Titranishning fizik xususiyatlari. Titrash mashina va mexanizm qismlaridagi kuchlarning nomuvofiqlik harakati natijasida kelib chiqadi. Bunga mexanizmlarning chiziqli harakatini aylanma harakatga aylantirishdagi krivoshipshatun mexanizmlarining harakati, silkituvchi harakat hosil qiluvchi shibbalash qurilmalari, shuningdek posangilashtirilmagan aylanma harakat qiluvchi qismlar, masalan qo‘lda ishlatiladigan silliqlovchi mashinalar. stanoklarning silliqlovchi va qirquvchi qismlaridan kelib chiqadigan titrashlar misol bo‘la oladi.
Titrashning kelib chiqishiga ba’zan ishqalanuvchi va birikuvchi mexanizmlar (masalan podshipniklar, tishli g‘ildiraklar va h.k.) ham sababchi bo‘ladi.
Umuman mexanizmlardagi muvozanatning buzilishi titrashning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Titrash inson organizmiga ta’siri asosan uning mexanizmda kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlar bilan uzviy bog‘liq. Bunda ta’sir ko‘rsatuvchi va titrash hosil qiluvchi kuch butun sistemasiga yoki uning ayrim bir bo‘lagiga ta’sir qilishi mumkin. Bundan ta’sir ko‘rsatish darajasi ham o‘z-o‘zidan ma’lum. Bunga misol tariqasida muvozanati buzilgan holda
yengil titrash hosil qilayotgan mexanizm va o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan harakatlanib borayotgan transport sistemasini taqqoslash mumkin.
Sinusoidal qonuniyat asosida hosil bo‘layotgan titrash birliklari sifatida, titrash amplitudasi , titrash tezligi , titrash tezlanishi Q, titrash davri va titrash chastotasi bilan tavsiflanadi. Bunda - ekanligini eslatish kerak.
Fizik xossasiga asosan titrash amplitudasi titrash tezligi va tezlanishi orasidagi ma’lum bog‘lanish borligini ularning vaqtga nisbatan funksiya sifatida, ya’ni yoki asosida olib qarasak, unda
Bu formulalar tahlilini titrash har xil amplituda va davrga ega bo‘lgan cheksiz sinusoidal silkinishlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish mumkin. Titrash davomiy takrorlanuvchi bo‘lsa, unda uning chastotasi ham o‘zgaruvchan bo‘ladi (masalan *f, bunda - sonlar qatorini bildirsa, - boshlang‘ich titrash chastotasini bildiradi).
Agar titrash ma’lum davrga ega bo‘lmasa (masalan, to‘satdan bo‘lgan turtki yoki qisqa muddatli titrash hodisasi) bunda uning sinusoidal tashkil etuvchi cheksiz katta miqdorni tashkil etishi va uni aniqlash uchun maxsus hisoblanishi talab qilinadi.
Har xil chastotadagi titrashlarning qo‘shilgan ta’sirini aniqlaganda ularning ma’lum parametrlari (masalan, tezligi) o‘rta geometrik miqdorlari yig‘indisi sifatida qarash mumkin.
bunda: - spektr tashkil etuvchilarining soni.
Bundan
kelib chiqadi.
1, 2, 4, 16, 31.5, 63, 125, 250, 500, 1000 Gs.
Titrash parametrlarining absolyut qiymatlari juda keng chegaralarda o‘lchanganligi sababli, ilmiy tekshirish ishlarida titrashning logarifmik darajasi ishlatiladi va bu daraja detsibel (dB) bilan belgilanadi.
bunda: V - ma’lum chastota oralig‘idagi titrash tezligi: xalqaro standart.
Titrashning inson organizmiga ta’siri va titrashni me’yorlash. Titrash umumiy va qisman bo‘lishi mumkin.
Umumiy titrashda inson organizmi butunlay titrash ta’sirida bo‘ladi, qisman esa inson organizmining ba’zi bir qismlarigina titrash ta’siriga tushadi. Umumiy titrashga transport vositalarini boshqaruvchilar, shtamp sistemalarini, yuk ko‘tarish kranlari va boshqa vositalarni boshqaruvchilar umumiy titrash ta’siri ostida bo‘ladi.
Qisman titrash ta’siriga qo‘lda ishlatiladigan elektr va pnevmatik qurilmalar bilan ishlayotganlar (qo‘lda silliqlash ishlarini bajaradigan vositalar, elektr drellari, betonni shibbalovchi vibratorlar va h.k.) tushadi. Ko‘pincha ishchilar har ikkala titrash ta’sirida bo‘ladi.
Umumiy titrashning 0,7 Gs dan kichik bo‘lgan chastotalari umuman titrash kasalligiga olib kelmaydi, ammo bunday chastotadagi titrashlar dengiz to‘lqinlari singari bo‘lganligi sababli, dengiz kasalligiga olib kelishi mumkin (Dengiz kasalligi – kema chay qalganda roʻy beradigan kasallik holati). Bunda odam ichki organlarining muvozanati buzilishi kuzatiladi.
Inson organizmining deyarli hamma qismlarida har xil chastotadagi titrashlar mavjud. Masalan, odam boshi, bo‘yni, yurak qismlari titrashlar sistemasi sifatida qaralishi mumkinki, bu o‘ziga yarasha og‘irlikka ega bo‘lib prujinasimon vositalar yordamida titrashlar vujudga keltiradi va bu titrashlarni so‘ndirishga harakat qiluvchi qarshiliklar gruppalari ham mavjud. Agar bu titrovchi qismlarga tashqaridan xuddi shu chastotadagi titrashlar ta’sir ko‘rsatsa, organizmda rezonans vujudga kelishi mumkin, bu titrashni bir necha o‘n marta ortishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida organizm qismlarida siljishni vujudga keltiradi.
Masalan tik turib ishlaganda bosh, yelka, bo‘yin va umurtqa qismlarining titrashi 4-6 Gs ni tashkil qiladi. O‘tirib ishlaganda boshning yelkaga nisbatan titrashi 25-30 Gs ni, ko‘pchilik ichki organlarning titrashi 6-9 Gs atrofida bo‘ladi. Xuddi shunday chastotadagi titrash ta’siriga tushish katta asoratlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, ba’zan mexanik jarohatlarga olib kelishi mumkin.
Titrash doimiy ta’siri esa titrash kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi (Titrash kasalligi- kasb kasalliklaridan biri; titrashning odamga uzoq vaqt taʼsir etishidan kelib chiqadi). Bunda titrashning markaziy nerv sistemalariga ta’siri natijasida organizmning fiziologik funksiyalari buziladi. Bu buzilishlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquning yomonlashuvi, mehnat qobiliyatining susayishi, yurak faoliyatining buzilishi bilan ifodalanishi mumkin.
Qisman titrash qon tomirlarida spazma vujudga keltiradi. Bu holat asosan tananing oxirgi qismlari bo‘lgan qo‘l panjalaridan boshlanib, butun qo‘lga o‘tadi va yurakdan kelayotgan qonning o‘tishini yomonlashtiradi va bu bilan qon ta’minoti susayadi. Shuning bilan birga titrash ta’siri tashqi nerv sistemalari ishini yomonlashtiradi, bu esa terining sezish qobiliyatini susaytiradi, pay qavatlarining qotib qolishiga olib keladi, bo‘g‘imlarda tuz yig‘iladi va bo‘g‘imlar harakatini susaytiradi. Bu holatlar ayniqsa sovuq fasllarda kuchayadi.