366
Neft va gaz konlarini ishlatishda quyidagi quduqlar tugatiladi:
1) o’z vazifasini bajargan va burg’ilangandan so’ng samarasiz bo’lib qolgan
razvedka va baholash quduqlari;
2) loyihadagi chuqurlikka etkazilmagan va geologik
hamda texnik sabablarga
binoan loyihada qayd qilingan intervallarni ochmagan quduqlar;
3) noqulay geologik sharoitlarda burg’ilangan (ya’ni mahsuldor ob’ekti
bo’lmagan yoki yomon kollektorlardan tarkib topgan) ishlatish, haydash va kuzatish
quduqlari;
4) razvedka yoki ishlatish qudug’i sifatida rejalashtirilgan, lekin burg’ilash sifati
pastligi yoki burg’ilash jarayonida falokat yuz berganligi bois texnik sabablarga
binoan tugatiladigan quduqlar;
5) loyihadagi darajada suvlangan yoki neft debiti minimal (loyihadagi)
miqdorgacha pasaygan bo’lib, ulardan boshqa ob’ektda haydash,
pezometrik yoki
ishlatish qudug’i sifatida foydalanish mumkin bo’lmaganda;
6) geologik va texnik sabablarga binoan ularni haydash va kuzatish qudug’i
sifatida foydalanish mumkin bo’lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo’lmaganda.
Neftgazli intervallarni ochgan bo’lsada texnik sabablarga ko’ra tugatilishi lozim
bo’lgan quduqlar faqat Davlat kon-texnika nazoratining hududiy boshqarmasi bilan
kelishilgan holda tugatiladi.
Quduqlarni tugatishdan avval yer qa’rini muhofaza qilish talablariga rioya etish
maqsadida izolyatsiya ishlarini amalga oshirish lozim. Mahsulsiz razvedka, izlov,
parametrik, tayanch, mustahkamlash quvurlari o’rnatilgan
va kesimda suvli
qatlamlarni
ochgan
quduqlardan
tashqari
barcha
toifadagi
quduqlardan
mustahkamlash quvurlari birikmasi chiqarib olinadi (bu texnik jihatdan mumkin
bo’lgan joylarda), so’ng quduq tanasiga sement yoki gil eritma quyiladi, quduq og’zi
esa sementlanadi.
Dostları ilə paylaş: