Neft va gaz konlarini ishlatishda atrof muhitni muhofaza qilishga jiddiy e’tibor
367
2) atmosferani, yer yuzasini, tabiiy suv havzalarini gaz, neft, qatlam suvi va
boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan bulg’anishiga qarshi tadbirlar belgilash;
3) tabiiy suv havzalaridagi suvlardan foydalanishni
kamaytirish;
4) kondan foydalanishda yer yuzasining cho’kish jarayonini nazorat qilish va bu
jarayonlarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar belgilash.
Bu vazifalarni amaliy hal qilish uchun quyidagilar zarur:
1) kon ob’ektlari, neft va gazni yig’ishning bir quvurli sistemasini va blokli
avtomatlashtirilgan uskunalarni qurishning yangi industrlashgan blokli metodlarining
tez joriy etilishini ta’minlash;
2) hamma joyda kon ob’ektlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan
sistemalarini, neft va gazni yig’ish va jo’natishni, suvni nasos yordamida
haydashning germetiklashtirilgan sistemalarini
joriy etish;
3) qatlamga suv bostirishda qatlam suvidan va kon kesimidagi boshqa suvli
intervallarning suvidan to’la foydalanish;
4) neft bilan yo’l-yo’lakay qazib olinadigan gaz va boshqalardan to’la
foydalanilishini ta’minlash.
Jumladan, O’zbekiston neft konlarida kon qurilishining yangi metodlaridan
foydalanish sanoat qurilishi uchun ajratiladigan yer maydonlarini so’nggi besh yilda
ikki baravardan ziyod kamaytirish imkonini berdi. Erning unumdor qatlamini tiklash
bo’yicha bajarilgan ishlar natijasida faqat oxirgi o’n yilda 200 km
2
erni qishloq
xo’jaligiga qaytarildi. Suvni
tozalaydigan inshootlar qurish, suv bostirishda qatlam
suvidan to’la foydalanish, kompressor stantsiyalari va boshqa texnologik ob’ektlarni
havo bilan sovitishga o’tkazish suv sarfini yiliga qariyb 180 mln.m
3
ga
kamaytirilishini ta’minladi.
Neft va gazni yig’ish, jo’natish, saqlash, tozalash va topshirishning
germetizatsiyalashgan sistemasini joriy etish neftning yiliga mutlaq yo’qolishini 2, 4
baravar yoki 0,6 mln. tonnaga kamaytirish va gazdan foydalanishni 92% ga etkazish
imkonini berdi. Shu yo’l
bilan atrof muhitning neft, gaz, oqava suvlar bilan
ifloslanishining oldini qariyb butkul olish uchun sharoit yaratilmoqda.
Yuqorida qarab chiqilgan omillar shundan dalolat beradiki,
atrof muhitni
muhofaza qilish tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishning umumiy
muammosida yer qa’rini muhofaza qilish bilan bevosita bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: