28
zondlar yordamida chizilgan egri chiziqlarda zohiriy qarshilik qiymati yuqori bo’lsa,
gradient va potentsial mikrozondlarida chizilgan egri chiziqlarda musbat orttirmalar
uchramaydi.
Gamma-karotaj diagrammalarida mergellar ohaktosh va gil jinslar oralig’idagi
holatda bo’ladi. Mergellarning tabiiy radioaktivligining o’rtacha
qiymati toza
ohaktosh va qumtoshlarnikiga nisbatan yuqori, lekin gil jinslar,
gilli alevrolit va
argillitlarnikidan past bo’ladi.
Neytron gamma-karotaj diagrammalarida mergellar boshqa gil jinslardek
ajratiladi, masalan, gilli alevrolitlar va gilli qumtoshlarning ko’rsatkichlari gil
jinslarnikiga nisbatan yuqori bo’lsa, zich ohaktosh va kuchli sementlangan
qumtoshlarnikidan past bo’ladi.
Ayrim taqribiyliklarga ko’ra mergellarni karbonat sement bilan qotgan gil jinslar
sifatida ham qarash mumkin. Zarralarni o’zaro biriktirib
turgan sement jinsni suv
ta’sirida ko’pchish va ivishdan saqlaydi, shu sababli mergel kavernogrammalarida
quduq diametri doloto diametriga monand keladi. Faqat tarkibida gil
fraksiyasi juda
ko’p bo’lgan mergellarda quduq diametrini biroz kattalashgani seziladi. Ba’zan gil
jinslari orasida uchraydigan qattiq, lekin mo’rt mergel qatlarida quduq diametrida
kattalashish kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: