XULOSA
Hozirgi kunga yurtimiz dunyoning istalgan mamlakati bilan ishlab
chiqarish sohasida hamkorlik qila oladi chunki mamlakatimiz sanoati uchun
muhim bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishda mahalliy imkoniyatlardan
foydalanilib ularning turi sifati va turli atoqli xususiyatlarga boy mahsulotlarni
ishlab chiqarishga keng imkoniyatlar ochib berilmoqda.
O’zbekiston neft sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik
tarmog’i hisoblanadi va energitikaning muhim asosini tashkil etadi.
Shuning uchun arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi ekologik toza oktan
sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va tajriba-sanoati miqdorida ishlab
chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Neft konlarida yo’ldosh neft gazidan samarali foydalanmasdan, ularni
mash’alalarda yoqib yuborilishini asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
•
neft olish quduqlarini katta maydon bo’ylab joylashganligi
•
Energiya quvvatini yetishmasligi yoki umuman yo’qligi
•
yo’ldosh neft gazi hajmini ozligi
•
gazni uzatish quvurlari sistemasidan uzoqligi
•
gazni uzatish quvurlari sistemasiga bosimi pastligi tufayli ulanish
imkoniyati yo’qligi
•
yo’ldosh neft gazi tarkibida oltingugurt birikmalari borligi
Keltirilgan sabablar tufayli yo’ldosh neft gazidan oqilona foydalanish
nafaqat ekologik, balki ekologik –iqtisodiy muammoga aylanadi. Shuning uchun
yo’ldosh neft gazidan foydalanish loyihalari alohida konlarga tuzilmasdan bir-
biriga yaqin joylashgan konlar uchun majmua ko’rinishida tuzilsa maqsadga
muvofiq bo’lar edi.
|