Geologiyasi


Tog’ jinslarining granulometrik tahlili



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə12/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Tog’ jinslarining granulometrik tahlili
.
Shlamning granulometrik tarkibi uni
elakdan o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi va u «elakli tahlil» deb ataladi. Bunda har xil
diametrdagi zarralarning miqdori alohida-alohida tarozida tortiladi va shlamning
umumiy og’irligiga nisbatan foizda hisoblanadi. Bu metod yordamida o’lchami 0,1
mm va undan yirik qum (psammit) fraksiyalar ajratiladi. O’lchami 0,1 mm dan
kichik fraksiyalar yanada kichik o’lchamli fraksiyalarga ajratilmaydi, chunki diametri
0,1 mm dan kichik teshikli elaklardan bu metodda foydalanilmaydi. Ba’zan alevrolit
(0,1-0,01 mm) va pelit (0,01 mm dan kichik) fraksiyalari ham ajratiladi, bunda



16
gidravlik, chayqatish va b. metodlardan foydalaniladi. Qum fraksiya zarralari katta-


kichikligiga qarab quyidagilarga bo’linadi (G.N. Kaminskiy bo’yicha):
1) dag’al zarrali qum, zarralar diametri 2

1 mm;
2) yirik zarrali qum, diametri 1

0,5 mm;
3) o’rta zarrali qum, diametri 0,5

0,25 mm;
4) mayda zarrali qum, diametri 0,25

0,1 mm.
Ajratilgan fraksiyalar zarralarining silliqlanganligi binokulyar yordamida
o’rganiladi, silliqlangan, yarim silliqlangan va silliqlanmagan qirrali shakldagi jins
zarralari ajratiladi. Jinslarning granulometrik tarkibini o’rganish orqali bir xil
geologik sharoitda hosil bo’lgan va stratigrafiyasiga ko’ra bir xil nomlanadigan
yotqiziqlar bir xil yiriklikdagi zarralardan tuzilganligini bilish mumkin. Lekin
amaliyotda turli stratigrafik gorizontlardagi qatlamlarning granulometrik tarkibi
deyarli bir xil bo’ladi, shu sababli qayd qilingan metod bilan qatlanishi bo’yicha
jinslarni tavsiflab bo’lmaydi. Ushbu metodni kesimning nisbatan yirikroq, kattaroq
intervallarini: ayrim pachkalar, svitalar, ba’zan belgili gorizontlarni tavsiflashda
qo’llash
mumkin.
Jinslarning
granulometrik
tarkibini
o’rganish
bilan
cho’kindilarning hosil bo’lish sharoitini, yotqizilayotgan material manbaini va sh.k.
aniqlash mumkin.
Granulometrik tahlil natijalarini grafikda ifodalash qulay hisoblanadi: ordinata
o’qi bo’ylab quduq chuqurligi, abstsissa o’qi bo’ylab fraksiyalar miqdori foizda
beriladi; ayrim fraksiyalarni turli shartli belgilarda ham ko’rsatish mumkin.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin