5
qilingan bunday metodlardan tashqari quduq kesimini o’rganishning kon-geofizikasi
metodlari ham mavjud bo’lib, ular ochilgan tog’ jinslarining
turli fizik xossalarini
aniqlashga asoslangan.
4.1-jadval
Namunali geologik-texnik naryad
Maydon―
Quduq № ―
Quduq toifasi ―
Burg’ilashdan maqsad ―
Loyihaviy chuqurlik ―
Loyihaviy gorizont ―
Burg’ilash usuli ―
Burg’ilash boshlanishi ―
Burg’ilash tugashi ―
Burg’ilash tezligi ―
Burg’ilash qurilmasi―
Burg’ilash minorasi―
Lebyodka uzatmasi quvvati (kVt)―
Nasoslar (turi, soni) ―
Tasdiqlayman:
Boshqarma bosh
muhandisi
F.I.O.
«__»_________2010y
.
Boshqarma bosh
geologi
F.I.O.
«__»_________2010y
.
Burg’ilash quvuri
diametri, po’lat markasi
Burg’ilash oralig’i, m
Burg’ilash quvurlarini
mustahkamlikka sinash
va nuqsonini aniqlash
(chuqurlikda), m
Opressovka
bosimi, MPa
7
Burg’ilangan (yoki burg’ilanayotgan) quduqlar kesimida mahsuldor gorizontlar
yoki
qatlamlarni ajratish, jinslar tarkibida uchraydigan bitumlar miqdori va sifatini
aniqlash maqsadida ko’p hollarda geokimyoviy metodlar (lyuminestsent ―
bituminologik tahlil)dan foydalaniladi. Ma’lumki, hozirgacha quduq kesimini
o’rganishda turli neft-gazli rayonlar va geologik sharoitlarga
yaroqli metodlar
majmuasi ishlab chiqilmagan. SHu sababli, geologik va kon-geofizikasi
korxonalarining asosiy vazifasiga quduqlar burg’ilanayotgan
maydonning geologik
tuzilishi to’g’risida batafsil ma’lumotlar bera oladigan metodlar majmuasini ishlab
chiqish kiradi.
Quduqni burg’ilash jarayonida kern olish va uni o’rganish.
Burg’ilanayotgan
jinslarning tavsifi va ularning joylashish ketma-ketligi to’g’risidagi dalillarni jins
namunalarini quduq kesimi bo’ylab to’liq olingandagina to’plash mumkin. Lekin,
kesim bo’ylab jins namunalarini yalpi olish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi, shu
sababli bu usuldan ayrim hollardagina maxsus qaziladigan quduqlarda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: