Geologiyasi


 Fotokarotaj va uni izohlash



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə28/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.4.4. Fotokarotaj va uni izohlash 

Quduq devorini suratga olish (fotokarotaj) jinslarning litologik tarkibini aniqlash


hamda ularning g’ovakliligini va darzliligini (ko’proq karbonat jinslarda) o’rganish
maqsadida amalga oshiriladi.
Suratga olish quduqqa tushiriladigan karotaj kabeliga o’rnatilgan FAS

1
fotoapparati bilan amalga oshiriladi. Asbobning diametri 102 mm bo’lib, 60
0
S gacha
temperaturada va 50 MPa bosimda ishlay oladi. Quduq devorini aylana bo’ylab 7 sm
diametrda har 10-25 sm da suratga oladi. Asbob quduqqa bir marotaba tushirib-
ko’tarilganda 25 m intervalni tekshira oladi. Fotosuratlardan zich, darzli va kovakli
jinslarni ajratish mumkin.
Suratlarni quduq devorining asl o’lchamiga mos kelguncha kattalashtirish
imkoni bor. Quduq toza va tiniq suyuqlik bilan to’ldirilib, olingan suratlardagi
tasvirlar ravshan bo’lib, ulardan foydalanish oson kechadi. YUvuvchi suyuqlik
sifatida suvdan foydalansa neft va gaz uchun burg’ilanayotgan quduqlarda olingan
suratlar tiniq chiqadi, bunda fotoapparatni quduqqa tushirishdan oldin u toza suv
bilan 0,5-1,0 soat davomida yuviladi.



40
Neft, ko’mir va ruda konlarida hamda gidrogeologik maqsadlar uchun


qazilayotgan quduqlar devorini suratga olish natijasida kollektorlar, suv qatlamlari va
g’ovaklar bo’shlig’i strukturasini aniqlash mumkin bo’ladi.
Fotosuratlarda darzliklar aniq chegaralarga ega bo’lgan yo’l-yo’l chiziq sifatida
ko’rinadi. Chiziqlarning egri-bugriligi stilolitli (qatning oddiy ko’z bilan
ko’rinadigan ustunsimon yoki do’ng joyidagi) choklarga xos; kovaklar, ayniqsa
yiriklari xira dog’ ko’rinishini oladi. Suratlardan eni 40 mkm dan katta bo’lgan
darzliklarnigina ilg’ash mumkin.
Oqish rangli material (masalan, kaltsit) bilan to’lgan darzliklar stilolit choklari
va ochiq darzliklarga ko’ra yaxshi farqlanadi.
Fotosuratlarda darzliklar yo’nalishi, rivojlanishi va ochiqligi yaxshi ko’rinadi.
SHuningdek, ularda diametri 1-3 mm gacha bo’lgan hamda ishqorli zonalarda
diametri bir necha sm dan 10 sm gacha va undan yirik ochiq makrobo’shliqlar yaxshi
ifodalanadi. Bunday darzlik va bo’shliqlarni kern materiali asosida aniqlash va
o’rganishning imkoni yo’q. SHu bilan birga quduq kesimida bunday darzlik va
bo’shliqlarning bo’lishi burg’ilash chog’ida gil eritmasining jadal yutilishiga olib
keladi.
Darzlik va bo’shliqlardan tashqari fotosuratlarda jinsning donadorligi, qat-
qatligi, yertomirchalar, izlar va mayda strukturalarning borligi yaxshi ko’rinadi.
Fotosuratlarni izohlashda (masalan, kern namunasi yuzasini) mikroskopdan
foydalaniladi, olingan ma’lumotlardan jinslarning kollektorlik xususiyatlarini
(g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi va sh.k.) va darz ketganligini aniqlashda
foydalaniladi. Mikroskopning o’lchov shkalasi yordamida dastlab darzlikning butun
uzunligi bo’yicha ochiqliligi aniqlanadi, so’ngra darzlikning ochiqliligining o’rtacha
qiymati va darzlarning zichlik koeffisienti hisoblab topiladi. Fotokarotaj natijalarini
o’rganish asosida darzlikning zichligini o’rtacha arifmetik qiymati aniqlanadi va
undan foydalanib, ma’lum bir interval uchun jinslarning darzlilik koeffisienti
hisoblanadi.
Fotokarotajdan, shuningdek, quduq holatini nazorat qilishda, ya’ni
mustahkamlash quvurlari birikmasining zararlangan joylarini aniqlashda, quvurni
perforatsiya natijalarini ko’zdan kechirishda va gidravlik yorishni nazorat qilishda
foydalaniladi.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin