Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə23/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Bo’r jinsi
.
Ohaktoshlarning bir turi bo’lib, uning tarkibida ohakli suv o’tlari
qoldiqlari (30-40 foiz) va organizmlar skeletining ohakli qoldiqlari (60-70 foiz)
uchraydi. Bo’r 5% li xlorid kislotada kuchli «qaynab», undan karbonat gazi ajralib
chiqadi. Rangi ko’proq oq, sarg’ish yoki yashil, qo’lga yuqadi. Bo’r fizik va
kollektorlik xususiyatlariga ko’ra kuchsiz sementlangan jinslarga ― qum, bo’sh
qumtosh va alevrolitlarga yaqin. YUqori g’ovakliligi hamda juda sho’r suvlarga
to’yinganligi sababli solishtirma qarshiligi past bo’ladi, nisbiy qarshiligi qiymati 15-
20 Om

m dan oshmaydi. Agar bo’r tarkibida gil aralashmalari uchramasa xuddi
yuqori g’ovakli qumtosh kabi uning solishtirma qarshiligi PS egri chizig’ida
minimum tomon og’adi.
Mikrozond diagrammalarida bo’r yotqiziqlari zohiriy qarshiliklarning minimum
qiymati bo’yicha musbat orttirmalar hisobiga ajratiladi. Gamma-karotaj
diagrammalarida bo’r jinslariga eng past ko’rsatkichlar mos keladi; gilli bo’rlarda esa
GK ko’rsatkichlari ortadi.
Neytron gamma-karotaj diagrammalarida suyuqlik bilan to’yingan bo’r jinslari
boshqa yuqori g’ovakli jinslar kabi past qiymatlar bilan tavsiflanadi.
Kavernogrammalarda esa bo’r jinslaridagi quduqlar diametrining kichrayishi
kuzatiladi, kichrayish quduq devorlariga eritma zardobini singishidan hosil bo’lgan
gilli qobiq hisobiga yuzaga keladi.
Gidrokimyoviy cho’kindilar

Ular eritmalardagi kimyoviy moddalarning
cho’kishidan hosil bo’ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib
borayotgan suv havzalarida, sho’r suvli buloqlarda kuzatiladi. Gidrokimyoviy tog’
jinslariga toshtuz, gips va angidritlar kiradi. Ularning suvda erishidan g’ovaklar,
bo’shliqlar va darzlar hosil bo’ladi.
Gips va angidrit
bug’lanish kuchli bo’lgan va
suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz qo’ltiqlarida tuzlarning cho’kishidan hosil
bo’ladi. Ular toshtuz bilan birga yoki alohida qatlamlar holida, ba’zan gil va
qumtoshlar orasida uchraydi. Toshtuz jinslari sho’r ko’llar va dengiz qo’ltiqlaridagi
yotqiziqlar orasida hosil bo’lib, uning rangi tarkib topish sharoitiga va tarkibidagi
turli aralashmalarga qarab oq, sariq, qizil, havorang bo’ladi. Suvda oson eriydi.
Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.
Angidrit, gips va toshtuz cho’kindi jinslar ichida eng yuqori qarshilikka ega.
Gidrokimyoviy cho’kindilarning elektr o’tkazuvchanligi tuz eritmalari yoki gilli
ashyo aralashmalari bilan to’lgan darzliklar hisobiga sodir bo’ladi.
Gidrokimyoviy jinslarning toza xillari juda yuqori qarshilik ko’rsatadi, zohiriy
qarshiliklar qiymati asosan quduqni to’ldirib turuvchi eritma va uning diametriga
bog’liq holda o’zgaradi. Shunga ko’ra, toshtuz va kaliy tuzlari quduqlarda suv
ta’sirida eriydi, natijada quduq diametri kattalashadi, zohiriy qarshilik qiymati esa
kamayadi.
Tabiiy potentsiallar karotaji bo’yicha olingan qiymatlar bunday jinslarda
barqaror bo’lolmaydi. PS bo’yicha gidrokimyoviy jinslar tavsifining beqarorligi
ularning qarshilik qiymatini nihoyatda yuqoriligidandir. Gidrokimyoviy jinslar



