Quduqlarni joylashtirish to’rlari shakliga ko’ra ularning bir me’yorda
joylashganlari va notekis joylashganlari farqlanadi. Bir me’yorda joylashgan to’ri
uch burchak (yoki shu vaqtning o’zida olti burchak) va kvadrat shaklida bo’ladi
(10.1-rasm). O’zbekiston Respublikasidagi neft konlarida quduqlarni bir me’yorda
joylashtirish to’rining uch burchak shakli qo’llaniladi.
Hozirgi
vaqtda
respublikamizda quduqlarni
joylashtirishning
bir me’yorli to’ri faqat ba’zi bir erigan
gaz rejimidagi konlardagina
qo’llaniladi. Ayrim konlarda
mahsuldor
qatlamning
qalinligi
va
kollektorlik
xususiyatlari o’zgarganda quduqlar joylashishining me’yori buzilishi mumkin. Agar
mahsuldor qatlamning qalinligi kamaysa, quduqlar bir-biridan uzoq masofada
joylashadi, agar qatlamning o’tkazuvchanligi kamaysa, quduqlar orasidagi masofa
qisqaradi. Quduqlarning bir me’yorda joylashishida bunday o’zgarishlar Farg’ona
botig’idagi, Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi neft konlarida kuzatilgan. SHuni
takidlash lozimki, quduqlarning bir me’yorda joylashish tarzi ular tanasining
qiyshayishi hisobiga ham buzilishi mumkin. Bunday hollarda quduq tubi og’ziga
nisbatan bir necha o’n metrga suriladi. Hisoblash ishlarida buni e’tiborga olish, bir
tekis drenajlanishi belgilangan maydondagi buzilishlarni tugatish tadbirlarini ishlab
chiqish zarur.
Quduqlarni
notekis joylashtirish to’ri 1930 yildan boshlab qo’llanila boshlandi.
Novogrozniy (Rossiya Federatsiyasi) neft konidagi XIV qatlamni ishlatish
maqsadida neftlilik chegarasiga parallel joylashgan quduqlar qatori burg’ilangan,
qatorlar oralig’i ham 150 m, quduqlar orasidagi masofa birinchi variantda 400 m va
ikkinchi variantda 600 m qilib olingan. Suv bosimli rejimdagi qatlamlarda bu
metodni 1940 yilda (I.M.Gubkin boshchiligida) qo’llanilishi katta samara berdi.
V.N.SHelkachev 1945 yilda quduqlarni batareya ko’rinishida joylashtirish (halqali va
chiziqli qatorlar shaklida) sxemasini nazariy jihatdan asoslab berdi. Bunday
sxemadan ilk bor Rossiya Federatsiyasidagi Tuymazin neft rayonidagi devon
yotqiziqlarini ishlatishda foydalanildi.