Geometrik optika va fotometriya


Optik yo‘l farqi x=1.8 mkm teng bo‘lganda ko‘rinadigan yorug‘lik maksimal kuchayadigan xamma to‘lqin uzunliklari topilsin. (0.76=0.38 mkm). 128



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə15/53
tarix17.08.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#63170
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
2 5348125923025622643

127. Optik yo‘l farqi x=1.8 mkm teng bo‘lganda ko‘rinadigan yorug‘lik maksimal kuchayadigan xamma to‘lqin uzunliklari topilsin. (0.76=0.38 mkm).
128. Ikki yassi parallel plastinkalar orasida =300 burchakli havo opna hosil qilgan. Plastinkalardan biriga normal ravishda 0.6 mkm to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug‘lik tushadi. Plastinkalar bir-biriga tokka chiziqdan qanday masofada qaytgan yorug‘likda kuzatiladigan ikkinchi yorug‘ va yo‘l hosil bo‘ladi?
129. Fazoning biror nuqtasiga geometrik yo‘l farqi x =1.2 mkm ga teng bo‘lgan ikki kogerent nurlar tushmoqda. Yorug‘likni vakuum to‘lqin uzunligi =600 nm. Shu nuqtaga qo‘yilgan shishada qanday manzara kuzatiladi n=1.5?
130. Oralaridagi masofa d=200 mkm bo‘lgan ikki kogerent S1 va S2 manbalardan ekran yoritilmoqda (=590 nm). Ekran markazidan x=15 mkm masofada 2-nchi qora interferensiya yo‘li joylashgan. Mavhum manbalardan ekrangacha bo‘lgan masofa topilsin.
131. To‘lqin uzunligi =550 nm bo‘lgan kogerent nurlardan birining yo‘liga sindirish ko‘rsatkichi n=1.5 ga teng shisha plastinka joylashtirildi. Natijada interferensiya markazi 4 ta yo‘lga siljidi. Plastinkaning qalinligi topilsin.
132. di va dk yorug‘ Nyuton halqalarining diametri 4 mm va 4.8 mm. halqalarni tartib nomerlari ma`lum emas, lekin shu ikki halqalari orasida yana uchta yorug‘ halqa joylashgan. halqalar, to‘lqin uzunligi =500 nm bo‘lgan qaytgan yorug‘likda kuzatilgan. Tajriba uchun olingan yassi-qavariq linzaning egrilik radiusi topilsin.
133. To‘lqin uzunligi =520 km bo‘lgan, ikki mavhum yorug‘lik manbalaridan interferensiya kuzatilayotganda ma`lum bo‘ldiki, uzunligi X=4 sm ga teng ekranda 8.5 interferensiya yo‘li joylashar ekan. Yorug‘lik manbalarining orasidagi masofa topilsin, agar ulardan ekrangacha masofa l=2.75 m bo‘lsa.
134. Yung tajribasi birinchi galda 1=600 nm, so‘ngra esa to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik bilan olib boriladi, agar birinchi tajribadagi 7 yorug‘ halqa, ikkinchi tajribadagi 10 chi halqa qora bilan mos tushsa, ikkinchi yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
135. Oq nur bilan yassi-parallel plastinka i1=45o va i2=60o burchak ostida yoritilganda u qizil bo‘lib ko‘ringan. Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5. Plastinkaning mumkin bo‘lgan eng kichik qalinligi topilsin (=750 nm).
136. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilmada, qaytgan yorug‘likda uchinchi qora halqa radiusi o‘lchangan. Yassi parallel plastinka va linza oralig‘i suyuqlik bilan to‘ldirilganda, shunday radiusga 4-xalqa ega bo‘ldi. Suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichi n aniqlansin.
137. Soch tolasining qalinligi o‘lchash uchun, uni ikki shisha plastinka orasiga joylashtirildi. Soch tolasidan plastinkalar tegib turgan chiziqgacha bo‘lgan masofa ℓ=20 sm. Plastinkalar =350 nm qizil nur bilan yoritilganda, 1 sm masofada 8 ta interferension yo‘l joylashadi, soch qalinligi topilsin.
138. Oralig‘i d=0.24 mm bo‘lgan ikki kogerent yorug‘lik manbalari ekrandan l=2.5 m masofada joylashganlar. Ekranda x=5.0 sm masofada 10.5 interferension yo‘l joylashadi, ekranga tushayotgan yorug‘likni to‘lqin uzunligi aniqlansin.
139. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilmada plastinka va linza oralig‘iga benzon (n=1.5) qo‘yilgan. Linza egrilik radiusi r=1 m. Linza va plastinka sindirish ko‘rsatkichlari bir xil. halqalar =583 nm to‘lqin uzunlikdagi qaytgan yorug‘likda kuzatiladi. Markaziy qora halqa radiusi R topilsin.
140. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilmada linza (n1=1.5) va plastinka (n2=1.7) oralig‘i alimin (n3=1.58) bilan to‘ldirilgan. Qaytgan yorug‘likda to‘rtinchi qora halqa radiusi r1=0.13 sm. qurilmaga monoxromatik yorug‘lik perpendikulyar ravishda tushmoqda. Linzaning egrilik radiusi r=1m. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
141. Sovun pardasi (n=1.33) vetikal holda joylashib suyuqlikni oqimi tufayli pona hosil qiladi. Birinchi va oltinchi qora halqalar oralig‘idagi masofa x=2.5 sm. Interferension halqalar to‘lqin uzunligi =613 nm bo‘lgan qaytgan yorug‘likda kuzatilgan. Nur pufak yuzasiga perpendikulyar tushadi. Pona burchagini sekundlarda toping.
142. Monoxromatik yorug‘lik shisha pona (n=65) sirtiga normal ravishda tushmoqda. Pona burchagi =20. Qaytgan yorug‘likda kuzatilayotgan qora halqalar orasidagi masofa x=0.34 mm. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
143. Frenel ko‘zgulari to‘lqin uzunligi =589 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilmoqda. Agar nurlar dastasining biri yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda yupqa shisha plastinka qo‘yilsa, interferension manzara 100 yo‘lga suriladi. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5, plastinkaning qalinligi topilsin.
144. Ikki plastinka oralig‘iga ularning bir-biriga tegib turgan chiziqqa parallel ravishda diametri d=0.04 mm li soch tolasi joylashtirilgan. Plastinka sirtiga to‘lqin uzunligi =0.8 mkm bo‘lgan yorug‘lik perpendikulyar ravishda tushmoqda. Agar hosil bo‘lgan ponaning 1 sm uzunligiga qaytgan nurlarda qora interferension halqalar joylashsa, soch tolasidan ponaning uchigacha bo‘lgan masofa topilsin.
145. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilmada linza (n1=1.7) va plastinka (n2=1.7) oralig‘i suv (n=1.33) bilan to‘ldirilgan. Qaytgan nurlarda hosil bo‘lgan halqalardan birining diametri 0.3 sm ga teng. Qurilmaga =0.6 mkm to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik perpendikulyar ravishda tushmoqda. Linzaning egrilik radiusi 1 m. halqaning tartib nomeri topilsin.
146. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilmada linza (n1=1.7) va plastinka (n2=1.5) oralig‘i suv (n3=1.33) bilan to‘ldirilgan. Qaytgan nurlardagi beshinchi qora halqaning radiusi 0.15 sm. qurilma to‘lqin uzunligi =0,6 mkm bo‘lgan yorug‘lik bilan normal ravishda yoritilmoqda. Linzaning egrilik radiusi topilsin.
147. Yung tajribasida interferensiyalashadigan nurlarning yo‘lini biriga qalinligi d=2 sm bo‘lgan shisha plastinka perpendikulyar ravishda joylashgan. Plastinkaning bir jinsli bo‘lmaganligi tufayli yo‘l farqi =1 mkm ga farq qilsa, plastinkaning har bir joylarida sindirish ko‘rsatkichi qanchaga farq qiladi?
148. Yung tajribasida nurlarning biri yo‘nalishga shisha plastinka perpendikulyar ravishda joylashtirildi, markaziy yorug‘ yo‘l, birinchi holatda beshinchi yorug‘ halqa o‘rniga surildi. Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5, nurning to‘lqin uzunligi =600 nm. Plastinka qalinligi qanday?
149. Havoda tarqalayotgan yorug‘lik qalinligi d=1 mm bo‘lgan shisha plastinka qo‘yildi. Agar plastinkaga nur: a) perpendikulyar ravishda; b) =30o burchak ostida tushayotgan bo‘lsa, yorug‘likni optik yo‘l farqi qanchaga o‘zgaradi?
150. To‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik yo‘liga qalinligi d=0.1 mm ga teng yassi-parallel shisha plastinka joylashtirilgan. Plastinkaga yorug‘lik normal ravishda tushadi. Optik yo‘l farqi ga teng bo‘lishi uchun, plastinkani qanday burchakka burish kerak?


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin