boshlaydi. Aromatik uglevodrodlar ham past haroratda amorf holatga o‘tadi. Bular
moylarning sifatini yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodrodlar esa, o‘z
qovushqoqligini kam o‘zgartiradi. Shu sababli neft fraksiyalaridan sifatli moylar
olish uchun fraksiyalar tarkibidagi yuqori molekulali qattiq aromatik va parafin
uglevodorodlardan tozalanadi.
Moylarni tozalashda bir necha usul ketma-ket ishlatilishi mumkin. Selektiv
tozalash usulining 2 xil yo‘nalishi mavjud: 1) moy tarkibidagi har xil kerakmas
aralashmalar erituvchilar bilan reaksiyaga kirishib tozalanadi; 2) moyning asosiy
qismi ajralib chiqadi va uning sifatini yomonlashtiruvchi aralashmalar esa qoladi.
Bunday ishlanganda mahsulot ikki qavatga ajraladi. Birinchi qavatda erituvchi
bilan tozalanuvchi moy aralashmasi, ikkinchi qavatda esa moydan chiqarib
yuboriluvchi zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Olingan qatlamlar ajratilgach,
erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi. Birinchi usulda erituvchi aralashmalar,
ikkinchi usulda esa uglevodorodli moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida
suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik birikmalardan foydalaniladi. Selektiv
tozalashda olingan mahsulotlarning xossalari va miqdori ko‘p jihatdan
xomashyoning tarkibiga, erituvchining miqdoriga hamda sarfiga, haroratiga va
ishlov berishning davom etish vaqtiga bog‘liq. Qotish harorati past bo‘lgan qishki
sort motor moylarini olish uchun, mahsulot selektiv tozalangandan so‘ng
deparafinlanadi, ya’ni suyuqlik harorati – 20°C dan yuqori bo‘lgan qattiq
parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun qotish harorati past bo‘lgan atseton,
dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalar ishlatiladi. Moy erituvchi bilan
birgalikda kerakli haroratgacha sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi,
erituvchi esa moyda haydaladi. Neft moylarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash
maqsadida maxsus moddalar, shu jumladan, qo‘shilmalardan (moy xossalarini
yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan har xil moddalardan) foydalanilad
Dostları ilə paylaş: