Geologiyasi


-rasm. Gaz karotaji va lyuminestsent tahlilning



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə26/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.2-rasm. Gaz karotaji va lyuminestsent tahlilning 
sxematik egri shiziqlari
(M.A.Jdanov, 1981) Gaz karotaji,
uglevodorod gazlari miqdori: I – umumiy; II – og’ir; III –
lyuminestsent tahlil natijalari.
Qum: 1 – neftli; 2 – gazli
Gaz karotaji diagrammasini talqin qilishda
yuqorida qayd qilingan omillardan tashqari texnik
sabablar va tadqiqotlar metodikasini hamda kon-
geologiyasi omillarini ham hisobga olish zarur. Bunday
omillarga: gaz omili miqdori, neftning fizik xususiyatlari, qatlam bosimi, suvli



37
qatlamlarda erigan uglevodorodlarning mavjudligi, kollektorlarning neft-gazga


to’yinganligi va b. kiradi.
Agar qatlamlarda gaz omili juda yuqori (50 m
3
/t va undan ko’p) bo’lsa va keng
ko’lamda o’zgarsa, u holda gaz karotaji egri chizig’ida anomaliyalar yaqqol
ifodalanadi va keskin farqlanadi. Gaz omili past qatlamlarda (30-40 m
3
/t va undan
kam) o’tkazilgan gaz karotaji egri chizig’ida og’ir neft uyumlariga xos anomaliyalar
sezilarli ifodalanmaydi va keskin o’zgarishlar kuzatilmaydi, shu sababli
diagrammalarda ularni ajratish mumkin bo’lmaydi. Demak, gaz karotaji
ko’rsatkichlariga neftning fizik xususiyatlari sezilarli ta’sir ko’rsata oladi, gazni
neftda erish darajasi ham ularga bog’liq. Ma’lumki, og’ir neft uglevodorod gazlarini
yaxshi erita olmaydi va uni kam miqdorda ajratadi; engil neft esa uglevodorod gazini
yaxshi va ko’p miqdorda eritadi, qatlam bosimi pasayganda uni tez ajrata oladi.
Suvli qatlamlarda erigan uglevodorod gazlarining bo’lishi gaz karotaji
diagrammasini buzib yuborishi mumkin. Ushbu omilning ta’siri yaxshi o’rganilgan
bo’lsada, amaliyotda egri chiziq dalillarini talqin qilishda, erigan uglevodorod gazlari
miqdorini aniqlash va hisobga olish lozim bo’ladi. Gaz karotaji diagrammasini talqin
qilishda, shuningdek, jinslarni gaz va neftga to’yinganlik miqdorini gaz karotaji
ko’rsatkichlariga ta’sirini ham hisobga olish kerak.
Gaz karotaji diagrammasi sifatiga bir qator omillar ta’sir etadi: olingan namuna
tahlili natijalarini quduq chuqurligiga moslay olmaslik; gil eritmadagi mavjud gaz
fonini diagrammadagi gaz anomaliyalarini buzib yuborishi; suyuq neftni gil eritmaga
singishi; gazda yonmaydigan nouglevodorod gazlarning bo’lishi va sh.k.
Gaz karotaji egri chizig’ini tuzishda gil eritma namunalari tahlili natijalaridan
gazsimon uglevodorodlarni qatlamdan chiqib, gil eritmaga qo’shilgan chuqurligini
aniqlash va belgilash katta ahamiyatga egadir. Quduq og’zida gil eritma va shlamdan
tahlil uchun namuna olingan vaqt quduq chuqurligiga mos kelmaydi, chunki gaz b-n
to’yingan gil eritmasi quduq tubidan uning og’zigacha ko’tarilguncha quduq tubi
ma’lum bir miqdorga chuqurlashgan bo’ladi. SHu sababli gaz karotajida quduq
chuqurligini aniqlash muhim hisoblanadi.
Namuna olingan haqiqiy chuqurlik quduqda gaz namoyonlangan (zohiriy)
chuqurlik bilan namunani quduq tubidan uning og’zigacha ko’tarilishiga ketgan vaqt
davomida qazilgan intervallar farqi orqali aniqlanadi. Quduq tubi chuqurligi
burg’ilash uskunalari uzunligini o’lchash bilan aniqlanadi, ular oralig’ida esa gaz
karotaji stantsiyasida qayd qilingan quduqni chuqurlashtirish ma’lumotlaridan
foydalanib topiladi. Gil eritmasini quduq tubidan uning og’zigacha ko’tarilishiga
ketgan vaqt quduqning haqiqiy chuqurligidan (namuna olingan vaqtdan)
avvalroqdagi chuqurligini bildiradi. Gil eritmasini quduq og’ziga kechikib etib
kelishi, ya’ni kechikish vaqti quduq chuqurligiga va eritmani aylanish tezligiga
bog’liq.
Quduq diametrini va burg’ilash nasosi sarfini o’zgarmas miqdor deb hisoblab,
eritmani kechikish vaqti (T) quyidagi tenglama orqali topiladi
T =
118,5Q
d
-
(D
H
2
2
)
,



38
bunda N ― quduq chuqurligi, m; D ― quduq burg’ilangan doloto diametri, mm;


d ― burg’ilash quvurining tashqi diametri, mm; Q-burg’ilash nasosi sarfi, l/s.
Agar quduq turli diametrli dolotalar bilan burg’ilangan bo’lsa, kechikish vaqti
har bir uchastka (doloto diametri o’zgargan interval) uchun alohida hisoblanadi va
olingan natijalar qo’shiladi. Kechikish vaqtini ushbu usulda aniqlash quduq diametri
doloto diametri bilan teng bo’lganda natija beradi. Agar, quduq diametri doloto
diametridan
farqlansa,
chuqurlikni
hisoblash
natijalariga
kavernometriya
ma’lumotlaridan foydalanib tuzatishlar kiritiladi.
Burg’ilash nasosini sarfi ham dvigatelning ish rejimi va nasos tsilindrining
to’lish koeffisientini vaqt davomida o’zgarishiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin.
SHu sababli kechikish vaqtini indikatorlar yordamida aniqlash yaxshi natija beradi.
Buning uchun burg’ilash quvurlarini ishchi quvur (kvadrat)ga burab kiritishdan oldin
uning ichiga indikator-tsellofan qirindi (uzunligi 1,5 sm li 50 dona), qipiq (1 kg) yoki
suli (1 kg) solinadi, so’ngra burg’ilash quvuri quduq tubiga tushirilib, nasosdan gil
eritma haydaladi va indikatorni gil eritma bilan yer yuzasiga chiqish vaqti qayd
qilinadi.
Quduq har 25-50 m qazilganda kechikish miqdoriga quduq tubini
chuqurlashishidan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritiladi (yangi qazilgan
intervaldan gil eritmasi namunasining yer yuzasiga ko’tarilishiga ketgan vaqt
qo’shiladi).
Kechikish vaqtini yuqorida qayd qilingan usullarda hisoblashda aniq
ma’lumotlar olib bo’lmaydi, ayniqsa yuqori gaz ko’rsatkichlariga ega bo’lgan
qatlamlarning yotish chuqurligini aniqlashda xatoga yo’l qo’yiladi. Bunday
chuqurliklar gaz karotaji diagrammasini quduq kesimining boshqa metodlar (mas.,
elektr karotaj) yordamida o’rganilgan diagrammalari bilan taqqoslash orqali
aniqlashtiriladi.
Gaz karotaji yordamida quduq kesimida neftli va gazli qatlamlarni to’g’ridan-
to’g’ri ajratish mumkin. Lekin, gaz karotaji ma’lumotlaridan fodalanishda
diagrammalarni talqin qilishning yuqorida qayd qilingan murakkabliklarini hisobga
olish zarur. Gaz karotajining ahamiyati boshqa tadqiqot metodlari bilan birgalikda
burg’ilangan quduq kesimida neft-gazli qatlamlarni katta aniqlikda ajratishda
ko’rinadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin