Geologiyasi


-bob  KONDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK ISHLARINI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə226/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

15-bob 
KONDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK ISHLARINI 
REJALASHTIRISH ASOSLARI 

Neftgaz qazib olish sanoatini yuksaltirishni rejalashtirish og’ir industriya


sohasini va neftkimyo xom ashyosi ishlab chiqarish bazasini yuksaltirishning
umumiy rejalashtirishning muhim bo’g’ini hisoblanadi.
Quduqlar burg’ilash va neft qazib olishda har bir konning, har bir mahsuldor
gorizontning va har bir quduqning imkoniyatlarini, ilg’or ishlab chiqarish
metodlarini, shuningdek, vatanimiz va xorij fani va texnikasi yutuqlarini diqqat bilan
va muntazam o’rganish lozim. Neftgaz konlari korxonalari ishini rejalashtirish butun
xalq xo’jaligi sistemasini rejalashtirishning ajralmas qismidir.
Odatda ikki xil rejalashtirish bo’ladi: istiqbolli rejalashtirish (5,10 yil va undan
ham ko’proqqa mo’ljallangan); joriy mukammal rejalashtirish (bir oy, kvartal, yilga
mo’ljallangan). Istiqbolli va joriy mukammal rejalashtirishning birligi va uzilmas
aloqasi bu jarayonning uzluksizligi bilan ta’minlanadi.
Rahbar organlar tomonidan tasdiqlangan xalq xo’jaligini, shu jumladan, neft va
gaz sanoatini istiqbolda rivojlantirish raqamlari rejalashtirishga asos qilib olinadi.
15.1. ISTIQBOLLI REJALASHTIRISH 

Istiqbolli rejalashtirish neft va gaz sanoatini bir necha yil: 5,10 yil va undan


ko’proq muddatda yuksaltirish rejasini tuzishni ko’zda tutadi. Bir necha yilga reja
tuzish odatda yaxlitlashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi. Asosiy
ko’rsatkichlarni umumlashtirib, belgilab olgandan so’ng ayrim bo’limlar bo’yicha
mukammalroq rejalashtirishni amalga oshirish mumkin.
Istiqbolli rejalashtirishning geologiya qismida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi
lozim:
1) ishlatilayotgan quduqlar fondlarining holati haqidagi ma’lumotlar,
ishlatilayotgan quduqlar soni, ishlatilayotgan maydonlarning o’lchamlari va ulardagi
zaxiralarni ko’rsatgan holda;
2) razvedka qilingan, ishlatishga tayyorlangan fondlarning holati haqidagi
ma’lumotlar, fonddagi nuqtalar soni, maydonlarning o’lchami va ulardagi zaxiralarni
ko’rsatgan holda;
3) razvedka ishlari amalga oshirilayotgan maydonlarning tavsifi, razvedka
ishlarining holati, burg’ilanadigan zaruriy razvedka quduqlarining hajmi,
kutilayotgan natijalar va razvedka ishlari tugaydigan muddatni ko’rsatgan holda;
4) ayrim maydonlar bo’yicha dala-geologik izlash va geofizik ishlarning holati
tavsifi va ko’rsatilgan maydonlarda kelgusida amalga oshiriladigan ishlarning
rejalari;
5) istiqbolli rejani bajarish uchun rejalashtirilgan geologik –izlanish, geofizik va
boshqa ishlarning hajmi hamda kelajakda bajariladigan ishlar miqyosi.
Geologik
ishlarni
rejalashtirishda
geologik
izlanish,
geokimyoviy,
gidrogeologik, geofizik (shu jumladan, radioaktiv) va boshqa tadqiqotlarni



351
takomillashtirish va oqilona tashkil etish bo’yicha tadbirlarni loyihalashtirish


rejaning muhim qismi hisoblanadi.
Istiqbolli rejalar odatda besh yilga va uzoq muddatga (bir necha besh yillikka)
mo’ljallangan bo’ladi. Besh yillik rejaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari
mukammalroq asoslanganligi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli rejalashtirishda
sohaning ilmiy-texnik taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari va u bilan bog’liq kapital
mablag’ hajmlari belgilanadi.
Yuksaltirishning istiqbolli rejasini tuzishda va neft qazib oluvchi sanoatni
joylashtirishda xalq xo’jaligining neft va neft mahsulotlariga rejadagi ehtiyojini
asoslash boshlang’ich tadbir sanaladi.
Zaxiralarning bashorat qilingan o’sishiga bog’liq holda neft qazib olishning
rayonlar bo’yicha darajasini aniqlash rejalashtirishning muhim masalasidir. Buning
zarurligi neft sanoati o’sishining ulkan miqyosi va sur’ati bilan bog’liq.
Bu masalani xal etish uchun zaxiralarning o’sishi neft uchun izlov-razvedka
burg’ilashlarining umumiy hajmiga bog’liqligini diqqat bilan tahlil qilish kerak. S
1
toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsientining 10-12 yil davomida sobiq
Ittifoqda 2000 ta ishga tushirilgan uyumlar ishini tahlili natijasida, aniqlangan
qiymati 0,7 ga teng bo’lgan. Yangi maydonlardagi va ochilgan konlardagi C
2
toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsienti qiymati mos holda 0,4 va 0,5 ga
teng.
Yaxlitlashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha istiqbolli zaxiralarni hisoblashda neft
konlarini quyidagi xillarga bo’lish mumkin: ishlatilayotgan konlar; ochilgan, lekin
ishga tushirilmagan konlar; rejalashtirilayotgan davr boshlangunga qadar
ochilmagan, lekin rejalashtirilgan davrda ochilib, ishga tushiriladigan va b.
Ishlatilayotgan konlar bo’yicha bajariladigan hisob-kitoblar gidrodinamik
metodlar va elektromodellash yordamida
amalga oshiriladi. Bu metodlar loyihalash va
ilmiy-tadqiqot
institutlari
tomonidan
istiqbolli texnologik sxemalar va loyihalarni
tayyorlashda keng qo’llaniladi. Biroq
tajribalar shuni ko’rsatayaptiki, mahsuldor
ob’ektlarning geologik-fizik jihatdan har
xilligi kondan uzoq muddat foydalanish
uchun
texnologik
ko’rsatkichlarni
zamonaviy (gidrodinamik) metodlar bilan
etarli darajada aniq hisob-kitob qilishga
imkon bermaydi. Shu boisdan keyingi
paytda
konning
ishlatishni
loyiha
ko’rsatkichlarini tezkor aniqlashning turli
usullaridan
keng
foydalanilmoqda.
Bu
usullar konni ishlatishning boshlang’ich
davrida olingan daliliy ko’rsatkichlari bilan
quduqlar
unumdorligini
pasayish

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin