Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti



Yüklə 237,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix02.12.2023
ölçüsü237,05 Kb.
#171150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu neft va gaz sanoati (1)

1.
 
Metanli neft
–ko’proq tarmoqlanmagan alkanlardan tarkib topgan. 
2.
 
Naftenli neft
– asosan siklik aromatik bo’lmagan uglevodorodlar – 
sikloalkanlar yoki naftanlardan tarkib topgan. 
3.
 
Aralash neft
alkanlar, naftenlar va aromatik uglevodorodlar 
aralashmasini o’z ichiga oladi.
Neft alkanlar ba’zi siklanlar va arenlar, shuningdek kislorodli sulfitli va azotli 
birikmalarning murakkab aralashmasidir.
Klassifikasiyasi
– ba’zan neftni fizik xossalari bo’yicha klassifikasiyalanadi, 
masalan yengil neft zichligi 0,92 g/ml gacha va ancha og’ir neft. Bu jihatdan yengil 
neft zichligi 0,65 - 0,87 g/cm
3
, o’rtacha neft zichligi 0,910 – 1,05 g/sm
3
ga 
bo’linadi.
Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam sulfatli (tarkibida 0,5% 
gacha S), sulfatli (0,5 – 2%) va yuqori sulfatli (2% dan yuqori) deb farqlanadi. Neft 
juda qadimdan (miloddan avvalgi 6000 yillikdan boshlab) ishlatilib kelinadi.
Neftni dunyo zaxirasi (MDH mamlakatlaridan tashqari) 1989 – yildagi 
ma’lumotlarga ko’ra 82 mlrd tonnani tashkil qiladi. Neftning eng ko’p zaxiralari 


Saudiya Arabistonida, Eronda, Iroqda, AQSHda, G’arbiy Sibir, Ural, Baku, 
Markaziy Osiyo va boshqa joylarda uchraydi.
Respublikamizda topilgan neft konlari soni 160 dan ortiqdir.
O’zbekistonda neft va gaz zaxirasi katta bo’lgan mintaqalarga: Ustyurt, 
Buhoro, Xiva, Janubiy – Garbiy Xisor, Surhondaryo va Farg’ona kiradi.
Neft – qora, qo’ng’ir, moysimon suyuqlik, o’ziga xos hidli.
U yonuvchan, suvdan biroz yengil amalda suvda erimaydi. Neft turli 
uglevodorodlar aralashmasi bo’lgani uchun uning aniq qaynash temperaturasi 
bo’lmaydi. Neftni yer qarida paydo bo’lishi to’g’risida bir qancha nazariyalar 
mavjud. Eng extimoli shundayki neft dengiz organizmlari va o’simliklar 
qoldiqlarining million yillar davomida dengiz tubiga cho’kishidan hosil bo’ladi. 
Anorganik moddalar chirishdan havosiz joyda yashaydigan anaerob bakteriyalar 
katalizator vazifasini bajargan. Tektonik siljishlarda dengiz tubidagi organik 
qatlam yer qatlamlariga o’tgan va u yer qoldig’ining bosimi va yerning ichki
qatlamlardagi issiqlik energiyasi ta’sir etgan. Shunday qilib cho’kindilar qatlami 
uglevodorodlar aralashmasiga aylangan va neft qatlamlari sifati tog’ jinslarda 
yig’ilgan. Ushbu organik nazariyalardan tashqari D. I. Mendeleyev tomonidan 
bildirilgan anorganik nazariya ham mavjud. Bu nazariyaga muvofiq neft yer 
qatlamida bo’ladigan metall karbidlari va sizot suvdan hosil bo’ladi.
Bulardan tashqari kosmik nazariya ham taklif etilgan. Bunga muvofiq neft 
planetamiz shakllanishida vodorod va uglevodorodlardan hosil bo’lgan deyiladi.
Neftning paydo bo’lishi haqidagi gipotezalarning birortasi ham hozirgacha 
to’la to’kis tasdiqlangan emas.
Neft xalq xo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib dunyo bo’yicha 
amaldagi neft xazinasi yer qaridan quduqlar qazib burgulash yordamida chiqarib 
olinadi.
Neftni qazib chiqarish, neft va neft mahsulotlari tarkibi va xossasi, kimyoviy 
o’zgarishi va neftni qayta ishlash jarayonlarini o’rganish kimyo texnologiyasining 
bo’limi “neft kimyosi” nomiga birlashgan. 


Neftni qayta ishlashdan oldin unda erigan anorganik tuzlar ajratiladi. Bunda 
boshqa aralashmalar 
yig’gichda 
ajraladi. Neftni suvsizlantirish elektrostatik 
usulda o’zgaruvchan tok (400 v) ta’sirida amalga oshiriladi.
Neft tarkibidagi yo’ldosh gazlar seperatorlarda vakuym ostida ajratiladi.

Yüklə 237,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin