Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda
qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy
gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida
respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez
mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota,
metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.
Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron
ishlab chiqarila boshlandi.
Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125
tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi
ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft
kimyosi sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.
Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda
murakkab
tarkibga
ega.
Uning
tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga
uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar
ham kiradi.
Neftni kelib chiqishi to’g’risida hozirgi kunda ikki xil qarash mavjud.
Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, neft o’tmishda mavjud bo’lgan hayvonot va
o’simlik olamining geokimyoviy o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan. Neftning
organik birikmalardan hosil bo’lishi to’g’risidagi bu nazariya tarkibida azotli,
oltingugurtli birikmalar bo’lishi bilan isbotlanadi. Bu birikmalar hayvon
to’qimalarida va o’simliklarda mavjud bo’lgan oqsil va boshqa organik birikmalar
parchalanishidan hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Boshqa guruh olimlari esa neftni
noorganik birikmalar, ya’ni metall karbidlaridan paydo bo’lgan degan fikrdalar.
Neftning eng katta miqdori (butun dunyodagi neftning taxminan 65 % dan
ortig’i) Saudiya Arabistonida joylashgan.
Neftning katta konlari Tyumen, Boshqirdiston, Kavkaz va Markaziy
Osiyodadir. Neft gazlar, suv, mexanik aralashmalardan (qum, tuproq va boshqalar)
tozalangandan so’ng asosan uch qismga haydab ajratiladi: benzin (30-180
0
C gacha
qaynaydigan bo’lak), kerosin (180-300
0
C gacha qaynaydigan bo’lak) va mazut
1. Neft alkanlari, 2. Neft sikloalkanlari, 3. Neft arenlari va gibrid birikmalari,
4. Neftni qayta ishlashda hosil bo`luvchi to`yinmagan uglevodorodlar, 5. Neft
tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar: a) kislorod saqlovchi
birikmalar; b) oltingugurt saqlovchi birikmalar; d) azot saqlovchi birikmalar; e)
smolasimon - asfalten birikmalar, f) mineral komponentlar; 6. Neftni qayta
ishlashdagi termik jarayonlar. 7. Neftni qayta ishlashdagi termokatalitik jarayonlar.
8. Neft va uning mahsulotlarini oksidlash. 9. Neftni qayta ishlashdagi
gidrogenizatsiya jarayonlari. O`zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft
konlariga boy bo`lib, 5 ta regionga ajratilgan:
1. Ustyurt;
2. Buxoro - Xiva;
3. Janubi g`arbiy Hisor;
4. Surxondaryo;
5. Farg`ona.
Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim
zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib
borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan
foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik
faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak
qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari
konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi.
Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga
uchraydi.
Dostları ilə paylaş: