133
oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. Neft
uyumlarini ishlatishda unda bo’ladigan jarayonlar jadalligi qatlamning litologik
tarkibining har xilligidan kelib chiqadi.
Hozirgi vaqtgacha qatlamning har xilligini aniqlash, o’rganish
va undan
foydalanishning qabul qilingan aniq bir, umumiy metodlari mavjud emas. SHu
sababli ushbu qo’llanmada neft-gazli qatlamlarning litologik-fatsial tuzilishining
geologik har xilligi ko’rib chiqiladi.
Geologik har xillik
deganda
neft-gazli
jinslarning mikro har xilligi va makro har xilligi tushuniladi. Ba’zi bir tadqiqotchilar
(E.A.Dmitriev, V.S.Melik-Pashaev, 1963) geologik har xillik deganda, uyum
maydoni bo’ylab qatlamning litologik tarkibining o’zgarishini va mahsuldor
gorizontning suv o’tkazmaydigan qatchalar bilan bo’linishini tushunadilar,
shunga
ko’ra zonal va qatlam har xilligini ajratadilar.
Mahsuldor qatlamning har xilligini M.L.Surguchev (1969) uning litologik
tarkibining, B.T.Baishev (1963) g’ovakliligi va qalinligining, L.M.Dementev (1968)
litologik tarkibi va fizik xususiyatlarining maydon bo’ylab o’zgarishida ko’radilar.
M.A.Jdanov(1979) chekka, markaziy va maydoniy har xillilikni ajratadi.
Mikro har xillik
– uglevodorodlar bilan to’yingan muhitning kollektorlik
xususiyatlarining o’zgaruvchanligini, o’tkazuvchanligini, g’ovakliligi(bo’shliqligi)ni,
neftga to’yinganligini,
shuningdek, ularning xususiyatlarini: gilliligi, karbonatliligi,
sementlanganlik darajasi, granulometrik
va mineral tarkibi, bo’shliq maydonining
strukturasi va boshqalarni aniqlaydi.
Mikro har xillik jinslarning ichki mikrostrukturasiga bog’liq, uni kern yoki
shliflarda o’rganish mumkin. Mikro har xillikning litologik, granulometrik, mineralli
turlari, shuningdek, o’tkazuvchanlik, g’ovaklilik xillari ajratiladi.
Jinslarning
o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlangan mikro har xillik eng muhim ko’rsatkich
hisoblanadi. Ular o’z navbatida zonal va qatli turlarga bo’linadi.
Makro har xillik
- kollektor va nokollektorlarning qatlam maydoni chegarasida
(gorizont, ishlatish ob’ekti) tarqalishi. U asosan ikki ko’rinishda: 1)mahsuldor
qatlamni gorizont va qatchalarga ajralishida; 2) ayrim qatlam va qatchalarni uzuq-
uzuq bo’lib (linzasimon ko’rinishda) tarqalishida namoyonlanadi.
Dostları ilə paylaş: