137
Qatchalarning nol
qalinlik
xaritasi
g’ovakli
jinslar
majmuidan
tarkib
topgan qatchalarning qatlamning yuqoriga ko’tarilishi bo’yicha qiyiqlanishi
kuzatilganda tuziladi (6.9-rasm). G.A.Xelkvist taklif etgan ushbu xaritalarda har bir
qatlam (qatcha)ning faqat nol izopaxiti ko’rsatiladi, ya’ni
qum fatsiyaning tarqalishini belgilovchi chegara (ushbu
chegara ortida qatlam gil fatsiyadan tarkib topgan)
beriladi. Razvedka quduqlari ma’lumotlari
asosida
tuziladigan bunday xaritalar asosida konni ishlatish va
ishlatish quduqlari joylashishini katta aniqlikda loyihalash
mumkin. 6.9-rasmning qabariq qismida aa,vv,ss
qatlamlar
gil fatsiyadan tarkib topgan. Ushbu egri chiziqlarning
o’zaro joylashishini bilgan holda qatlamni ochadigan
quduqlarni ishonch bilan loyihalash mumkin. Masalan, 1-
quduq faqat «a» qatchani, 2-quduq «a» va «v» qatchalarni,
3-quduq «a», «v» va«s» qatchalarni ochishi mumkin.
Bunday xaritalarga har bir qatcha bo’yicha neftlilik
chegarasini
tushirish kerak, uning yordamida neft uyumi
chegarasi to’g’risidagi ma’lumotlar to’planadi.
Zonal xaritalar
qalinligi ko’p yoki oz bo’lgan, fatsial
o’zgaruvchan va ayrim qatchalarga bo’lingan,
maydon
bo’ylab izchil tarqalgan qatlamlarni mufassal o’rganish
maqsadida tuziladi. Zonal korrelyatsiyalar asosida
qatlam
chegarasida o’ziga xos fatsial intervallar
(qalinligiga ko’ra) ajratiladi,
ular bir-biridan
litologik-fizik xususiyatlari va qatlam ichidagi
holatiga ko’ra farqlanadi, lekin shu vaqtning
o’zida ularning har biri ozmi-ko’pmi keng
tarqalgan
bo’lib,
maydon
bo’ylab
o’z
xususiyatlarini saqlab qoladi.
Shunday qilib, qatlamning zonal oralig’i
uning qalinligi elementi(qismi) bo’lib, qatlam
ichida
joylashishiga
va
litologik-fizik
xususiyatlariga ko’ra qatlam qalinligining
boshqa intervallaridan farqlanadi. Agar ayrim
zonal intervallar bir-biridan litologik-fatsial
tuzilishiga ko’ra
keskin farqlanmasa, ular karotaj diagrammalari yordamida, ya’ni,
tanlangan belgili (reper) qatlamdan joylashgan masofaga ko’ra ajratiladi.
Neftli qatlam chegarasida zonal intervallar kern, geofizik yoki tadqiqotlar
majmuasi ma’lumotlari asosida ajratiladi. Ayrim zonal
intervallarning maydon
bo’ylab joylashish chegaralari quduqlar joylashishi ifodalangan planda ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: