132
sharoitlarini aniqlash va quduqlar bilan hali ochilmagan kollektorlarning fizik
xususiyatlarini ilmiy jihatdan bashoratlash mumkin bo’ladi.
Tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini chuqurlik bo’ylab o’zgarish
qonuniyatlarini o’rganishda ularning litologik-petrografik xususiyatlarini va jins hosil
bo’lishi jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini ham hisobga olish zarur.
Masalan, turli tarkibli gillarning zichlanishi har xil kechadi. Kembriy davrining
mayin zarrali gillari kuchli zichlanadi, undan keyin asta-sekin zichlanadiganlariga
kaolin, marshallit va ulardan keyin, bentonitlar kiradi.
Epigenez (ikkilamchi o’zgarish) jarayonida mustahkamligi
kam gil minerallari
nisbatan turg’un va zichlanishga chidamli ko’rinish oladi. Bu jarayonda ma’lum bir
chuqurlikdagi kollektorlar g’ovakliligining o’zgarish chegarasi tog’ jinslarining
litologik tarkibining har xilliligiga bog’liq. Litologik tarkibi bir xil bo’lgan
jinslarning g’ovaklilik qiymatining o’zgarishi chuqurlik sari sezilarli bo’lib, uning
miqdori kamayib boradi.
Ma’lum bir chuqurlikdagi jinslarning eng yuqori g’ovaklilik koeffisientining
o’zgarish
jadalligi, shuningdek, temperaturaga ham bog’liq. CHuqurlik sari tog’
jinslari temperaturasining ortishi ularning zichlanishi va g’ovakliligining kamayishini
orttiradi.
Demak, qum-gilli jinslardan tarkib topgan kollektorlarning xususiyatlari katta
chuqurliklarda zichlanish hisobiga yomonlashadi. SHunga ko’ra nisbatan yuqori
geotermik bosqich qiymatlari
bilan tavsiflanadigan, yosh cho’kindi yotqiziqlaridan
tarkib topgan havzalar neft va gaz izlashga istiqbolli hisoblanadi. SHuningdek, katta
chuqurlikda uchraydigan, ikkilamchi g’ovaklilikka, darzli va darzli-kovakli sig’imga
ega bo’lgan neft-gaz kollektorlari ham mahsuldor bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: