boruvchi (xom motor yoqilg'isi ham surkov moylari olinadi), neft-kimyoviy qayta
ishlash (yoqilg'ilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun xomashyo olinadi).
Qayta ishlashning bu uchala turi ham fizik va kimyoviy usullar bilan amalga
oshiriladi.
Fizik usullar.
Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ularni tashkil etuvchi
komponentlarning fizik xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi,
adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft
tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bo’lgan fraksiyalarni ajratishda,
uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafinlashda) ajratishda hamda individual
birikmalarni ajratib olishda qo'llaniladi. Ko'pincha neft mahsulotlari atmosfera va
past bosimda to'g'ri haydashda qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: