush spektrlarini vizual kuzatish (ko'z bilan kuzatish) va rasmga tushirish maqsadida spektrometrlar hamda o'zi yezar jihozlar ishlatiladi.
Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari. Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo'lib, u birinchi navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin darajasiga bog'liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog'lig'iga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo'lganligi sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday kompleks usul o'z ichiga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi:
ishlab chiqarish binolari va maydonlarining joylashishini ratsional rejalashtirish;
shovqinni tarqalish yo'lida kamaytirish.
Ushbu usullar ichida shovqinni shovqin manbaida kamaytirish eng samarali hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlash sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni to'gri tanlash, ishdan chiqqan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va shu kabi yo'llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, dumalash podshipniklarini ishqalanish podshipniklariga almashtirish shovqin darajasini 10-15 dB ga, to‘g‘ri tishli shesternyalarni shevronli shesternyalarga almashtirish – 10-12 dB ga , zanjirli-uzatmalar o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish – 10-15 dB ga, tishli uzatmalarni yigrish sifatini oshirish – 5-10 dB ga kamaytirishga imkon beradi.
Bundan tashqari shovqin darajasini kamaytirishda aylanuvchi detallarni balansirlash ham muhim rol o'ynaydi. Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar shamollatkichlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida ham yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon harakati natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samara bermaydi. Shu sababli bunday shovqinlar darajasi shovqin yo’liga shovqin susaytirgichlar o‘rnatish orqali kamaytiriladi.