Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə114/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Qatlam neftining hajmiy koeffisienti

qatlam nefti tarkibida erigan gazning
ko’pligi bilan ajralib turadi. Bunday gazning neft tarkibida bo’lishi uning
xususiyatlariga keskin ta’sir etadi: neftning hajmi ko’payadi (goho 50-60% gacha),
zichligi kamayadi, qovushqoqligi sezilarli darajada susayadi, shuningdek, turli
ajralish chegaralarida sirtqi tarangligi o’zgaradi.
Qatlam neftining
hajmiy koeffisienti
b deb qatlam nefti hajmining (V
q
) olingan
neft (V
st
) hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi:
st
k
V
V
b

.
(7.10)
Qatlam neftining hajmiy koeffisienti standart sharoitda 1 m
3
ajratib olingan neft
qatlam sharoitida qanday hajmni egallashini ko’rsatadi.
Qatlam neftining hajmiy koeffisientiga aksincha bo’lgan qiymat
qayta hisoblash 
koeffisienti

bilan ifodalanadi.



166
k


st
V
V
b
1
θ


.
(7.11)
Qayta hisoblash koeffisienti

dan neft zaxirasini hajmiy usulda hisoblashda
foydalaniladi. Qayta hisoblash koeffisienti

qatlamdagi neftning hajmini ajratilgan
neft hajmiga keltirishda xizmat qiladi. Neft yer yuzasiga chiqarilganda undan gaz
ajralib chiqadi, natijada uning hajmi kamayib ketadi, ya’ni neft kirishadi.
Neftning
kirishish koeffisienti
(

)
k
st
k
V
V
V
=
ε

ga teng.
(7.12)
Yuqorida qayd etilgan koeffisientlar b,

va

orasida quyidagi bog’liqlik
mavjud:
ε
1
=
b
1
=
θ

;
(7.13)
b
1
b
=
θ
1
=
ε


.
(7.14)
Neftning kirishish va qayta hisoblash koeffisientlarini aniqlash katta ahamiyatga
ega. Neftning kirishish koeffisienti ko’pincha 40% ga etadi, shu sababli neft
zaxiralarini hisoblashda uni inobatga olish zarur.
Qatlam neftining hajmiy koeffisienti neft namunasini tahlil qilib aniqlanadi. Bu
koeffisient taqriban quyidagicha aniqlanadi. Eng avval grafikdan neftning kirishishi
% da aniqlanadi (7.8-rasm), so’ngra (7.13) tenglik bo’yicha b va

hisoblab topiladi.
7.9-rasmda ba’zi konlar uchun hajmiy koeffisient qiymatlarining to’yinish
bosimiga bog’liqligi ko’rsatilgan. 7.10-rasmda esa neftda erigan gazning va qatlam
neftining hajmiy koeffisientlari miqdorining bosim qiymatiga bog’liq holda
o’zgarishi keltirilgan. Qatlam neftining hajmiy koeffisientini gazning fraktsion
tarkibi yoki gazning zichligi to’g’risidagi ma’lumotlar bo’yicha hisoblash yo’li bilan
aniqlash ham mumkin. Ammo qatlam neftini mukammal va aniq tavsiflash uchun
neft namunasini chiqarib olib, uni har tomonlama tadqiq qilish zarurdir.



167
Qatlam neftining xususiyatlarini


o’rtacha qiymatlarini tavsiflash uchun
namuna olishni loyihalashda shuni
nazarda tutish lozimki, qatlam bosimi
va
temperaturasi
sezilarli
o’zgarganda neft uyumining yuqori
qismidan
olingan
neftning
xususiyatlari
uyumning
pastki
uchastkasidan olinganlaridan keskin
farq qiladi. Agarda uyum alohida
bloklarga ajralib ketgan bo’lsa, bu
farq
yanada
sezilarli
bo’ladi.
SHuning
uchun
neft
namunasi
uyumning
xarakterli
hamma
uchastkalaridan olinadi.
Chuqurlikdan namuna olishdan
oldin quduqni turli rejimda ishlashini
o’rganish
va
qatlam
bosimini
o’lchash zarur. Agar quduqdagi
bosim neftning to’yinish bosimidan kam bo’lsa, qatlamdagi sharoitni to’liq ifodalab
beradigan sifatli namunani olish juda qiyin bo’ladi. Namuna quduqning sarfi eng
kam bo’lgan paytda, ya’ni quduq tubidagi bosim yuqori bo’lganda olinadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin