Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti


O’ZBEKISTON KIMYO SANOATINING O’ZIGA XOSLIGI



Yüklə 237,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix02.12.2023
ölçüsü237,05 Kb.
#171150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu neft va gaz sanoati (1)

O’ZBEKISTON KIMYO SANOATINING O’ZIGA XOSLIGI 
 
O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha 
kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, 
ularning iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi.
O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda 
juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, 
ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va 
ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo 
sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi. 
O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m
3
gaz ishlab chiqarildi va bu sohada 
shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi. 
Tabiiy gazlarning asosiy tarkibini (92 – 96% gacha) metan tashkil etadi. 
Ularning tarkibida 6% gacha boshqa ugleovdorodlar (etan, propan, butan va 
oltingugurt birkmalari hamda uglerod-(IV)-oksidi) bo’ladi. Sanoatda metandan 
atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar va boshqalar olinadi. Metan 
asosida yuzlab organik birikmalarni hosil qilish mumkin. Tabiiy gazlarni qazib 
olish vaqtida gaz kondensati ham ajralib chiqadi. Gaz kondensati suyuq 
uglevodorodlarning aralashmasi bo’lib, undan juda ko’p alohida uglevodorodlarni 
ajratib olish mumkin. O’zbekistonda tabiiy gazlarning katta miqdori Gazli, 
Sho’rtan, Surxondaryo viloyati, Muborak va boshqa rayonlardan qazib olinmoqda. 
O’zbekistonda har yili 55 mlrd kubometrdan ortiq tabiiy gaz, 3,5 mln. tonnagacha 
gaz kondensati qazib olinadi. 


Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda 
qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy 
gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 
respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez 
mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, 
metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. 
Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron 
ishlab chiqarila boshlandi. 
Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 
tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi 
ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft 
kimyosi sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.

Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda 


murakkab 
tarkibga 
ega. 
Uning 
tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga 
uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar 
ham kiradi. 
Neftni kelib chiqishi to’g’risida hozirgi kunda ikki xil qarash mavjud. 
Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, neft o’tmishda mavjud bo’lgan hayvonot va 
o’simlik olamining geokimyoviy o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan. Neftning 
organik birikmalardan hosil bo’lishi to’g’risidagi bu nazariya tarkibida azotli, 
oltingugurtli birikmalar bo’lishi bilan isbotlanadi. Bu birikmalar hayvon 
to’qimalarida va o’simliklarda mavjud bo’lgan oqsil va boshqa organik birikmalar 
parchalanishidan hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Boshqa guruh olimlari esa neftni 
noorganik birikmalar, ya’ni metall karbidlaridan paydo bo’lgan degan fikrdalar. 
Neftning eng katta miqdori (butun dunyodagi neftning taxminan 65 % dan 
ortig’i) Saudiya Arabistonida joylashgan. 
Neftning katta konlari Tyumen, Boshqirdiston, Kavkaz va Markaziy 
Osiyodadir. Neft gazlar, suv, mexanik aralashmalardan (qum, tuproq va boshqalar) 
tozalangandan so’ng asosan uch qismga haydab ajratiladi: benzin (30-180
0
C gacha 
qaynaydigan bo’lak), kerosin (180-300
0
C gacha qaynaydigan bo’lak) va mazut 


(qoldiq): neftning bu asosiy bo’laklaridan yana petroley (neft) efiri (30-80
0
C), 
ligroin (110-140
0
C), gazoil (270-300
0
C) kabilar ajratib olinadi. Mazutni past 
bosimda yoki suv bug’i bilan haydab solyar moylari, surkov moylari, vazelin, 
parafin va boshqalar olinadi. 
Neft to’g’ridan-to’g’ri haydalganda juda kam miqdorda (25% gacha) benzin 
ajratib olinadi. Benzinning miqdorini oshirish maqsadida yuqori haroratda 
qaynaydigan neftning bo’laklari – kerosin, gazoil, mazut va boshqalar 
krekinglanadi, ya’ni past haroratda qaynaydigan bo’lakalarga parchalanadi. 
Kreking jarayoni birinchi marta 1871-1878 yillarda Peterburg texnologiya 
institutining xodimi A.A. Letniy tomonidan o’rganilgan bo’lib, 1891 yilda rus 
injeneri V.G. Shuxov kreking qurilmasini yaratadi. Sanoat miqyosida kreking 
jarayoni 1920 yillardan boshlab qo’llanilmoqda. Krekingning bir necha turlari 
mavjud.
Suyuq fazadagi kreking, 2,0-6,0 MPa, 430-550
0
C da olib boriladi. Bunda 
olinadigan benzinning miqdori 50% atrofida bo’ladi. Bug’ fazadagi kreking 600
0

da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% dan kam bo’lib, 40–
50% atrofida etilen uglevodorodlari hosil bo’ladi. 
Vodorod ishtirokida parchalashda neft mahsulotlari 20,0–25,0 MPa bosim, 
300-400
0
C harorat, temir, nikel, volfram katalizatorligida vodorod ishtiroki bilan 
olib boriladi. Benzinning miqdori 90% gacha yetadi. Hozirgi kunda sanoatda 
katalitik kreking keng tarqalgan bo’lib neft mahsulotlari 300-500
0
C da 
alyumosilikat, seolit, xrom oksidi va boshqa katalizatorlar ishtirokida 
krekinglanadi. Buning natijasida yuqori navli benzin olinadi. Krekingni yana bir 
necha turlari mavjud. O’zbekistonda yiliga 6 mln. tonnadan ortiq neft qazib 
olinmoqda.
O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo 
sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning 
iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi.
Neft va gaz kimyosi fanlari uchrashgan joyda mavjud bo`lib, quyidagi 
qismlarni o`z ichiga oladi: 


1. Neft alkanlari, 2. Neft sikloalkanlari, 3. Neft arenlari va gibrid birikmalari, 
4. Neftni qayta ishlashda hosil bo`luvchi to`yinmagan uglevodorodlar, 5. Neft 
tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar: a) kislorod saqlovchi 
birikmalar; b) oltingugurt saqlovchi birikmalar; d) azot saqlovchi birikmalar; e) 
smolasimon - asfalten birikmalar, f) mineral komponentlar; 6. Neftni qayta 
ishlashdagi termik jarayonlar. 7. Neftni qayta ishlashdagi termokatalitik jarayonlar. 
8. Neft va uning mahsulotlarini oksidlash. 9. Neftni qayta ishlashdagi 
gidrogenizatsiya jarayonlari. O`zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft 
konlariga boy bo`lib, 5 ta regionga ajratilgan: 
1. Ustyurt; 
2. Buxoro - Xiva;
3. Janubi g`arbiy Hisor; 
4. Surxondaryo; 
5. Farg`ona. 
Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim 
zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib 
borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan 
foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik 
faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak 
qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari 
konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. 
Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga 
uchraydi. 

Yüklə 237,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin