Geologiyasi


-rasm. Zonal xaritani tuzish ushun I-VI zonal



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə96/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

6.10-rasm. Zonal xaritani tuzish ushun I-VI zonal 
oraliqlarni ajratish sxemasi
(M.A.Jdanov, 1981) 1 – qum; 2 –
gil



138
Demak, zonal intervallar rivojlangan chegaralar, ularning litologik-fizik xususiyatlari


hamda yuqoridagi va pastdagi zonal intervallar bilan o’zaro bog’liqligi ifodalangan
xarita
zonal xarita
deb ataladi. Masalan, 6.10-rasmda karotaj diagrammasida (R)
reperdan ajratilgan I-VI zonal intervallarning joylashish sxemasi ko’rsatilgan. Ushbu
intervallar karotaj diagrammasini o’rganish va ularning zonal korrelyatsiyasi asosida
tanlangan.
6.10-rasmdan ko’rinib turibtiki, uchastkadagi birorta quduqda hamma olti zonal
intervallar bir vaqtda uchramaydi. Qatlamning turli uchastkalarida qo’shni qumli
intervallarni gil bilan bo’linganini yoki ularni pastki yoxud yuqoridagi intervallar
bilan birlashganini kuzatish mumkin. Demak, gil qatchalar bilan bo’lingan hamma
zonal intervallar birgalikda tarkibi jihatdan bir-biriga yaqin yaxlit qatlamni hosil
qiladi.
6.11-rasmda II zonal interval xaritasi berilgan. Ushbu xarita bo’yicha qatlamga
ta’sir etish tadbirlarini quyidagicha tahlil qilish mumkin. 633 raqamli haydash
qudug’ida II zonal interval uchramaydi, 715 - ishlatish qudug’ida esa u mavjud.
Demak, II zonal intervalqa suvni bevosita
715- quduq orqali haydash qiyin kechadi,
ta’sir faqat boshqa II interval bilan 715-
quduqda birlashgan o’tkazuvchan qatchalar
orqali sodir bo’lishi mumkin. Bunday
sharoitlar
yuzaga
kelmasa,
ushbu
quduqlarning bir-biriga yaqin joylashishi
ham 633- quduqning 715- quduqqa ta’sirini
ta’minlamaydi.
Zonal xaritalar qatlamlarning litologik-
fizik xususiyatlarini va fatsial xossalarini mufassal o’rganish, uni alohida-alohida
zonalarga bo’lingan uchastkalarini aniqlash, g’ovakli qatchalarni o’zaro birlashib,
yaxlit monolit qatlam hosil qilgan uchastkalarini va gil qatchalarni qiyiqlanish
chegaralarini aniqlash imkonini beradi. Ulardan, shuningdek, qatlamga ta’sir etish
tadbirlarini va konni ishlatish tizimini amalga oshirish hamda keyinchalik ishlatish va
haydash quduqlarining joylashishini (va quduqlarning to’g’ri joylashishini) tahlil
qilishda foydalaniladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin