Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə11/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Shlam uchun yorliq 

Rayon ______________ Quduq № ______________


Shlam namunasi ____________________________
Shlam olinadigan chuqurlik, m _____________________
Shlam olingan haqiqiy chuqurlik, m _______________
Fraksiya, mm ______________________________
Namuna tavsifi ____________________________
Shlam oluvchining F.I.O. _______________________
Shlam namunalari laboratoriyada o’rganilgandan so’ng kern materiali bilan birga
omborda saqlanadi. Olingan namunalarda gil, qum, qumtosh va boshqa
aralashmalarning necha foiz borligi aniqlanadi. Bu ish namunani tarozida tortib
ko’rish yoki binokulyar (ikki ko’zli lupa) yordamida amalga oshiriladi. Jinsning u
yoki bu ko’rinishdagi zarralari va parchalarining ko’p yoki ozligiga qarab uning
litologik xususiyati belgilanadi. Shlamning tashqi belgilariga qarab litologik tarkibini
aniqlashdan tashqari, u mikroskopik tekshiruvlardan ham o’tadi.
Burg’ilash eritmasini tozalash sistemasining takomillashmaganligi bois
burg’ilangan jinslarning bir qismi nasoslar yordamida yana qayta quduqqa haydaladi.
Shu sababli quduqdan chiqayotgan burg’ilash eritmasida avval qazib o’tilgan
intervallardagi jinslar ham ozmi-ko’pmi uchraydi. Gil eritmasining ifloslanish
darajasini aniqlash uchun quduq har 30 m ga chuqurlashganda eritmani qabul
qiluvchi maxsus idishdan namuna olinadi.
Shlamni o’rganish orqali kesim bo’yicha jinslarning umumiy litologik tarkibini
va uni chuqurlik bo’ylab o’zgarishini bilish mumkin, ba’zan belgili gorizontni
ifodalovchi jins parchalari ham uchraydi. Bu metod bilan kesimni jins qatlari
bo’yicha mufassal tavsiflab bo’lmaydi. O’lchami 0,3 mm dan yirik jins bo’laklari
burg’ilash eritmasi oqimida cho’kadi, oqibatda bunday zarralarning qanday
chuqurlikda burg’ilanganligini aniqlab bo’lmaydi. SHlam namunasini olishda quduq
tubi chuqurligi yozib qo’yiladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin