172
erituvchilardan og’ir bo’lganligi sababli darajalarga bo’lingan tutqich ostida
to’planadi.
Bog’langan suvning miqdori tsentrifugalash
metodi asosida tez va oson
aniqlanadi. Suvga obdon to’yintirilgan namuna tsentrifugaga joylashtiriladi.
TSentrifugada markazdan qochma kuchlar harakatidan bog’langan suv darajalarga
bo’lingan tutqichga siqib chiqariladi. Suvni jinsdan
siqib chiqarishga kapillyar
kuchlar qarshilik ko’rsatadi. SHuning
uchun ham tsentrifuga rotorining aylanish
chastotasining
ortib borishi jarayonida
suv eng avval yirik g’ovaklardan
chiqariladi, chunki bunday g’ovaklarda
kapillyar
kuch
yuqori
bo’lmaydi,
keyinchalik esa suv o’lchami kichik
g’ovaklardan ham chiqariladi. Ma’lum
vaqt
o’tgach,
rotorning
aylanish
chastotasining ortishi g’ovaklarda
qolgan
suvga ta’sir etmay qoladi. Ajralib chiqqan
suv
miqdorini
rotorning
aylanish
chastotasi
bilan
solishtirib,
suvga
to’yinish bilan kapillyar bosim orasidagi
bog’liqlikni topish mumkin (7.15-rasm).
Bunday sharoitda
kapillyar bosim r ning
miqdori
quyidagi
formula
orqali
aniqlanadi:
2
)
x
-
(x
ρω
р
2
1
2
2
2
,
bunda
suvning zichligi;
tsentrifuga rotorining
burchak shaklidagi
chastotasi; x
2
va x
1
aylanish markazidan
kapillyar g’ovaklargacha, ya’ni suv
chiqadigan joygacha bo’lgan masofa.
Bog’langan suvning miqdorini to’g’ri aniqlash uchun maxsus quduqlar qaziladi.
Mahsuldor qatlamni ochishda va laboratoriyada tekshirish uchun kern olishda quduq
tanasi neft asosida tayyorlangan yuvuvchi suyuqlik bilan to’ldiriladi. Bunday paytda
kernga singiyotgan neft undagi bog’langan suvning miqdorini o’zgartirmaydi.
Agar maxsus quduqlarni burg’ilashda neft asosida tayyorlangan yuvuvchi
suyuqlik ishlatilmagan bo’lsa, jinsdagi bog’langan suvning miqdori turli qo’shimcha
metodlardan foydalanib aniqlanadi.
Bunday metodlarga quyidagilar kiradi: 1) qatlamning o’tkazuvchanligi va uning
suvga to’yinganligi oralig’idagi bog’liqlikni
aniqlash; 2) kapillyar bosim va qoldiq
bog’langan suvga to’yinganlik (kapillyar bosim metodi) oralig’idagi bog’liqlikni
belgilash; 3) tsentrifugalash metodi; 4) kerndagi xloridlar miqdorini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: