Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti


Neft va undan olinadigan mahsulotlar



Yüklə 237,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix02.12.2023
ölçüsü237,05 Kb.
#171150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu neft va gaz sanoati (1)

Neft va undan olinadigan mahsulotlar
O'zbekistonda Farg'ona neft konlaridan foydalanish asosan XX asrning 
dastlabki yillaridan boshlangan. Dastavval Chimyon (1904-yil), keyinchalik 
Moylisoy, Selroxa, Neftobod (1934 - yil) Andijon neft konlari ishga tushirildi. 
Farg'ona vodiysida 30 dan ortiq neft konlari bor. Buxoro, Sirdaryo va 
Qashqadaryodagi Povontosh (1944-yil), So'x, Xaudag (1944- yil), Lalmikor, 


Kakaydi (1939- yil), Uchqizil (1940), Sariton (1956), Muborak, Qoraxitoy, 
Ayzovod, Qorabair va boshqa neft konlaridan neft qazib olinmoqda. 
Neft qazib chiqarish yildan-yilga o'sib bormoqda. Respublikamiz 
mustaqillikka erishgach ikkita juda yirik neft koni: Namangandagi Mingbuloq va 
Qashqadaryodagi Ko'kdumaloq neft konlari topildi. Ularning har qaysisidan yilida 
5—6 mln tonna neft qazib olish mumkin. Ushbu konlar bazasida respublikamizda 
hozircha yakka-yu yagona bo'lgan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi (1906 yil) 
rekonstruksiya qilinadi va yiliga 5-6 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega 
bo'ladi. Buxoroda (Qorovulbozorda) ham yangi qudratli Fransiya texnologiyasi 
asosida eng zamonaviy neftni qayta ishlash zavodi qurilib, 1997 yilda ishga 
tushiriladi. Bu zavod yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega. Har 
ikkala zavod to'la quvvat bilan ishlay boshlagach respublikamizining neft 
mahsulotlariga bo'lgan talabi toia qondiriladi va chetdan benzin va boshqa neft 
mahsulotlari sotib olishga ehtiyoj qolmaydi. 
Neft tarkibi. 
Neft sarg'ish, qo'ng'ir, qoramtir rangli moysimon suyuqlik, 
zichligi 0,73 dan 0,95 g/sm
3
gacha, 20 dan +20 °C gacha haroratda qotuvchi juda 
murakkab tarkibli, turli uglevodorodlar va geteroatomli organik birikmalar 
aralashmasidan tarkib topgan moddalar. U yuqori koloriyali yoqilg'i (40 000 dan 
44 000 gacha к/ kg). Kimyoviy tarkibi: 83-87% C, 12-14% H, 0,3-3% S, 0,1-1,0% 
O, 0,001—0,4% N va juda kam miqdorda metalloorganik birikmalar shaklida 
vanadiy, nikel temir, titan, kobalt, germaniy va boshqa elementlardan iborat 
bo'ladi. 
Neft tarkibida uch tipdagi suyuq va erigan holda qattiq uglevodorodlar bor: 
parafinli uglevodorodlar (asosan to'g'ri zanjirli, S, dan S
30
gacha) neftda 
to'yinmagan uglevodorodlar bo'lmaydi, turli uzunlikdagi yon zanjirlari bo'lgan 
siklopentan va siklogeksan hamda ularning hosilalari tipidagi monosiklik naftenlar 
va di-, tri hamda polisiklik polimetilenli uglevodorodlar, (shu jumladan, yon zanjiri 
bo'lganlari ham) aromatik uglevodorodlar, benzol va ularning gomologlari, 
naftalin, antrasen va uning gomologlari, naftearomatik gibrid uglevodorodlar va 
ularning hosilalari. Neft tarkibida u yoki bu sinf moddalarning ko'pligiga qarab olti 


tipga 
bo'linadi: 
metanli 
(yoki 
parafinli), 
metanonaftenli, 
naftenli, 
metalonaftenoaromatik, neftanoaromatik va aromatik. 
Neftning yoshi aromatikdan metanli uglevodorodlarga o'tgan sayin o'sib 
boradi. Texnologik klassifikatsiyaga binoan neft 0,5 % gacha oltingugurt 
saqlovchi, oltingugurtli, 0,51 % dan 2% gacha oltingugurt saqlovchi oltingugurtli, 
2% dan ortiq oltingugurt saqlovchi — ko'p oltingugurtli, 1,5% gacha parafin 
saqlovchi kamparafinli 1,51 dan 6% gacha parafin saqlovchi-parafinli, 6% dan 
ko'proq parafin saqlovchi ko'p parafinli neftlarga bo'linadi. 
Neft : 
Neft yerning cho’kindi qatlamida joylashgan moyli, o’ziga xos hidli, 
och qo’ng’irdan qora rangacha, yonuvchi suyuqlik, muhim foydali qazilma. 
Qaynash temperaturasi 250 – 300 
o
C dagi neft fraksiyasi tarkibidagi u yoki bu sinf 
uglevodorodining ko’proq miqdorda bo’lishiga bog’liq holda neftning qudagi 
asosiy turlari farqlanadi: 

Yüklə 237,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin