Suyuq, gazsimon va qattiq jismlarning tashqi kuch ta’sirida oqishga, jismning bir
qatini ikkinchisiga nisbatan siljishiga bo’lgan qarshiligi
qovushqoqlik deb yuritiladi.
Suyuqliklarga nisbatan kinematik va dinamik qarshiliklar belgilanadi. Dinamik
qarshilik yuzasi 1 sm
2
ga teng suyuqlik qatlamini 1 sm ga 1 s tezlik bilan ko’chirish
uchun ko’rsatgan qarshilik kuchi bo’lib, SI sistemasida 1N s/m
2
=1 Pa
s (puaz)da
o’lchanadi.
Kinematik qovushqoqlik suyuqlikni dinamik qovushqoqligining uning
solishtirma og’irligiga nisbati bo’lib, SI sistemasida 1 m
2
/s (stoks)da o’lchanadi. Neft
va neft mahsulotlarining qovushqoqligi ko’pincha shartli birliklarda
Engler (
0
E) va
Barbe (
0
V) gradusida, Saybolt ("S) va Redvud ("R) sekundida o’lchanadi.
Suyuq uglevodorodlarda bosim ko’tarilishi bilan qovushqoqligi ortadi va
temperatura ko’tarilishi bilan esa qovushqoqligi kamayadi.
Ko’pincha neft va neft mahsulotlari soviganda ularning tarkibidagi
komponentlar
(asfalten,
parafin,
tserezinlar)ning
kristallanishi
yoki
koagulyatsiyalanishi natijasida kolloid eritmalar hosil bo’ladi.
Neftlar qovushqoqligi keng miqyosda o’zgaruvchan bo’lib, uning qiymati bosim,
temperatura va neftda erigan gazlar miqdoriga bog’liqdir. Qovushqoqlikning
bosimga bog’liqligi juda ham kam. Chunonchi, temperaturaning ortishi bilan
neftning qovushqoqligi kamayadi, bosimning ortishi bilan esa qovushqoqlik sezilarli
darajada ko’payadi. Neftda erigan gazlarning ko’payishi uning qovushqoqligining
kamayishiga sabab bo’ladi. Neftning qatlamda harakatlanishida uning qovushqoqligi
katta rol o’ynaydi. Neft qovushqoqligini suvning qovushqoqligiga bo’lgan nisbati
quduqlarni suvlanish tezligini ifodalaydi. Bu nisbat qancha katta bo’lsa, uyumdan
neft olish shuncha qiyin kechadi.