31
qatlamlari elektr zanjiriga ulangan izolyator vazifasini o’taydi. Gidrokimyoviy


yotqiziqlar qarshisida qayd qilingan PS egri chizig’i ko’rsatkichlarining o’zgarishi
elektrod potentsiallarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, jinslarning litologik tarkibi
to’g’risida ma’lumot beraolmaydi. SHunga ko’ra gidrokimyoviy jinslar qarshisida
chizilgan PS diagrammasi ko’pincha noaniq to’lqinsimon egri chiziqlardan iborat
bo’ladi.
Mikrozond diagrammalarida gidrokimyoviy yotqiziqlar yuqori zohiriy
qarshiliklar namoyon etadi. Suvda erimaydigan angidrit, gips jinslari ichidagi toshtuz
qatlami mikrozond diagrammasida past zohiriy qarshilikka ega bo’lgan interval
sifatida ajratiladi. Qarshilikning kamligi tuzning suvda eruvchanligi va quduq
diametrining kattalashishi bilan bog’liq.
Cho’kindi jinslar orasida gips, angidrit va toshtuz (galit) juda past
radioaktivlikka ega. SHu sababli gamma-karotaj diagrammalarida gidrokimyoviy
yotqiziqlar eng past ko’rsatkichlar namoyon etadi. Gamma-karotaj diagrammalarida
kaliy tuzlari (silvin) yuqori radioaktivlik bilan tavsiflanadi, buning asosiy sabablariga
uning tarkibida kaliyning radioaktiv izotopining borligidir.
Neytron gamma-karotaj diagrammalarida gidrokimyoviy cho’kindilar qayd
qilingan gamma- nurlanish jadalligi qiymati bilan ajralib turadi. NGK
diagrammalarida anomal yuqori ko’rsatkichlar toshtuzi qatlamlari qalinligiga to’g’ri
keladi. Xlor atomlari neytron yadrosi bilan qamrab olinganda gamma-nurlanish
shiddatli va katta energiya ta’sirida sodir bo’ladi. Quduq diametri namlikda
tuzlarning erishi hisobiga kattalashganda (40 sm dan ko’p bo’lganda) NGK
ko’rsatkichlari toshtuz qatlamlari qarshisida kichik qiymatga ega bo’ladi. Agar
quduqqa mustahkamlash quvurlari tushirilgan, quvur orti bo’shlig’i sement bilan
to’ldirilgan bo’lsa, u holda bunday quduqlarda bajarilgan NGK diagrammalarida
toshtuz qatlami past ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Bunday hollarda quduq
diametrining kattaligi hisobiga toshtuzning NGK ko’rsatkichlariga ta’siri juda oz
bo’ladi, shu sababli NGK ko’rsatkichlari yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan sement
halqaning neytronli xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Karbonat jinslar qarshisida chizilgan egri chiziqlarda angidrit qatlamlari yuqori
ko’rsatkichga ega bo’ladi. Gil aralashmalar va darzliklar angidritning NGK
ko’rsatkichlarini pasaytiradi.
Gips tarkibida kristallashgan suv bo’lganligi tufayli NGK diagrammalaridagi
ko’rsatkichi minimal qiymatga ega; gamma-nurlanish jadalligi karbonat, qumli va
yuvilmagan gil jinslarnikidan doimo kam bo’ladi. Shu sababli, zich tuzilgan va
gipslashgan jinslar ― ohaktoshlar, dolomitlar, angidritlar va b. NGK
diagrammalarida ko’rsatkichlar doimo past bo’ladi. Bunday holat ularni kollektor
sifatida ajratishda chalkashliklarga olib keladi.
Kaliy tuzlari NGK diagrammalarida mineralogik tarkibiga ko’ra turlicha
ifodalanadi. Masalan, tarkibida ko’p miqdorda kristallizatsion bog’liq suv bo’lgan
karnallitlar ko’rsatkichi minimumga yaqin bo’lsa, xuddi shunday xususiyatlarga ega
bo’lgan silvinitlar ko’rsatkichi toshtuzniki kabi maksimumga yaqin.



32
Xemogen jinslar suvda yaxshi eriydi (toshtuz va kaliy tuzlari bundan mustasno).


Quduq diametri doloto diametriga mos kelganda kavernogrammalarda ularning
ko’rsatkichi yuqori, quduq diametri tuzlarning suvda erishi hisobiga dolotonikidan
katta bo’lganda ko’rsatkich past bo’ladi. Toshtuz va kaliy tuzlarini
kavernogrammalarda quduq diametri qiymatining deyarli o’zgarmasligini hisobga
olgan holda aniq ajratish mumkin.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin