Geologiyasi


 Jinslarning mikromineralogik, mikrofauna va sporagulchangli tahlili



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə13/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.3.3. Jinslarning mikromineralogik, mikrofauna va sporagulchangli tahlili 
Bunday
tahlilni
amalga
oshirishda
jinslarning
granulometrik
tarkibi
fraksiyalaridan foydalaniladi. Kesimni tavsiflashda og’ir minerallar guruhi ahamiyat
kasb etadi. Fraksiyadagi og’ir minerallarni ajratishda zichligi 2,90 g/sm
3
bo’lgan
bromoform, zichligi 3,17 bo’lgan Tule suyuqligi, zichligi 3,33 g/sm
3
bo’lgan yodli
metilen va boshqa og’ir suyuqliklardan foydalaniladi.
Bromoform bilan ishlov berishda uning yuzasiga qalqib chiqqan engil fraksiya
ham o’rganiladi, birinchi navbatda kvarts va glaukonit miqdori aniqlanadi. Og’ir
fraksiyada ilmenit, magnetit, gematit, piroksenlar, amfibollar, tsirkon, granat, pirit va
boshqalar uchraydi. Nodir minerallardan topaz, andaluzit, disten, monatsit va boshqa
minerallarni ham o’rganish zarur.
Aniqlangan minerallar mikroskop yordamida mufassal o’rganiladi. Olingan
natijalardan kesimning ayrim intervallarini tavsiflashda foydalaniladi. Kon sharoitida
tahlil natijalaridan kesimning yirik intervallarini ― ayrim pachka, svita va shu
kabilarni tavsiflashda foydalanish mumkin; kesimning kichik qatlari va qatchalarini
bu tahlil natijalaridan foydalanib tavsiflashning imkoni yo’q. Rossiyaning Grozniy
rayonidagi konda mikromineralogik tahlil dalillaridan foydalanib, surilmaosti
qatlarini taqqoslashga bo’lgan harakat ham samara bermagan.
Granulometrik tahlildan va avval qayd qilingan metoddan foydalanib, konning
standart kesimini tuzishda ayrim murakkabliklar yuzaga keladi. SHu sababli kon
maydonida bir me’yorda joylashgan quduqlardan uzluksiz kern olish va ularni
o’rganish natijasida olingan daliliy ma’lumotlardan ham foydalanish zarur bo’ladi.



17
Foydalanish quduqlarini burg’ilashda esa uzluksiz kern olishning imkoni bo’lmaydi


va u maqsadga muvofiq ham emas. Shlamdan foydalanish ham qiyinchiliklar
tug’diradi, masalan, o’lchami 0,1 mm dan kichik fraksiyalar quduqdagi gil eritmada
muallaq holatda, uzluksiz harakatda bo’ladi, yirikroq zarralar esa quduq tubidan
uning og’zigacha bo’lgan intervalda burg’ilash eritmasi tezligidan sekin
harakatlanganligi sababli yer yuzasiga kechikib chiqadi, demak, bunday zarralarni
kesimning aniq bir oralig’i chuqurligi bilan bog’lab bo’lmaydi. Mikromineralogik
tahlil natijalaridan cho’kindilarning hosil bo’lish sharoitlarini, yotqizilayotgan
ashyolar manbaini va shu kabilarni o’rganishda foydalanish mumkin.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin