Geologiyasi


Ohaktoshlar va dolomitlar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə22/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Ohaktoshlar va dolomitlar.
Ohaktoshlar asosan kaltsiy karbonatdan tarkib
topgan zich, serg’ovak, nozik kristall jinslar bo’lib,tarkibidagi aralashmalarga ko’ra
kulrang, qora, qo’ng’ir yoki qizg’ish tusli xillari uchraydi. Ular organik, kimyoviy va
aralash yo’l bilan hosil bo’ladi. Ohaktosh dengiz, ko’l va boshqa suvlarda erigan
holdagi ohakning ma’lum sharoitlarda suv tubiga cho’kishi natijasida ham paydo
bo’ladi. Dolomit asosan dolomit mineralidan tarkib topadi (95 foizdan ko’p). Qum,
gil, temir bitumi aralashmalari 3-5 foizgacha bo’ladi. Dolomit tashqi ko’rinishidan
ohaktoshga o’xshash bo’lsada, unda organizmlarning qoldiqlari uchramaydi.
Tuzilishi jihatidan ohaktoshlardan qattiq bo’lib, zich qatlamlar hosil qiladi.
Dolomitlar ba’zi ko’llar tubida(masalan, Balxashda) hozir ham paydo bo’lmoqda.
Ohaktosh va dolomitlarning geofizik tavsifi bir-biriga juda yaqin, shu sababli
karotaj egri chiziqlarida bunday jinslar bir guruhga―karbonat jinslarga
birlashtiriladi. Odatda, sho’r suvlar bilan to’yingan gilli va yuqori g’ovaklikka ega
bo’lgan karbonat jinslar farqlanib, ularning qarshiligi past bo’ladi.
Karbonat jinslarning qarshiligi terrigen jinslarnikidan yuqori bo’lib, karotaj
diagrammalarida terrigen jinslar orasida uchraydigan ohaktosh va dolomit qatlarining
ko’rsatkichlari ancha yuqori qiymatga ega. Kristallangan va kremniylashgan
ohaktoshlar qarshiligi juda yuqori. Qarshilik miqdori bo’sh, yuqori g’ovakli, darzli,
dolomitlashgan ohaktoshlarda hamda yuqori minerallashgan suvlarga to’yingan
chig’anoqtosh va bo’r yotqiziqlarida pasayadi. Tarkibida gil aralashmalari bo’lgan
zich karbonat jinslarning solishtirma qarshiligi ham past bo’ladi.
PS karotaji egri chizig’idagi anomaliyalar amplitudasi miqdori va ularning
ishoralari (musbat yoki manfiy) karbonat jinslarning gilliligiga bog’liq holda
o’zgaradi. Gillilik oshgan sari PS egri chizig’i amplitudasining og’ishi kamayadi.



29
Tarkibida gil fraksiyalar ko’p bo’lgan karbonat jinslar PS egri chizig’ida gil jinslar


kabi ajratiladi va musbat anomaliyaga ega bo’ladi.
Karbonat jinslar qarshisida chiziladigan PS egri chizig’i qiyofasi yuqori
qarshilikka ega bo’lgan qatlar ta’sirida murakkablashishi mumkin. Qum-gilli
yotqiziqlar
ichida
qavatlanadigan
ohaktosh
va
dolomitlar
mikrozond
diagrammalarida yuqori zohiriy qarshilikka ega bo’ladilar.
Mikrozond diagrammalarida g’ovakli, yaxshi o’tkazuvchan ohaktosh va
dolomitlar esa zich tuzilgan, suyuqlikni o’tkazmaydigan karbonat jinslarga nisbatan
past zohiriy qarshilikka ega bo’ladi, egri chiziqlarda musbat ortirmalar qayd qilinadi.
KS mikrozondi diagrammasida o’zidan suv o’tkazmaydigan hamda kovak va
darzli ohaktosh va dolomitlar qarshisida chizilgan egri chiziqlar ilonizi, egri-bugri
ko’rinish oladi, yuqori qarshiliklar past qarshiliklar bilan almashlanib keladi.
Gamma-karotaj diagrammalarida tabiiy gamma-nurlanishning past qiymatlari gil
aralashmalaridan xoli bo’lgan ohaktosh va dolomitlarga to’g’ri keladi. Lekin, yuqori
devon-quyi karbon davrlariga mansub gilli ohaktosh qatlamlarida (Ustyurt va
Buxoro-Xiva neft-gazli regionlari) yuqori radioaktivlikka ega bo’lgan qatlar
uchraydi. A.V.Kirshin va b. (1998) ma’lumotiga ko’ra № 6 Qorachelak qudug’ida
qalinligi 100 m dan ortiq bunday qatlamlar 4400-4500 va 3060-3120 m chuqurlikda
ajratilgan. Ularda gil fraksiyalari miqdori 30% va undan yuqori, radioaktivlik 20-12
mkr/soat, yuqori qovushqoqli neft yoki bitum mavjud. Xuddi shunday vaziyat №1
O’rtatepa qudug’ida ham kuzatiladi; yuqori gammali pachka 4240-4350 m
chuqurlikda ochilgan.
Radioaktiv elementlar aralashgan karbonat jinslarning qarshilik ko’rsatkichlari
gil va gilli slanetslarnikiga nisbatan bir necha marotaba yuqori bo’ladi. Bunday
intervallar gil jinslari intervallaridan PS diagrammalarida yaqqol ajralib turadi.
Neytron gamma-karotaj diagrammalarida odatda ohaktosh va dolomit qatlamlari
yuqori ko’rsatkichlari bilan ajralib turadi. YUqori g’ovakli, kovakli neft va suvga
to’yingan qatlamlarning gamma-nurlanish ko’rsatkichi suyuqlikni kam o’tkazuvchi,
zich karbonat jinslarnikiga nisbatan past bo’ladi. Bunday ko’rsatkichlar yordamida
karbonat jinslardan iborat quduq kesimida kollektorlar ajratiladi. Odatda karbonat
qatlamlar qarshisida chizilgan egri chiziqda NGK ko’rsatkichlari terrigen
jinslarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi, shu sababli qum-gilli jinslar ichidagi ohaktosh
va dolomit qatlamlari diagrammalarda o’tkir uchli egri chiziqlar orqali ajratiladi.
Gilli ohaktoshlar va dolomitlar NGK diagrammalarida past ko’rsatkichlari bilan
ajralib turadi, ularni g’ovakli shunday jinslardan ajratish uchun gamma-karotaj yoki
tabiiy potentsiallar PS diagrammalari ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Ohaktosh va dolomit qatlamlari kavernogrammalarida quduq diametri deyarli
o’zgarmaydi. Kuchli gillangan ohaktoshlarda quduq diametrining o’zgarishi ―
kattalashishi kamdan-kam kuzatiladi. Quduq diametri asosan kovak-darzli
ohaktoshlarda biroz kattalashishi mumkin. Neft konlarida burg’ilangan quduqlardagi
karbonat kollektorlar mufassal o’rganilganda diametrning quduq tanasiga gilli
eritmaning shimilishidan hosil bo’lgan gilli qobiq hisobiga kichrayishi aniqlangan.



30
Kavernogrammada quduq diametri kichrayishini belgilash orqali kesimdagi karbonat


jinslar ichidan o’tkazuvchan qatlarni ajratish mumkin bo’ladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin