Geologiyasi


 TURLI GEOLOGIK SHAROITLARDA KONNI SUV



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə168/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.4. TURLI GEOLOGIK SHAROITLARDA KONNI SUV
BOSTIRIB ISHLATISH SISTEMALARI 

Suv bostirish metodlari
. Neft va gaz-neft ishlatish ob’ektlarini suv bostirish
metodlari bilan ishlatish uning turli ko’rinishlarini ishlab chiqish imkonini yaratadi
(10.4-rasm), ularning har birini ma’lum bir geologik sharoitlarda qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
Suv bostirish metodini qo’llash chegara tashqarisiga suv bostirishdan
boshlanadi, bunda neftlilikning tashqi chegarasidan ancha uzoqdagi qatlamning suvli
qismida joylashgan quduqqa suv haydaladi. Lekin chegara tashqarisiga suv haydash
hamma hollarda ham naf keltirmasligi mumkin, ayniqsa neftlilik maydoni katta
bo’lgan maydonlarda va bir xil tarkibli tuzilishga ega bo’lgan uyumlarda etarli
darajadagi ta’sir kuchiga ega bo’lmaydi.
Bu metodning keyingi bosqichi ko’pgina uyumlarda chegara bo’ylab suv
bostirish yo’li bilan rivojlanib boradi, bunda uyumning chekka qismidagi chegara
bo’ylab joylashgan quduqlarga suv haydaladi. Bu metod qatlamning chegara
tashqarisidagi suvli qismining o’tkazish imkoniyati yoki qatlamning suvli va neftli
qismining o’zaro aloqasi yomonlashganda qo’llaniladi.
1950 yilning boshlarida sobiq Ittifoqda dunyoda birinchilardan bo’lib
Romashkin konida chegara ichra suv bostirish yo’li bilan uyumni ishlatishning yangi
sistemasi qo’llanildi. Chegara ichra suv bostirish metodida qatlamga suv neft uyumi
maydonida qazilgan haydash quduqlari orqali yuboriladi. SHu bilan birga chegara
ichra suv bostirishning bir qancha ko’rinishlari ishlab chiqildi va ularni qo’llash
mumkin bo’lgan kon-geologik sharoitlar aniqlandi.
Suv bostirish metodlari neft uyumlarini ishlatishning asosiy metodlaridan biri
bo’lganligi bois suv bostirishning turlarini tanlash va ularni geologik jihatdan
asoslab, boshqa texnologik echimlar ishlab chiqish kon-geologiyasi fanining muhim
vazifalaridan hisoblanadi.
Uyumni suv bostirib ishlatish sistemalari.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston
Respublikasi va sobiq Ittifoq davlatlaridagi neft uyumlarini ishlatishda tabiiy
energiyalardan hamda samarali tabiiy rejimdan foydalanish keng yo’lga qo’yilgan.
Samarali tabiiy rejimli neft uyumlariga suv bosimli va faol tarang-suv bosimli
rejimli uyumlar mansub. Suv bosimli rejimda tabiiy sharoitlar neftni sanoat
miqyosidagi zaxirasini to’liq chiqarib olish imkonini beradi. Tarang-suv bosimli
rejimli sharoitlarda qatlamning dinamik bosimining uzluksiz pasayishi hamda unga
mos holda debitning kamayishi kuzatiladi. SHu bilan birga qatlam energiyasi etarli
bo’lmaganda neftning joriy debitini saqlab qolish hamda uyumni ishlatish
samaradorligini oshirish maqsadida qatlamga qo’shimcha energiya kiritib, unga ta’sir
etish metodlari qo’llaniladi. Buning uchun mahsuldor qatlamga maxsus
haydash 
quduqlari
burg’ilanadi va ular orqali qatlamga suv haydaladi. Bunday haydash
quduqlari neft-gazlilikning tashqi chegarasi bo’ylab (uyumni ishlatishning chegara



251
Chegara tashqarisiga


Suv bostirish
Chegara bo’ylab
Haydash
quduqlari
qatori
bilan kesib
Tanlab
O’choqsim
on
Maydon
bo’ylab
Old
qismida
Bo’lma-
lab
To’qqiz
quduqli
Etti
quduqli
Chiziqli
Gumbaz
-dan
Maydon
-ga
bo’lib
Uyasi-
mon
B
es
h
q
at
or
li
U
sh
q
at
or
li
O’
q
b
o’
y
lab
T
o’
g’
ri
Ma
rk
az
iy
H
al
q
as
im
on
Teska
ri
T
o’
g’
ri
Teska
ri
Chegara ishiga
To’sma
tashqarisiga suv bostirish sistemasi) yoki neft uyumi maydonining ichki qismida
(chegara ichra suv bostirish sistemasi) joylashadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin