Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti


Neft mahsulotlarini tozalash usullari



Yüklə 237,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix02.12.2023
ölçüsü237,05 Kb.
#171150
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzu neft va gaz sanoati (1)

 
Neft mahsulotlarini tozalash usullari 
Neftdan olingan distillyatlar (yonilg‘i va moylar) tayyor mahsulot 
hisoblanmaydi, chunki ularning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, smolali - 
asfalt moddalari, oltingugurtli birikmalar, organik kislotalar va boshqa kerakmas 
moddalar bo‘ladi. Mahsulotlar sifatini faqat zararli aralashmalargina emas, balki 
ba’zi uglevodorodlar (to‘yinmagan uglevodorodlar) ham yomonlashtiradi. 
Oltingugurtli birikmalar va kislotalar detallarning korroziyalanishini oshiradi, 
smolali-asfalt moddalari issiq detallarda qurum va lok paydo bo‘lishini 
ko‘paytiradi, to‘yinmagan birikmalar esa kimyoviy barqarorlikni (saqlash 
jarayonida tarkibining o‘zgarmasligini) yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafinlar 
qotish haroratini oshiradi, polisiklik uglevodorodlar qovushqoqlik xossalarini 


yomonlashtiradi. Yonilg‘i va moylarni sulfat kislota bilan tozalash usuli sulfat 
kislotaning oltingugurtli birikmalar va boshqa kerakmas moddalar bilan reaksiyaga 
kirishishiga asoslangan bo‘lib, bu usul yonilg‘i va moylarni tozalashda iqtisodiy 
jihatdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan eng eski usuldir. Dizel distillyatlarini 
tozalashda gidrotozalash, moyli distillyatlarni tozalashda esa selektiv tozalash 
usullari texnologik jihatdan muhim ahamiyatga ega
Gidrotozalash 
— avtomobil benzinlari, dizel yonilg‘isi tarkibidagi 
oltingugurtli birikmalari vodorod yordamida tozalanadi. Bu jarayon benzin, 
kerosin va dizel fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan yuqori harorat va 
bosimda katalizator ishtirokida, vodorod ishtirokida vodorod sulfidga birikib, 
ulardan tozalanadi. Tozalash jarayoni 50 atm.bosim ostida va katalizator 
ishtirokida olib boriladi. Bu usulda asosan dizel yonilg‘ilari tozalanadi. Keng 
tarqalgan 
katalizatorlar 

alyumo-kobalt 
va 
alyumo-nikel 
molibdenli 
katalizatorlaridir. 

Yüklə 237,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin