Geologiyasi


 ASOSIY BOSHLANG’ICH MA’LUMOTLAR HAJMI VA



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə160/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

9.3. ASOSIY BOSHLANG’ICH MA’LUMOTLAR HAJMI VA
TAVSIFI 
Razvedka qilinayotgan ko’pgina maydonlarda aksariyat hollarda, goho
keragidan ortiqcha quduqlar burg’ilanadi. Ammo konning kesimini va uning
mahsuldor gorizontlarini o’rganishda bularning ahamiyati juda ham past bo’lib,
olingan ma’lumotlar uyumlar zaxiralarini ishonchli darajada hisoblab chiqishga
imkon bermaydi.
Neft va gaz konlarini razvedka qilishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar Zaxiralar
Davlat komissiyasi tomonidan bir necha bor qayd etilgan, ular quyidagilardan iborat:
1) mahsuldor gorizontlardan kern chiqarib olish foizining ozligi;
2) konda bajarilayotgan geofizik o’lchovlar sifatining to’liq va ishonchli
emasligi, bunday tadqiqotlar majmuasining etarlicha to’la bo’lmasligi, diagrammalar
yozuvi masshtabining kichikligi, yozib olish tezligining kattaligi va sh.o’.;
3) quduqlar ochgan gorizontlarda bajarilgan sinov ishlarining etarli emasligi va
sifatsizligi;
4) konning gidrogeologiyasi va gidrodinamikasini, neft va gaz uyumlarining
ishlatish rejimini va h.z.larni qoniqarsiz o’rganilganligi.
Binobarin, razvedka va chegaralovchi quduqlarni burg’ilashda bajarilgan
geologik tadqiqotlar neft zaxirasini hisoblash hamda neft qatlamini ishlatish
loyihasini tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni berishi kerak.
Shu boisdan razvedka quduqlarini burg’ilash jarayonida quyidagi asosiy
boshlang’ich dalillar olinishi zarur:
1) qatlamning strukturaviy tavsifi hamda uning ustki va ostki qismi bo’yicha
tuzilgan struktura xaritasi;
2) kernni tadqiq qilish, geofizik va gidrodinamik tadqiqotlar majmuasini bajarish
asosida mahsuldor qatlamning litologik-fizik tavsifini, kollektorlik xususiyatlarini va
qalinligini
belgilash.
Qatlamning
tabaqalanish
xarakteriga,
ayrim
yupqa
qatchalarning tarqalish chegaralariga va ular orasidagi o’zaro munosabatga alohida
e’tibor berish kerak.
3) qatlamning gidroeshitish va suv o’tkazuvchanligini aniqlash asosida uning
tarkibi har xilligini belgilash;
4) neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash; chuqurda
joylashgan qatlamdagi neftdan namuna olishga va uning xususiyatlarini aniqlashga
alohida e’tibor berish zarur. Bunday ma’lumotlarga qarab neftning harakatchanligi
belgilanadi. Bog’langan suvning miqdorini aniqlash maqsadida ohaktosh-bitumli
eritma bilan mahsuldor qatlamni ochish uchun imkon boricha maxsus quduqlarni
burg’ilash;



236
5) qatlamning boshlang’ich statik bosimini chuqurlik manometri bilan o’lchash,


statik bosimning o’zgarish dinamikasini, shuningdek, qatlamning ishlatish rejimini
belgilash maqsadida gaz omilining o’zgarish dinamikasini aniqlash;
6) neftli yoki gazli gorizontning unumdorligi

quduqlar mahsuldorligini (shu
jumladan mahsuldorlik koeffitsientini) tajriba-sinash yo’li bilan belgilash, chiqarib
olinayotgan neft, gaz va suv miqdorini va qatlam sharoitidagi xususiyatlarini
aniqlash; qatlam tabaqalangan bo’lsa, qatlam debiti chuqurlik miqdor o’lchagich
bilan o’rganiladi;
7) uyumning ichki va tashqi neftlilik (va gazlilik) chegaralarini aniqlash; imkoni
boricha suv-bosimli sistemani belgilash zarur;
8) geotermik bosqichni aniqlash uchun elektr termometri bilan o’lchangan
qatlam temperaturasi; quduqning mumkin bo’lgan qiyshayishi (azumit va burchak
qiyshayishi), quduq tubining loyihada ko’rsatilganidan og’ishi;
9) mahsuldor qatlamning mufassal gidrodinamik tavsifiga, shuningdek, tog’
jinsining
qayishqoqlik
va p’ezoo’tkazuvchanlik koeffitsienti to’g’risidagi
ma’lumotlarga ega bo’lish uchun qatlamning faqat neftga to’yinganliginigina emas,
balki uning o’rab turgan qismining suvga to’yinganligini ham bilish uchun hamma
chegara quduqlarning holatini o’rganish;
10) neftni suv bilan siqib chiqarilishi

shu maqsadda kern laboratoriyada tahlil
qilinadi, siqib chiqarish koeffitsienti aniqlanadi;
11) neft (gaz)ning boshlang’ich balans zaxiralari va qazib olinishi mumkin
bo’lgan zaxiralari.
Yuqorida qayd etilgan hamma geologik ma’lumotlarni puxta va to’liq o’rganish
mahsuldor qatlam va uni to’yintiruvchi suyuqliklar xususiyatlari to’g’risida yaxshi
tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi va bu o’z navbatida, ishlatishning oqilona
sistemasini loyihalashga va qatlamga ta’sir etish uchun tadbirlar belgilashga va
ishlatish jarayonini boshqarishga sharoit yaratadi.



237


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin