36
uyumlari mavjud bo’lganda gil eritmalari namunasida uglevodorod gazlari miqdori
oshadi va undagi gazlar lyuminestsentsiyalanadi. Neftga to’yinish past yoki tarkibida
og’ir neft bo’lgan intervallardan olingan gil eritmalar namunalarida uglevodorod
gazlar miqdori kam bo’lsa, ular lyuminestsentlanadi (nur sochadi).
Gaz karotaji va lyuminestsent tahlil natijalari asosan burg’ilash tezligiga
va gil
eritmaning quduqda aylanish tezligiga bog’liq holda o’zgaradi. Burg’ilash tezligi
qanchalik katta bo’lsa va gil eritmaning aylanish tezligi sust bo’lsa, neft va gazli
qatlamlar ochilganda eritmaga shuncha ko’p yonuvchi gazlar va neft o’tadi, ular gaz
karotaji egri chizig’ida yaqqol ajralib turadi va lyuminestsent tahlil dalillari bilan
tavsiflanadi.
Gil eritmaning qovushqoqligi gaz karotaji sifatiga ta’sir etadi. Eritmaning
qovushqoqligi ortganda undan ajraladigan gaz va neft
miqdori keskin kamayada va
o’z navbatida gaz karotaji egri chizig’i ko’rsatkichlari va nurlanish sur’ati pasayadi.
Eritma qovushqoqligi juda yuqori bo’lganda gaz karotaji ma’lumotlariga ko’ra
mahsuldor qatlamlarni ajratish mumkin emas.
Gil eritmaga neft qo’shilsa yoki unga moy aralashsa lyuminestsent tahlil
natijalari, agar eritmadan gaz ko’p miqdorda ajralib chiqqan bo’lsa, gaz karotaji
natijalari buzilishi, noto’g’ri chiqishi mumkin. Gil eritmasi namunasidan olingan
namunadan gaz karotaji yordamida aniqlangan gaz va
neft miqdori bilan ularning
qatlamdagi miqdori orasida biron-bir bog’liqlik aniqlanmagan. Hozirgi vaqtda gaz
karotajini o’tkazishda gaz karotaji stantsiyasidan foydalaniladi.
Gaz karotaji stantsiyasi avtomobilga o’rnatilgan va eng yangi asbob-uskunalar
bilan jihozlangan dala laboratoriyasini eslatadi. Geolog stantsiyasidan chiqmay turib
quyidagilarni aniqlash mumkin: kern, shlam va gil eritmadagi gazsimon va suyuq
uglevodorodlar miqdori; quduq kesimidagi kollektorlarni ajratish imkonini beruvchi
jinslarni burg’ilash tezligi; jinslarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi; quduq
tubidan ko’tarilayotgan eritmaning uning og’zigacha etib kelgan vaqti va sh.k.
Gaz karotaji diagrammasini to’g’ri talqin qilish
maqsadida lyuminestsent
tahlildan tashqari, ular elektr karotaj ma’lumotlari, ayrim hollarda mexanik karotaj va
boshqa tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslanadi. 4.2-rasmda gaz karotaji va
lyuminestsent tahlilning sxematik egri chiziqlari berilgan.
Dostları ilə paylaş: